calendar 15 Jul 18:07
eye 131
comments 0
comments Manba: xs.uz

Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari AQSHda oʻqish imkoniyatiga ega boʻladi

image
Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari AQSHda oʻqish imkoniyatiga ega boʻladi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi axborot xizmati'xabar berdi.

Qayd etilishicha, Samarqand davlat tibbiyot universiteti AQSHning 'Webster' universiteti bilan bir necha yildan beri oʻzaro hamkorlik aloqalarini yuritib kelmoqda. Jumladan, ikki muassasa oʻrtasida 'Tibbiy biologiya' va 'Oliy hamshiralik' boʻyicha malakali mutaxassislarni Amerika standartlari asosida tayyorlashga koʻmaklashishi haqida kelishib'olingan edi.

Mazkur kelishuv doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti Oʻzbekiston oliy tibbiy taʼlim muassasalari ichida birinchilardan boʻlib 'Webster' universiteti bilan hamkorlikda 'Hamshiralik ishi' yoʻnalishi boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturini amalga oshirish boʻyicha uch tomonlama memorandum'imzolandi.

Memorandumga koʻra, 2024-2025-oʻquv yilidan 3+1 shaklidagi 'Hamshiralik ishi' qoʻshma taʼlim dasturi amalga oshirilib, SamDTU talabalari AQSHning nufuzli universitetida tahsil olish hamda malakalarini oshirish imkoniyatiga ega boʻladi.

Taʼkidlanishicha, Samarqand davlat tibbiyot universiteti va 'Webster' universiteti oʻrtasidagi mazkur qoʻshma taʼlim loyihasi mamlakatimiz tibbiyot oliygohlari ichida birinchi boʻlib, oʻzbekistonlik talabalarning jahon standartlari asosida tibbiy bilim olishi va raqobatbardosh mutaxassislar boʻlib yetishishiga koʻmak beradi.

Qoʻshma taʼlim dasturiga qabul jarayonlari joriy yilning avgust oyida boshlanadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:03
 
197
0
xs.uz

Qoraqalpogʻistonda katta miqdordagi alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toʻrtkoʻl tumanida olib borilgan tadbirlarda 'Qaratau' nomi ostida alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar bergan.Maʼlum boʻlishicha, IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda 'Anhorli' mahallasida yashovchi A.D. oʻz uyining yordamchi xoʻjaligida yashirin sex tashkil qilib, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanib kelayotgan.Ushbu

26 Jul 10:20
 
42
0
qalampir.uz

Tataristonda mast o‘zbekistonlik plyajda cho‘milaman deb cho‘kib ketdi

Tataristonda mast o‘zbekistonlik erkak shahar plyajining taqiqlangan hududida cho‘milib, cho‘kib ketdi. Bu haqda “Tatarstan24” xabar berdi. Qayd etilishicha, hodisa Nijnekamsk shahrining “Kama” plyajida sodir bo‘lgan. 7 iyuldan boshlab plyajdagi suv sifatsiz deb topilgani uchun u yopilgan, biroq taqiqlarga qaramay erkak suvga sho‘ng‘igan va qaytib chiqmagan. “Erkakning jasadini qidirish davom etmoqda. G‘avvoslar o‘zbekistonlikni taxminan 8 me

11 Jul 15:10
 
113
0
qalampir.uz

Prezident samolyoti Qo‘qon aeroportiga qo‘ndi

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi hayoti, hududlar rivoji bilan yaqindan tanishish maqsadida bugun, 11 iyul kuni Farg‘ona viloyatiga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Ma’lumki, joriy yil mart oyida Qo‘qon aeroporti yangidan ochilgan. Bugun O‘zbekiston Prezidentining samolyoti ilk bor bu yerga qo‘ndi. Mazkur aeroport 1977 yilda qurilgan bo‘lib, yaqin yo‘nalishlarga parvozlar amalga oshirilgan. Keyinchalik faqat harbiy havo kuchlari tomonidan foydalani

17 Jul 19:14
 
72
0
xs.uz

Sanepidqoʻmita fuqarolardan yoʻl yoqasidagi chodirlardan tarvuz va qovun sotib olmaslikni soʻradi

Qoʻmitaga koʻra, bunday poliz mahsulotlari va mevalar avtotransport vositalarining chiqindilaridan toksik moddalarni oʻziga oʻzlashtiradi va sogʻliq uchun zararli hisoblanadi. Xususan, qovun mahsuloti notoʻgʻri isteʼmol qilinsa, inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.'Diyetologlar qovunni asosiy ovqatlar orasida, boshqa ovqatlar bilan aralashmasdan isteʼmol qilishni maslahat beradi. Uni och qoringa, shuningdek kechqurun soat 17:00-19:00 dan keyin isteʼmol qilish tavsiya eti