calendar 18 Jul 19:19
eye 117
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Mirziyoyev va Japarov yirik kooperatsiya loyihalariga start berdi

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov ikki tomonlama muzokaralar yakunlangach, yirik kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida umumiy quvvati 400 megavatt bo‘lgan ikkita quyosh elektr stansiyasi qurilishiga start berilgan. Ushbu stansiyalarda ishlab chiqariladigan elektr energiyasi Qirg‘izistonga yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.

"Chuy viloyatida zamonaviy yengil avtomobillar va tijorat texnikalari ishlab chiqarish zavodi ishga tushirilgan. Xususan, u yerda Cobalt, Oniks va Tracker rusumli yengil hamda yuk avtomobillari yig‘iladi", deyiladi xabarda.

Shuningdek, Qora-Balta shahrida tikuv-trikotaj mahsulotlari va mato ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Korxonaga zamonaviy texnologik uskunalar yetkazib berilib, o‘rnatilgan. O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari ushbu loyihalar mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jun 10:46
 
40
0
xs.uz

“Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi

Ushbu hafta Hindistonda 'Boeing 787-8 Dreamliner' samolyoti Ahmadoboddan Londonga uchish uchun samoga koʻtarilgan, ammo 5 daqiqa oʻtib havo kemasi halokatga uchradi. Bortda 242 kishi bor edi.Dastlab dahshatli aviahalokatda qutqaruvchilar tiriklarni topishga umid qilishmagan. Shunga qaramasdan, 40 yoshli Vishvashkumar Ramesh bu fojiada tirik qolgan bortdagi yagona inson ekani maʼlum boʻldi.U akasi Ajaykumar Ramesh bilan uchayotgan edi. Ular bort oshxonasining qarama-qarshi tomonidagi favqulod

13 May 14:38
 
131
0
xs.uz

Makron va Mers poyezdda kokain isteʼmol qilganmidi?

Gap shundaki, fotosuratchilar siyosatchilarga yuzlanganda Makron stoldan gʻijimlangan qogʻozni, Mers esa tayoqcha oʻxshash jismni olib tashlagan.Internetda sharhlovchilar, bir qator blogerlar, shuningdek, Rossiya tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova sayohat paytida siyosatchilar kokain isteʼmol qilganini aytishdi. Bunga isbot tarzida Makron va Mersning harakatlarini keltirildi.Shu qatorda 'Liberation' gazetasi kokain haqida hech qanday gap-soʻz yoʻqligini yozib, yuqori

18 Jun 21:56
 
25
0
xs.uz

Tramp Eronga zarba berishni koʻrib chiqmoqda

AQSH Yaqin Sharqdagi harbiy harakatlarini kuchaytirishga kirishdi. 'Fox News' telekanali xabariga koʻra, Amerika qoʻshinlari mintaqaga qoʻshimcha qiruvchi samolyotlarni joʻnatmoqda hamda u yerdagi aviatsiya kuchlari dislokatsiyasini uzaytirmoqda.CNN manbalari maʼlum qilishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi ehtimoliy havo hujumi ssenariylarini koʻrib chiqmoqda. Shu doirada AQSH harbiylariga Isroilga yonilgʻi quyishda yordam berish haqida buyruq berish ehtimoli mavjud. Manbala

15 Jun 10:46
 
92
0
xs.uz

“...Huquqiy, siyosiy, harbiy yoki maʼnaviy nuqtayi nazardan oqlab boʻlmaydi”, “Ochiq-oydin tajovuz…”, “Nomaqbul voqea” — xalqaro hamjamiyat Isroilning hujumiga qanday munosabatda

Bugun, 13-iyun tonggida Isroil Eronga zarbalar berib, yadroviy inshootlar, raketa zavodlari va harbiy qoʻmondonlarni nishonga oldi. Eron ommaviy axborot vositalari va guvohlar portlashlar haqida xabar berishdi.Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu buni 'Isroil tarixida hal qiluvchi lahza' deb taʼriflar ekan, operatsiya 'qancha kerak boʻlsa, shuncha' davom etishi kutilayotgani, unda Eron yadroviy olimlarini ham nishonga olinganini aytdi.Oʻz navbatida, uzoq vaqtdan beri yadroviy faoliyati tinc