calendar 18 Jul 14:01
eye 73
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzbekiston Prezidentining taklif va tashabbuslari SHHT faoliyatini yangi mazmun bilan boyitibgina qolmay, butun insoniyatning farovonligi uchun ham xizmat qiladi

image
Jahon banki maʼlumotlariga koʻra SHHT davlatlarining yalpi ichki mahsuloti 2023-yil oxirida 24,5 trillion dollarni yoki jahon yalpi ichki mahsulotining 24 foizini tashkil qildi. Ushbu koʻrsatkich tuzilma tashkil etilgan 2001-yildagiga nisbatan 13 barobarga oʻsgan. SHHTga aʼzo davlatlarning umumiy tashqi savdosi esa 8 trillion dollarga yetdi, bu esa 20-yil avvalgi koʻrsatkichdan 100 barobar koʻpdir. Shu nuqtayi nazardan, dunyo hamjamiyatining tashkilotga qiziqishi, ayniqsa, xalqaro vaziyat keskinlashgan bir paytda tobora ortib bormoqda.

Ostona sammitigacha SHHTga rasman 9 davlat ' Qozogʻiston, Hindiston, Eron, Xitoy, Qirgʻiziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Oʻzbekiston aʼzo edi. Bu galgi sammitda Belarus SHHTga toʻlaqonli aʼzo boʻldi va tuzilma davlatlari soni oʻntaga yetdi.

Maʼlumki, Belarus 2010-yildan buyon SHHT doirasidagi turli tadbirlarda ishtirok etib keladi. Dastlab u muloqot boʻyicha hamkor edi, keyin esa kuzatuvchi maqomini oldi. Belarus savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash va SHHTning umumiy transport makonini rivojlantirishdan manfaatdor.

Ayrim ekspertlar fikricha, SHHT Osiyo davlatlarining ovozi hukmron boʻlgan tashkilot. Lekin aslida unday emas. Bugungi kunda Saudiya Arabistonidan tortib Makedoniya va Serbiyagacha turli davlatlar SHHT bilan hamkorlikdan manfaatdor. Tuzilma muloqot uchun qulay maydon sanaladi, barqarorligi, xalqaro huquq tamoyillariga sodiqligi va bunyodkorligi bilan boshqalarni oʻziga jalb etadi. SHHTga aʼzo davlatlar oʻrtasida keng koʻlamli (mintaqaviy xavfsizlik, mavjud tahdidlarga qarshi kurashish, iqtisodiy rivojlanish, yaxshi qoʻshnichilik va oʻzaro ishonch) hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.

SHHT doirasida Qozogʻiston tomonidan ilgari surilgan 'Adolatli dunyo va totuvlik yoʻlida global birlik toʻgʻrisida'gi tashabbus mohiyatan sammitning asosiy leytmotivi boʻldi. U ishonch choralarini mustahkamlashga, dunyodagi barcha davlatning barqaror rivojlanishini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan. Bu tashabbus aʼzo davlatlarning global va mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash borasidagi asl niyati va qatʼiyatini koʻrsatadi. Unda SHHTning xalqaro muammolarga yondashuvi va bugungi kunda butun insoniyatni tashvishga solayotgan masalalarni hal etish yoʻllari bayon qilingan. U, xususan, xavfsizlik muammolari, adolatli va yangi dunyo tartibini oʻrnatish, davlatlarga zugʻum oʻtkazish intilishidan toʻliq xalos boʻlish uchun zarur shart-sharoitlarni oʻz ichiga olgan. Bu prinsiplarning barchasi Ostona deklaratsiyasida oʻz aksini topdi.

Deklaratsiyaga koʻra SHHT davlatlari oʻzaro kelishmovchilik va tortishuvlarni tinch yoʻl bilan hal etish tarafdori. Tuzilmaga aʼzo davlatlar ichki ishlarga aralashishga qaratilgan va xalqaro huquqqa zid qarorlar qabul qilinishiga qarshi. Ayni chogʻda, terrorizm va ekshtml5-dom-document-internal-entity1-shy-endtremizmni yuzaga keltiruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʻrishga, radikal gʻoyalar, har qanday diniy murosasizlik va ksenofobiya, tajovuzkor millatchilik, etnik va irqiy kamsitishlar tarqalishining oldini olish boʻyicha birgalikdagi saʼy-harakatlarni kuchaytirishga tayyor ekanliklarini maʼlum qildi. Rivojlanayotgan mamlakatlar vakilligini taʼminlash maqsadida BMTni keng qamrovli isloh qilishga chaqirdi. Koʻp tomonlama savdo tizimini buzadigan proteksionistik harakatlarga, bir tomonlama sanksiyalarga va savdo cheklovlariga qarshi ekanliklarini namoyon etdi.

