calendar 22 Jul 16:47
eye 87
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Akademik litseylarga kirish imtihonlari sanasi aniq bo‘ldi

image

Akademik litseylarga kirish test sinovlari 25–26 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada o‘tkaziladi.

Test sinovlarini o‘tkazilish vaqti:

  •  25 iyul kuni soat 15:00 da;
  • 26 iyul kuni 2 smenada o‘tkazilib:
  • 1-smena soat 9:00 da;
  • 2-smena soat 15:00 da boshlanadi.

Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar test sinovlariga kirish ruxsatnomasini my.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga o‘zining login va paroli bilan kirgan holda yuklab olishi yoki bevosita hujjat topshirgan akademik litseydan borib olishi mumkin.

“Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezidentning 2024 yil 19 iyuldagi 36-sonli farmoyishi bilan 2024/2025 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari tasdiqlangandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:21
 
25
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi.Marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ziyolilar, shahar jamoatchiligi jam boʻldi.Bu el-yurtga xizmat unutilmasligi, hamisha eʼzozlanishidan dalolat. Shavkat Mirziyoyevning eʼtibori bilan Birinchi Prezidentimizning xotirasi abadiylashtirildi, u kishi tavallud topgan 30-yanvar har yili nishonlanadigan boʻldi. Toshkentda ilmiy-maʼrifiy yodgor

31 Jan 15:21
 
24
0
xs.uz

Qoraqalpogʻistondagi ikkita oliy taʼlim muassasasi oʻz faoliyatini tugatadi, ammo…

Prezidentning 'Nukus davlat texnika universitetini tashkil etish toʻgʻrisida'gi qaroriga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasida yangi Nukus davlat texnika universiteti faoliyatiga asos solindi. Gap shundaki, ushbu oliy taʼlim muassasasi Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali negizida tashkil etilishi koʻzda tutilmoqda.Universitetning asosiy vazifalariga sanoat, texnika-te

31 Jan 15:21
 
23
0
xs.uz

Dorixonalar orqali giyohvandlik vositalarini berish tartibi belgilandi

Oʻzbekistonda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni dorixonalar orqali berish tartibi qayta koʻrib chiqilib, uning aniq meʼyorlari belgilandi. Mazkur tartib Adliya vazirligi tomonidan 27-yanvar kuni rasmiy davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan 'Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, realizatsiya qilish, berish, taqsimlash va hisobga olish tartibi toʻgʻrisida'gi nizom asosida amalga oshiriladi.Yangi nizomga koʻra, giyohvandlik vositalari do

31 Jan 15:21
 
21
0
xs.uz

Samarqand viloyatining bir qator shahar va tumanlarining chegaralarini o‘zgartirish masalasi ko‘rib chiqildi

Joriy yil 31 yanvar kuni Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo'mitasining majlisi bo'lib o'tdi. Unda Senat a'zolari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari doimiy komissiyalari raislari, ekspertlar, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Majlisda 'O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-moddasiga o'zgartirish kiritish to'g'risida'gi Qonun muhokama qi