calendar 22 Jul 10:05
eye 75
comments 0
comments Manba: xs.uz

U mamlakatimiz tarixidagi eng yomon prezident boʻlib qoladi – Donald Tramp Jo Baydenning prezidentlik poygasidan chiqishiga munosabat bildirdi

image
AQSHning 45-prezidenti Donald Tramp prezident Jo Baydenning 2024-yilgi prezidentlik poygasidan chiqish haqidagi qaroriga oʻz munosabatini bildiridi. Tramp Baydenni qattiq tanqid qilib, 'Bayden mamlakatimiz tarixidagi eng yomon prezident sifatida qoladi' deb yozdi. Bu haqda 'Newsweek' nashri CNNʻga tayanib xabar berdi.

Tramp oʻzining 'Truth Social' sahifasida ham oʻz qarashlarini davom ettirib, Baydenni prezidentlikka nomzod boʻlishga ham yaramasligini bildirgan. Uning fikricha, demokratlar vakilining prezidentlik davri turli muammolarda oʻtdi.

'Prezidentlik mavqeiga faqat yolgʻon, soxta xabarlar orqali erishgan va yertoʻlasidan chiqmagan', deb yozgan respublikachilar vakili. Demokratik partiya saylovga sanoqli bir necha oy qolganda yangi nomzod topish muammosi bilan yuzlanib turibdi. Vitse-prezident Kamala Xarris hozircha asosiy nomzod, ammo uni qoʻllovchilar kamchilikni tashkil etishi mumkin.

Tramp boshchiligidagi respublikachilar buni amaldagi maʼmuriyatni tanqid qilish imkoniyati sifatida koʻrmoqda. Trampning nomzod hamkori J.D.Vens ham 'Jo Bayden hayotimdagi eng yomon prezident boʻldi' deya izoh berib, Kamala Xarrisni ham amaldagi rahbarning ishlarida teng aybdor ekanligini bildirgan.

Avvalroq, Jo Bayden prezidentlik poygasidan chiqishini maʼlum qilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
42
0
qalampir.uz

Bayden nega prezidentlik poygasidan chiqishga qaror qilganini tushuntirdi

AQSH Prezidenti Jo Bayden demokratiyani saqlab qolish uchun ikkinchi muddatga saylanmaslikka qaror qildi. Bu haqda u kecha, 24 iyul kuni Amerika xalqiga murojaatida ma’lum qildi. “Prezident sifatida erishgan yutuqlarim, dunyodagi yetakchiligim, Amerika kelajagi haqidagi qarashlarim ikkinchi muddatga loyiq deb hisoblayman. Ammo demokratiyamizni saqlab qolish yo‘lida hech narsa to‘sqinlik qila olmaydi. Bu shaxsiy ambitsiyalarga ham tegishli”, deydi Bayden. BBC xabariga

19 Aug 07:04
 
30
0
xs.uz

NATO Kaliningradda va Isroil Gʻazoda turarjoy qurmoqchi (+video)

NATO Kaliningrad anklavida serqatnov boʻlib qoldiNATO Rossiyaning shimoli-gʻarbiy chegaralari boʻylab, xususan, strategik Kaliningrad anklavi atrofida kuzatuvni kuchaytirdi.Amerika va Britaniya razvedka samolyotlari Polsha va Litva havo hududidan foydalanib, Rossiya chegaralari boʻylab bir nechta josuslik parvozlarini amalga oshirgan.Bu kuchaytirilgan monitoring NATOning Finlyandiya va Shvetsiya ittifoqqa qoʻshilishi ortidan Boltiq dengizi mintaqasida kengaygan tekshiruvlarining bir qismi s

26 Jul 10:21
 
31
0
xs.uz

Bayden saylov poygasidan chiqqanidan soʻng birinchi marta nutq soʻzladi

Oq uy rahbari oʻz nutqida ovoz berishga bir necha oy qolganida nega qayta saylanishdan voz kechganiga atroflicha izoh bermagan.'Soʻnggi haftalarda men oʻz partiyamni birlashtirishim kerakligi ayon boʻldi. Mashʼalani yangi avlodga topshirish vaqti keldi. Demokratiyamizni saqlab qolish yoʻlida hech narsa toʻsqinlik qila olmaydi. Hatto shaxsiy ambitsiyalar ham', dedi Bayden oʻz chiqishida.Ommaviy axborot vositalariga koʻra, janob Baydenning nutqi oʻz vitse-prezidentiga qilingan tanqidlarn

26 Jul 10:19
 
53
0
qalampir.uz

Ozarbayjon va Eron chegarasida otishma bo‘ldi

Ozarbayjon va Eron chegarasidagi otishma oqibatida ikki ozarbayjon chegarachisi yaralandi. Bu haqda kecha, 24 iyul kuni Ozarbayjon Davlat chegarasi matbuot xizmati xabar berdi. “Kecha, 24 iyul kuni soat 03:30 da Davlat xizmati chegara qo‘shinlarining “Gyoytepe” chegara otryadining rasmiy hududida Erondan Ozarbayjonga ketayotgan ikki nafar noma’lum shaxs tomonidan davlat chegarasini buzish holati qayd etildi”, deyiladi xabarda. Bildirilishicha,