calendar 19 Jul 15:51
eye 99
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Yil boshidan beri o‘tkazilgan tender savdolarining yarmidan ko‘pida raqobatga zid harakatlar aniqlandi

image

2024 yilning yanvar-iyun oylari davomida davlat buyurtmachilari tomonidan  tovar, ish, xizmat va qurilish sohalarida o‘tkazilgan boshlang‘ich qiymati 6,065 trln so‘mlik bo‘lgan 9 322 ta tanlov (tender) savdolari yuzasidan olib borgan tahlillar natijasida 5 153 ta (55,2 %) savdo jarayonida 6 611 ta raqobatga zid harakatlar aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ma’lum qildi.

Bildirilishicha, mazkur muddatda quyidagicha raqobatga zid harakatlar aniqlangan.

  • tovar moddiy boyliklar xaridi bo‘yicha buyurtmachilar tomonidan amalga oshirilgan 7670 ta tanlov (tender) savdolarida 5287 ta;
  • qurilish sohasi bo‘yicha 194 ta tanlov (tender) savdolarida 125 ta;
  • ish, xizmatlar bo‘yicha buyurtmachilarning amalga oshirgan 1500 ga yaqin tanlov (tender) savdolarida 1199 ta.

Qayd etilishicha, qo‘mita tomonidan jami 5153 ta xaridlarda  qonunbuzilish holatlari aniqlangan bo‘lib, shundan 3 423 tasi huquqni muhofaza qilish organlariga vakolat doirasida choralar ko‘rish bo‘yicha taqdim etilgan.  157 ta xaridlardagi qonunbuzilishlar buyurtmachilar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etilgan.

Shuningdek, 1 573 ta xaridlar yuzasidan 562 ta ish qo‘zg‘atilib, tegishli choralar ko‘rilgan. Davlat xaridlarida qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘ygan 535 ta mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

O‘tgan davr mobaynida Qo‘mitaga mazkur sohada yuridik va jismoniy shaxslardan jami 317 ta murojaat va arizalar kelib tushgan.

Shundan 293 ta murojaat Qo‘mita tomonidan o‘rganilgan, 24 tasi vakolat doirasida ko‘rib chiqish uchun tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilgan.

Qo‘mitaga kelib tushgan murojaatlar o‘rganilganda, O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilganligi aniqlandi.

Masalan, “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning 2024 yil 7 fevralda  boshlang‘ich qiymati 7 mlrd 800 mln so‘mlik axborotlashtirish qurilmalarini yetkazib berish bo‘yicha  tanlov savdosi e’lon qilingan. Mazkur tanlov savdosida  qonunchilik talablari buzilgan deb topilib, Qo‘mitaning tegishli qaror va ko‘rsatmasi berilgan.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hududiy filiallari jumladan, Toshkent shahar hududiy filiali 2024 yil 7 fevralda e’lon qilgan boshlang‘ich qiymati 6 mlrd 400 mln so‘mlik “Transformatorlarni ta’mirlash xizmatlari” uchun hamda Jizzax viloyati hududiy filiali tomonidan esa boshlang‘ich qiymati 1 mlrd 575 mln so‘mlik o‘tkazilgan tanlov savdolarida  ham qonunchilik talablari buzilgan deb topilgan va buyurtmachiga tanlov savdolari natijasini bekor qilinishi bo‘yicha Raqobat qo‘mitasining tegishli ko‘rsatmasi berilgan.

Shuningdek, Ftiziatriya va pulmonologiya tibbiy reabilitatsiya markazining 2024 yil 6 fevralda e’lon qilingan “Shifoxonada davolanayotgan bemorlarga tayyorlanadigan parhez taomlarni tayyorlash uchun autsorsing xizmati” sohasida 1 mlrd so‘mdan ortiq tender savdolarida qonunbuzilish aniqlangan va uni bekor qilish bo‘yicha ham Qo‘mitaning tegishli ko‘rsatmasi berilgan.

Bildirilishicha, Raqobat qo‘mitasi tomonidan davlat xaridlarida raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar sodir etilishining oldini olishga qaratilgan tizimli ishlar davom ettirilmoqda. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:11
 
38
0
xs.uz

Sunʼiy intellektda shaxsga doir maʼlumotlarga noqonuniy ishlov berganlik uchun javobgarlik belgilanadi

Sunʼiy intellekt orqali shaxsga doir maʼlumotlarga noqonuniy ishlov berish va ularni OAV yoki Internetda tarqatish uchun javobgarlik belgilanishi rejalashtirilmoqda. Bu haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi maʼlum qildi.Unga koʻra, bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan ' sunʼiy intellektni qoʻllash orqali yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi oʻqishda konseptual jihatdan muhokama qilingan.Muho

13 May 14:37
 
37
0
xs.uz

Fargʻona davlat texnika universitetida “Yoshlar texnoparki” tashkil etildi

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Maʼlumki, Fargʻona davlat texnika universitetida taʼlim jarayonini ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Universitet qoshida tashkil etilgan spin-off kompaniyalari professor-oʻqituvchilar, magistr va talabalarni viloyatdagi yirik sanoat korxonalari hamda tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda ilmiy va innovatsion loyihalarni hayotga tatbiq etishga keng jalb qilmoqda.Shu bilan birga, dual taʼlim tizimi

21 Apr 08:33
 
46
0
xs.uz

21-aprel kuni ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi

Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kechga tomon biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-11 daraja iliq, kunduzi 21-23 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq boʻladi.Buxoro'va'Navoiy'viloyatida havo biro

17 May 21:46
 
280
0
xs.uz

Oʻzbekistondagi barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan oʻzgartiriladi

Bundan buyon barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan oʻzgarishi belgilandi. Prezident buni Termiz pedagogika instituti misolida tushuntirib berdi.Qayd etilishicha, bu oliygohga Yangi Oʻzbekiston universitetidagi kabi xalqaro boshqaruv tizimi tatbiq etiladi. 'Top' xorijiy oliygohlar tajribasi asosida fakultetlar oʻrnida aniq, tabiiy, ijtimoiy, filologiya, amaliy fanlar, maktabgacha va boshlangʻich taʼlim boʻyicha 6 ta oliy maktab tashkil qilinadi.Aniq fanlar maktabida Myunxen texnika