'SHHT plyus' formatidagi uchrashuvda, Prezidentimiz nutqida aytilganidek, hozir dunyo ishonch, adolat va hamjihatlik qayta tiklanishiga har qachongidan ham koʻproq ehtiyoj sezmoqda. Darhaqiqat, global siyosiy va iqtisodiy 'parchalanishlar', urushlar va mojarolar xalqaro munosabatlar tizimi asosi va hal qiluvchi tamoyillarining yemirilishiga olib kelayotganini inkor etib boʻlmaydi. Xususan, jahon xavfsizligi arxitekturasining butun poydevori silkinmoqda. Islomga dushman sifatida qarash, oziq-ovqat xavfsizligi va transportdagi toʻsiqlar zamonaviy dunyoda geosiyosiy keskinlikni kuchaytirayotir. Bu ziddiyatlarning eng dahshatlisi Gʻazo sektorida sodir boʻlmoqda. Bu yerdagi qonli toʻqnashuv 40 mingga yaqin begunoh insonning oʻlimiga sabab boʻldi. Vayron qilingan binolar ostida minglab bolalarning jasadlari qolgan.

Muammo bu bilan cheklanib qolmaydi. Qarama-qarshilik va proteksionizm jahon iqtisodiyoti parchalanishi va yetkazib berish zanjirlari uzilishiga sabab boʻlyapti. Mamlakatlarning savdo, moliya, sarmoya, texnologiya va innovatsiyalar transferi sohalaridagi samarali hamkorligida toʻsqinlik qiladigan yangi ajratuvchi chegaralar vujudga kelmoqda. Shuning uchun Prezident Shavkat Mirziyoyev 'ushbu muammolarni hal qilishning yagona yoʻli ' umumiy xavfsizlik, taraqqiyot va farovonlik uchun saʼy-harakatlarimizni birlashtirish' ekanini taʼkidladi.

Aytish joizki, SHHT har doim xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan tamoyillari va BMTning markaziy muvofiqlashtiruvchi roliga tayanadigan koʻptomonlamalik asosidagi adolatli dunyo tartiboti tarafdori boʻlib kelgani bois keyingi paytlarda tuzilma atrofida jipslashishga intilayotgan davlatlar soni oshib boryapti. Shu bilan birga, yuzaga kelgan voqelik Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyati samarasini oshirishda yangi strategik yondashuvlarni talab etmoqda. Tuzilmada Xitoy, Rossiya va Hindiston kabi yirik davlatlar, Pokiston, Eron, Oʻzbekiston va Qozogʻiston kabi katta mintaqaviy davlatlar toʻplangan. Demak, ularning ulkan salohiyati hamda jahon siyosati va iqtisodiyotidagi ortib borayotgan roliga mos keladigan yangi maqsad va vazifalarni ishlab chiqish, yangi loyiha va tashabbuslarni ilgari surish vaqti keldi.

Davlatimiz rahbari SHHT taʼsis etilgan davrdan buyon zamonaviy tahdidlarning tabiati va miqyosi sezilarli darajada oʻzgargani sababli xavfsizlikni taʼminlash masalalarida uning faoliyatining konseptual asoslariga yangi nigoh bilan qarashni taklif qildi. Shuningdek, umumiy xavfsizlikka xatar va tahdidlar oshib borar ekan, vakolatli organlar rahbarlari va ekspertlar ishtirokida har yili 'Xavfsizlik masalalari boʻyicha SHHT plyus muloqoti'ni oʻtkazish tashabbusi ilgari surildi.

Eʼtiborlisi, Ostonada 'SHHT plyus' formatida ilk bor aʼzo davlatlar, muloqot boʻyicha kuzatuvchilar, sheriklar hamda BMT Bosh kotibi ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. 20-yil ichida SHHT va BMT chinakam hamkor tashkilotlarga aylandi. SHHT BMT Bosh Assambleyasi huzurida kuzatuvchi maqomiga ega boʻlib, 2010-yilda har ikki tashkilot kotibiyatlari oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiya imzolangan. BMT va SHHT oʻrtasidagi hamkorlik rezolyutsiyasi 2023-yil 1-sentyabrda Bosh Assambleyaning 77-sessiyasi yalpi majlisida qabul qilingan.

