calendar 19 Jul 12:12
eye 112
comments 0
comments Manba: xs.uz

Kreml «kuchli Yevropa» harakatidan tashvishlanmoqda

image
Shu yilning 18-iyul kuni ikkinchi muddatga saylangan Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen kelgusi besh yil ichida transchegaraviy tahdidlarga qarshi kurashish uchun 'Yevropa havo qalqoni'ni tuzib, qitʼa mudofaa ittifoqini tashkil etishga umid bildirdi.

'Biz ushbu yirik loyihalar barcha uchun ochiq boʻlishini taʼminlaymiz va ularni imkon qadar tezroq loyihalash, qurish va Yevropa zaminida joylashtirishni taʼminlash uchun barcha meʼyoriy va moliyaviy vositalardan foydalanamiz', degan Yevropa Komissiyasi raisi.

Kreml bundan tashvishlanib, Lyayenning taklifini Yevropanining militarizatsiyalashuvi ekanligini taʼkidladi.

'Bu taklif Yevropa Ittifoqining harbiy rang-barangligini namoyish etadi. Uning militarizatsiyasi keskinlikning kuchayishi, tashqi siyosatda qarama-qarshilik usullariga tayanishini koʻrsatadi. Bu bizni tashqi siyosatdagi yondashuvlarimizni shunga mos ravishda toʻgʻrilashga majbur qiladi', deydi Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

720 oʻrinli Yevropa parlamentda 401 ta ovoz yigʻib oʻz lavozimida qolgan fon der Lyayen bunday noaniqlik davrida kuchli Yevropa zarurligini taʼkidlab, birinchi oʻringa xavfsizlikni qoʻydi.

Shuningdek, u uy-joy inqirozini hal qilish, Yevropa Ittifoqining 'Frontex' chegara agentligini mustahkamlash va dezinformatsiyaga qarshi kurashish uchun yangi tuzilma yaratishni reja qilgan.

Germaniyaning sobiq mudofaa vaziri Yevrokomissiyani 2019-yildan beri boshqarib kelmoqda va bu lavozimni egallagan birinchi ayol hisoblanadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Mar 16:44
 
58
0
xs.uz

Yer yuzidagi barcha muzliklar 2100-yilga borib erib tugashi mumkin – BMT

Dunyo boʻylab muzliklarning erish tezligi hozirgidek davom etsa XXI asrning oxirlariga kelib, Yer yuzi deyarli muzliklarsiz qolishi mumkin. Bu haqida BMTning iqlim boʻyicha ekspertlari 'Butunjahon muzliklar kuni' munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirdagi nutqida maʼlum qildi.Har yili 21-mart kuni, 'Butunjahon muzliklar kuni' deya eʼtirof etilib, muzliklarning Yer sayyorasi iqlim, atrof-muhit tizimidagi hal qiluvchi ahamiyati haqida masʼuliyatni oshirishga qaratilgan tadbirlar oʻtkaziladi.Bi

24 Mar 13:25
 
276
0
xs.uz

“Vaqt u tomonda emas” — AQSHda Zelenskiy haqida jiddiy bayonot berildi

Kiyev imkon qadar tezroq tinchlik kelishuviga rozi boʻlishi kerak. Bu fikrlarni AQSH armiyasining sobiq polkovnigi Daniel Devis aytib oʻtdi.'Agar Rossiya keng koʻlamli harbiy amaliyotlar oʻtkazmoqchi boʻlsa, u allaqachon Kiyevni yer bilan yakson qilgan boʻlardi, shuning uchun kelishuvni hoziroq, juda kech boʻlmasdan, tuzish kerak', deydi u.Devisning qayd etishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hududiy imtiyozlarni inkor etishda davom etmoqda, ularni keyinroq qaytarishga harakat q

22 Mar 08:54
 
54
0
xs.uz

“Shimoliy Gʻazo uchun tong otishi qiyin boʻldi, bemorlar kasalxonaga sigʻmayapti”: Gʻazodagi shifoxona rahbari murojaat bilan chiqdi

Bugun, 20-mart kuni Isroil Gʻazoning shimoliy hamda janubiy hududlariga zarbalar berishi oqibatida 71 nafar falastinlik, jumladan, ayollar va bolalar halok boʻlgan edi.Gʻazo shimolida joylashgan Indoneziya kasalxonasi direktori Marvan al-Sultonning taʼkidlashicha, shifoxona Isroilning ketma-ket hujumlari oqibatida jarohatlangan bemorlar bilan toʻlib-toshgan. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Isroilning 17-20-mart kunlari oraligʻida Gʻazoga qilgan qu

20 Mar 12:50
 
50
0
postda.uz

ҒАРОЙИБУ АЖОЙИБ

         Дунё бўйича ҳар 100 нафар ўлган кишининг 2 нафари қарилик, қолган 98 нафари эса турли тасодифлар оқибатида бевақт ҳалок бўлади.* * *         Мисрда қайнатилган карам тансиқ таом сифатида зиёфат сўнгида дастурхонга тортилади.* *