calendar 22 Jul 18:59
eye 90
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Shovona”ning yoʻllari ravon boʻlmoqda

image
Joriy yilda respublika byudjetidan ajratilgan 4,5 milliard mablagʻ hisobidan mazkur yoʻlning Shovona mahallasi hududidagi taʼmirtalab 9-15 kilometr qismi tekislanib, asfalt qilinmoqda.



' Har yili yoʻl qisman yamalaverganidan haydovchilar, yoʻlovchilardan murojaatlar koʻpayib ketgandi, ' deydi Qoʻshrabot tuman yoʻllardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi boʻlim boshligʻi Ismoil Xidirov. ' Davlat dasturiga asosan mazkur avtomobil yoʻlining eni 7 metrdan 9 metrgacha kengaytirilmoqda. Hozirgacha rejadagi 6 kilometr yoʻlning 2 kilometrida asfaltlash ishlari yakunlandi. Ishchilar tomonidan kuniga 250-300 metr masofada 3 qavat tosh, sheben va bitum tashlanib asfaltlanmoqda.

Yoʻlning bir tomonidan piyodalar yoʻlagi ham qurilmoqda. Hududdagi noqonuniy qurilmalar olib tashlanib, savdo-sotiq doʻkonlari va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari tartibga solinmoqda.



Quvonarlisi, yaqinda tumandagi Doʻstlik mahallasida asfalt ishlab chiqarish korxonasi faoliyat boshladi. Ayni paytda korxonada kuniga oʻrtacha 500-600 tonna asfalt ishlab chiqarilmoqda. Natijada, asfalt qoʻshni Ishtixon, Payariq tumanlari yoʻlsozlariga ham yetkazib berilmoqda.

Ushbu avtomobil yoʻlining taʼmirlash ishlarini shu yilning sentyabr oyida yakuniga yetkazish rejalashtirilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:26
 
32
0
xs.uz

FIFA prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi

Futbol assotsiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi.'Janobi Oliylari,Hurmatli Prezident!Kecha Oʻzbekiston oʻz tarixida ilk bor FIFA Jahon chempionatiga chiqib, Osiyoda birinchi boʻlib JCH-2026 yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan terma jamoalardan biriga aylandi.Butun futbol jamoatchiligi nomidan Sizni va butun Oʻzbekiston xalqini ushbu munosib va tarixiy natija bilan tabriklashga ijozat bergaysiz

17 May 21:46
 
58
0
xs.uz

Yuksak hamdoʻstlik ifodasi

Xivadagi Ichan Qalʼa davlat muzey-qoʻriqxonasi Koʻhna Ark tarixiy-meʼmoriy majmuasi yozgi kinoteatrida anʼanaviy Koreya kinofestivali boʻlib oʻtdi. Unda mahalliy aholi vakillari, yoshlar, viloyatdagi koreys milliy markazi faollari qatnashdi.Kinofestivalning tantanali ochilish marosimida Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Von Do Yon ishtirok etib, yigʻilganlarga samimiy va ezgu tilaklarini izhor qildi. U har ikki davlat oʻrtasida barcha sohalar, xususan

13 May 14:37
 
79
0
xs.uz

Navoiy viloyati: tarixiy evrilishlar ostonasida

Navoiy viloyati va shoir nomini olgan shaharni koʻpincha vohaga konchilik sanoatining kirib kelishi bilan bogʻlashadi. Biroq oʻlkaning qadim tarixi ' Uchtutdagi yer osti Chaqmoqtosh koni, Sarmish va Sentobsoydagi qoyatoshga oʻyilgan suratlar, Karmana, Nurota va Xatirchidagi osoriatiqalar ushbu voha hududida yashagan ajdodlarimiz oʻz turmush tarzi, eʼtiqodi, madaniyat va maʼnaviyati bilan kishilik jamiyati tamal toshining qoʻyilishiga ham munosib hissa qoʻshganligidan dalolat beradi.Mozi

08 Jun 02:26
 
148
0
xs.uz

Qasim-Jomart Toqayevdan Rejep Tayyip Erdogʻangacha: Xorijiy hamkorlardan Qurbon hayiti munosabati bilan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga samimiy qutlovlar kelmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga maʼnaviy hayotimizda muhim oʻrin egallagan, azaldan xalqimizga xos boʻlgan mehr-oqibat, bagʻrikenglik va saxovat kabi olijanob fazilatlarni oʻzida mujassam etgan muqaddas Qurbon hayiti ' Iyd al-Adho munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy tuzilmalar rahbarlaridan tabrik maktublari kelib tushmoqda.Xorijiy hamkorlar oʻz qutlovlarida Oʻzbekistonning koʻp millatli xalqiga chuqu