Har qanday tashkilot yoki uyushmaning taqdiri va muvaffaqiyati savdo-iqtisodiy hamkorlikka, uning doirasida amalga oshiriladigan tashabbuslarga bogʻliq. SHHT makonida savdo-iqtisodiy hamkorlikni izchil 'qayta ishga tushirish', koʻp tomonlama savdo va tarmoqlararo sheriklikning mustahkam asoslarini yaratish oʻta muhim masala. SHHT davlatlarining yalpi ichki mahsuloti (YAIM) jahon davlatlariga qaraganda ancha yuqori surʼatda rivojlanayotganini taʼkidlash lozim. Masalan, 2023-yilda YAIM oʻsishi Hindistonda 7,6 foiz, Xitoyda 5,2 foiz, Qozogʻistonda 5,1 foiz, Oʻzbekistonda 6 foiz, Qirgʻizistonda 6,2 foizni tashkil etdi. Jahon YAIMning oʻrtacha surʼati 2,7 foizni, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti mamlakatlarida esa 1,7 foizni tashkil etishini hisobga olsak, SHHT davlatlarining yalpi ichki mahsuloti jadal oʻsib borayotgani eʼtiborga molik.

Ochiq aytganda, Shanxay hamkorlik tashkilotining iqtisodiy salohiyati juda katta va bundan toʻliq foydalanish lozim. Shu maqsadda SHHTning 2030-yilgacha iqtisodiy rivojlanish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha aniq harakatlar rejasi qabul qilindi. SHHTning YEOII, BRIKS va ASEAN, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi kabi integratsion birlashmalar bilan aloqalari katta imkoniyatlarga yoʻl ochadi. Transport yoʻnalishlarining oʻzaro bogʻlanishini yanada mustahkamlash jahon savdosining barqaror oʻsishiga katta yordam beradi. SHHTga aʼzo davlatlar hududidan 350 ming kilometrdan ortiq temir yoʻl oʻtadi. Dunyo boʻyicha yuk tashishning uchdan ikki qismi ushbu yoʻllarga toʻgʻri keladi. Shu bois SHHT makoni jahon savdosini rivojlantirish uchun Katta Yevroosiyo kamariga aylanishi mumkin.

Oʻzbekiston Yevroosiyo transport tizimining eng muhim qismlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun Prezidentimiz 'Sharq ' Gʻarb' va 'Shimol ' Janub' yoʻnalishlari boʻyicha inklyuziv transport tizimlarini shakllantirish mamlakatlar iqtisodiy salohiyatini samarali rivojlantirish imkonini berishini taʼkidladi. Zero, transport yoʻlaklari koʻp variantli boʻlishi ' bu butun mintaqamiz barqaror rivojlanishining eng muhim shartidir. Shu maʼnoda, SHHT maydoni global savdo rivojining yirik makoniga aylanishga qodir.

Sammit davomida tomonlar savdo tartib-taomillarini soddalashtirish va elektron savdoni rivojlantirish, texnologik kooperatsiyani, jumladan, kelajak sanoati tarmoqlarini ragʻbatlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrishga kelishib oldi. Biznes muloqoti uchun samarali platformani shakllantirish maqsadida Oʻzbekiston yetakchisi barcha sheriklarni jalb qilgan holda har yili 'SHHT EKSPO' xalqaro sanoat koʻrgazmasini oʻtkazishni taklif etdi.

Oʻzbekiston Prezidenti ekologik muammolar va ularning yechimi borasida ham takliflarni oʻrtaga tashladi. Chunki biz turli tabiiy ofatlar sezilarli darajada koʻpayganiga guvoh boʻlyapmiz. Dunyoning barcha davlati bundan aziyat chekmoqda. Yaqinda Rossiya, Xitoy, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Pokiston kabi SHHTga aʼzo davlatlar ham misli koʻrilmagan suv toshqinlarini boshdan kechirdi. Mutaxassislarning fikricha, bu tabiiy ofat koʻlami global isish jarayoni bilan bevosita bogʻliq. Iqlim muammolarini yolgʻiz hal qilib boʻlmasligi aniq. Demak, jahon hamjamiyati 'yashil' iqtisodiyotga oʻtish boʻyicha oʻzining dadil qadamini davom ettirishi kerak. Ekologiyaga tahdid kuchayib borayotgan bir sharoitda iqlim sohasidagi hamkorlik SHHT yangi kun tartibining eng muhim qismiga aylanishi lozim. Shu munosabat bilan davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 'yashil' taraqqiyot sohasidagi umumiy maqsad va vazifalarga erishish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan Iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashishda hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni ishlab chiqish taklifini qoʻllab-quvvatladi. Bundan tashqari, Toshkentda ekologik barqarorlik va 'yashil' oʻsish sohasida tadqiqotlar olib boradigan SHHTning Iqlim muammolari boʻyicha innovatsion yechimlar markazini tashkil etish taklif qilindi.

