calendar 18 Jul 22:41
eye 159
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Bayden hafta oxirigacha saylov poygasidan chiqishi mumkin – OAV 

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Kongress yetakchilari, Demokratik partiya a’zolari va yaqin do‘stlarining bosimi ortib borayotgani sababli 20-21 iyul kunlari saylov poygasidan chiqishini e’lon qilishi mumkin. Bu haqda manbalariga tayanib, “Axios” portali xabar berdi.

Manbalarning ma’lumotlariga ko‘ra, amaldagi Prezidentning partiyadoshlari, yaqinlari, shuningdek, saylov kampaniyasining eng yirik donorlari Bayden o‘z yoshi haqidagi jamoatchilik fikrini o‘zgartirmaydi, Kongressda ko‘pchilikni qo‘lga kirita olmaydi va asosiy raqibi respublikachi Donald Trampni mag‘lub etmaydi, deb hisoblaydi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Jo Bayden sog‘lig‘ida muammo bo‘lsa, saylovdan voz kechishi mumkinligini aytgandi. Kecha, 17 iyul kuni Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per Prezident Baydenda COVID-19 testi ijobiy chiqqanini ma’lum qildi. CNN esa AQSH Kongressi Vakillar palatasining sobiq spikeri Nensi Pelosi Bayden bilan suhbatda u saylovda mamlakat sobiq yetakchisi Donald Trampni mag‘lub eta olmasligini aytganini xabar qildi


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
50
0
postda.uz

ҒАРОЙИБУ АЖОЙИБ

         Дунё бўйича ҳар 100 нафар ўлган кишининг 2 нафари қарилик, қолган 98 нафари эса турли тасодифлар оқибатида бевақт ҳалок бўлади.* * *         Мисрда қайнатилган карам тансиқ таом сифатида зиёфат сўнгида дастурхонга тортилади.* *

23 Mar 16:44
 
69
0
xs.uz

Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi: London Moskvani ogʻir ahvolga solib qoʻymoqchi

Buyuk Britaniya Ukrainadagi urush boshlanganidan beri Rossiyaga tegishli 25 milliard funt sterlingdan (deyarli 30 milliard yevro) ortiq aktivlarni muzlatib qoʻydi. Bu haqda mamlakat Moliya vazirligi qoshidagi Moliyaviy sanksiyalarni amalga oshirish boshqarmasi (OFSI) 21-mart kuni maʼlum qildi. London va uning ittifoqchilari Rossiyaga nisbatan tarixdagi eng qattiq moliyaviy sanksiyalar joriy etilganini qayd etmoqda.OFSI hisobotida qayd etilishicha, 2022-yil fevral oyidagi toʻliq miqyosli urush

20 Mar 12:55
 
70
0
xs.uz

Tramp AQSH Taʼlim vazirligini yopishga qaratilgan farmonni imzolaydi

AQSH prezidenti Donald Tramp uzoq kutilgan ijro etuvchi farmonni imzolashi kutilmoqda. Ushbu farmon mamlakat Taʼlim vazirligini yopishga qaratilgan boʻlib, bu uning saylovoldi kampaniyasidagi asosiy vaʼdalaridan biri hisoblanadi. Farmon matni bilan tanishgan 'Reuters' agentligining xabar berishicha, ushbu qaror demokratlar tomonidan keskin norozilik bilan kutib olingan.Trampning farmoni hali imzolanmagan boʻlsada, bir guruh demokrat shtatlar bosh prokurorlari ushbu qarorni bekor qilish va Ta

20 Mar 12:55
 
84
0
xs.uz

AQSH Mudofaa vazirligi mamlakat armiyasini sezilarli darajada qisqartirishni koʻrib chiqmoqda

AQSH Mudofaa vazirligi Amerika armiyasini sezilarli darajada qisqartirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda 'CNN' Pentagon tomonidan tayyorlangan hujjatlarga tayanib xabar bermoqda.'Koʻrib chiqilayotgan rejalar orasida jangovar boʻlinmalarni birlashtirish, ehtimol, qoʻshma kuchlarni rivojlantirish va tayyorlash uchun masʼul boʻlgan idorani tugatish hamda AQSH qoʻshinlarining Yaponiyadagi mavjudligini kengaytirmaslik kiradi', ' deyiladi nashrda.Taklif etilayotgan chora-tadbirlar Dona