calendar 15 Jul 12:03
eye 87
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentdagi Taras Shevchenko ko‘chasi gastronomik ko‘chaga aylantiriladi

image

Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko ko‘chasi gastronomik ko‘chaga aylantiriladi. Bu haqda Mirobod tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, tuman hokimi Anvar Sayfutdinov ko‘chada faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘tkazgan ochiq muloqotda joriy yil 15 iyuldan Taras Shevchenko ko‘chasini gastronomik ko‘chaga aylantirish bo‘yicha keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari boshlanishini aytgan.

Unda hukumat qarori bilan poytaxt ko‘chalarida jozibador va serqatnov turizm hamda xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini yaratish maqsadida 24/7 rejimda ishlovchi ko‘ngilochar ko‘cha tashkil etish belgilanganligi ma’lum qilingan. 

Qayd etilishicha, ushbu turistik ko‘chaning ishga tushirilishi tadbirkorlarning daromad manbai oshishiga xizmat qiladi.

Bunyodkorlik ishlari davomida Taras Shevchenko ko‘chasida yoritish ustunlarini, o‘rindiqlar va chiqindi urnalarini o‘rnatish, daraxt ko‘chatlari o‘tqazish, sug‘orish tizimlarini o‘rnatish, audio musiqa tizimini tashkil etish, dekorativ arka va ustunlar o‘rnatish, fotozonalar uchun dekorativ elementlar tashkil etish, piyodalar yo‘laklari, velo-yo‘laklar va zamonaviy o‘rindiqlar tashkil etish, bolalar o‘yingohi va ko‘rgazmali sahna o‘rnatish kabi ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Jul 15:28
 
92
0
qalampir.uz

Toshkent “GAI” boshlig‘i ishdan ketdi 

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Rafiqjon Qo‘ldoshevich Jalilov o‘z xohishiga ko‘ra ishdan ketgan. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ning ichki ishlar organlaridagi manbasi xabar berdi. Rafiqjon Jalilov 2019 yil martidan beri shu lavozimda ishlab kelayotgandi. 2024 yilning may oyida polkovnik Muhammad Odilov shahar IIBB YXHB boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.  Biroq shaha

26 Jul 10:20
 
48
0
qalampir.uz

Farg‘onada ayolini rashk qilib kaltaklagan erkak 3 yilga qamaldi

Farg‘onada 18 yillik turmush o‘rtog‘ini ayovsiz urgan 44 yoshli erkak 3 yilga qamaldi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi. Ma’lum qilinishicha, mazkur holat Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida sodir bo‘lgan. Bir nechta asossiz sabablar Rossiyaga ketgan erkakda ayoliga nisbatan shubha uyg‘otgan. Erkak Rossiyadan qaytib kelib, ayoli bilan tez-tez janjallasha boshlagan va uni o‘lasi qilib kaltaklagan. Ushbu holat jinoyat ishlari bo‘yicha Oltiariq tuman sud

26 Jul 10:20
 
30
0
qalampir.uz

Dollar kursi ko‘tarildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 25 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 40,76 so‘mga oshdi va 12 625,04 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi esa 10,21 so‘mga ko‘tarilib, 13 686,81 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli esa 1,73 so‘mga oshib, 146,11 so‘mni tashkil etdi.

15 Jul 18:07
 
131
0
xs.uz

Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari AQSHda oʻqish imkoniyatiga ega boʻladi

Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari AQSHda oʻqish imkoniyatiga ega boʻladi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi axborot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, Samarqand davlat tibbiyot universiteti AQSHning 'Webster' universiteti bilan bir necha yildan beri oʻzaro hamkorlik aloqalarini yuritib kelmoqda. Jumladan, ikki muassasa oʻrtasida 'Tibbiy biologiya' va 'Oliy hamshiralik' boʻyicha malakali mutaxassislarni Amerika standartlari asosida tayyorlashga koʻmaklashishi haqida k