calendar 23 Jul 10:44
eye 583
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Xorijda o‘qisa bo‘ladi, lekin qizlar emas 

image

“O‘qib olim bo‘larmiding?”, “Ayolning o‘rni oshxonada”. Bu gaplarni qizlar, ayollar deyarli har kuni eshitadi. 
Qizlarni mamlakat ichidagi oliy ta’lim muassasalarida o‘qishiga qarshi chiquvchi oilalar hamon talaygina. Ularning chet elda o‘qishiga esa fojia tarzida qaraydiganlar ham bor. Xo‘sh, xorijda ta’lim olish uchun qiz bola nomunosibmi? QALAMPIR.UZ  aholi orasida shu mavzuda so‘rovnoma o‘tkazdi.

Suhbat asnosida qizlarning chet elda o‘qishiga qanday qaraysiz, degan savolga javoban respondentlarning katta qismi bunga qarshiligini, qizlar uchun xorij xavfli ekanini bildirishdi, biroq bu holatni yoqlaganlar ham talaygina. 

“Bunga to‘g‘ri qaralishi kerak, deb o‘ylayman. Negaki qizlar bitta qobiqni ichida qolib ketmaydi, dunyoqarashi o‘zgaradi, fikrlashi kengayadi, u yerdagi ta’lim sifatini ko‘radi, tajriba orttiradi. O‘zbekistondan boshqa “dunyo” borligini ko‘rishi kerak. O‘qishga kirsam kirdim, bo‘lmasam “erfak”da o‘qiyman degani emas”, deydi respondentlardan biri.  

“Men buni qo‘llab-quvvatlayman, qachonki qiz bolani o‘zi xohlasa, o‘zida harakat bo‘lsa. Eng avvalo, ota-onasi tushunishi kerak, erga bergan joyingiz ham tushunadigan, o‘qimishli bo‘lishi kerak”, deydi yana bir respondent.

To‘liq videoni QALAMPIR.UZ'ning YouTube'dagi sahifasida ko‘rishingiz mumkin.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
41
0
xs.uz

Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi

Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Buxoro viloyatida oʻtgan yilda umumiy qiymati 42,3 trillion soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Sanoatning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 19,9 foizga, kichik biznesning sanoatdagi hissasi 41,2 foizga yetdi. Kimyo va neft, oziq-ovqat, yengil sanoat yoʻnalishlari yetakchi tarmoq vazifasini oʻtayapti. Joriy yil yakuniga borib, 48,6 trillion soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Bu oʻsish surʼati 105 foizni tashkil etishini an

01 Jun 03:47
 
124
0
xs.uz

Oʻzbekiston notariuslarining II milliy kongressi boʻlib oʻtdi

Kongress 'Koʻchmas mulk: Rasmiylashtirish. Muammolar. Takliflar' mavzusida oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Notarial palatasi raisi D.Ashurov moderatorlik qildi.Tadbirda 10 ga tashkilot va muassasalardan 300 yaqin ishtirokchilar ishtirok etishdi. Jumladan, Adliya vazirligi, sud, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi, Yuristlar malakasini oshirish instituti, Kadastr agentligi va notariat sohasidan milliy ekspertlar, shuningdek Oʻzbekistonning barcha hududlaridan notar

31 May 08:49
 
46
0
xs.uz

Yetakchilar “Oʻzbekiston va Italiya: sivilizatsiyalar muloqoti” koʻrgazmasini borib koʻrdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni Samarqand shahridagi Kongress markazida tashkil etilgan 'O'zbekiston va Italiya: sivilizatsiyalar muloqoti' ko'rgazmasini tomosha qildilar.Noyob ekspozitsiya ikki mamlakat o'rtasidagi chuqur tarixiy, ilmiy va madaniy aloqalarga bag'ishlangan. U 'Rim va Kushon imperiyalarining savdo munosabatlari', 'Birinchi Uyg'onish davri', 'Marko Polo', 'Amir Temur', 'Mirzo Ulug'bek' va 'Zahiriddin Muhammad

01 Jun 03:47
 
125
0
xs.uz

Zarafshon daryosida noqonuniy qazish ishlarini olib borgan shaxs javobgarlikka tortildi

Unga koʻra, tekshiruv davomida Navoiy viloyati Navbahor tumanida yashovchi fuqaro I.I. oʻziga tegishli texnika vositalari yordamida daryo tubidan noqonuniy ravishda qum-shagʻal aralashmasini qazib olib, transport vositalariga ortganligi aniqlandi.Huquqbuzarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 30 baravari, yaʼni 11 million 250 ming soʻm miqdorida jarima belgilandi. Shuningdek, huquqbuzarning texnika vositalari jarima maydonchasiga joylashtirildi.Shuningdek, tabiatga yet