Oʻzbekiston ' ijtimoiy davlat. Aholining hayot sifatini yaxshilash va ijtimoiy himoya masalalari davlatimiz rahbarining doimiy eʼtiborida. Oʻzbekiston SHHT kun tartibida ham kambagʻallikni qisqartirish va ijtimoiy himoya masalasi markaziy oʻrinni egallashi lozim, degan fikrda. Shu maʼnoda, kelgusi yili Samarqand shahrida Kelajak sammiti maqsadlariga erishishga munosib hissa qoʻshish uchun BMT shafeligida barqaror ijtimoiy himoya masalalari boʻyicha global konferensiyani oʻtkazish rejalashtirilgani maʼlum qilindi.

SHHTning umumiy maqsadlaridan biri ' xalqlar oʻrtasidagi muloqotni mustahkamlash, bunda xalq diplomatiyasidan keng foydalanish. Shundan kelib chiqib, davlatimiz rahbari sivilizatsiyalarhtml5-dom-document-internal-entity1-shy-endaro muloqotning noyob modelini ilgari surish va birgalikda mustahkamlashga chaqirar ekan, xalqlarimizning boy madaniy-tarixiy va maʼnaviy merosi, anʼanalari, urf-odatlari va turmush tarzi ' bu oʻzaro ishonch koʻprigini, yaxshi qoʻshnichilik va yaqin doʻstlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan qudratli va hayotbaxsh kuch ekanligini taʼkidladi.

Yaqinda qabul qilingan BMT Bosh Assambleyasining 'Xalqaro sivilizatsiyalar oʻrtasida muloqot kuni' rezolyutsiyasida aynan shu yoʻnalish aks etgan. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston tomonidan ilgari surilgan umumiy xavfsizlik va farovonlik yoʻlida hamjihatlik boʻyicha Samarqand tashabbusining dolzarbligi yana bir bor qayd etildi. Uning amalga oshirilishi barqaror rivojlanish yoʻlidagi ziddiyatlarni yengib oʻtishda sivilizatsiyalar oʻrtasidagi muloqotni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Davlatimiz rahbari madaniyat, taʼlim, yoshlar va sayyohlik almashuvlar sohasidagi dasturlarni amalga oshirishga ham alohida eʼtibor qaratdi. Xususan, ushbu yoʻnalishlardagi loyihalarni tizimlashtirish va birgalikda amalga oshirish imkonini beradigan SHHT gumanitar tashabbus va dasturlari yagona bankini ishlab chiqish taklif etildi. Eʼtiborlisi, ilgari surilgan bu taklif va tashabbuslarning barchasi SHHT faoliyatini yangi mazmun bilan boyitibgina qolmay, butun insoniyatning buguni va ertasi, farovonligi uchun ham xizmat qilishi muqarrar.

Qisqacha aytganda, SHHT faoliyati Yevroosiyo makonida iqtisodiy va sarmoyaviy, siyosiy va xavfsizlik bobidagi hamkorlikning yangi arxitekturasini shakllantirishga qaratilgan. Bu hech qanday uchinchi davlatlar yoki bloklarga qarshi uyushma emas, balki adolatli dunyo tartibini oʻrnatishga harakat qilayotgan tuzilmadir.

Bugun dunyo bir qutbli tartibotdan koʻp qutbli dunyo sari yuz tutmoqda. Muayyan davlatlarning global tartib oʻrnatishdagi taʼsiri davri yakunlanmoqda. Shuning uchun ham dunyoni adolatga chorlaydigan, zamon talabiga mos surʼat beradigan tamoyillar zarur. SHHT esa ushbu vazifalarni sharaf bilan bajarib kelyapti.

SHHTning Ostona deklaratsiyasi timsolida tashkilotga aʼzo barcha davlatning pozitsiyalari va qarashlarini jamlagan yirik konseptual hujjat qabul qilindiki, bu Sharq va Gʻarb oʻrtasidagi qarama-qarshilikning oldini olishga, tuzilma ichkari va tashqarisidagi davlatlar oʻrtasida ishonch koʻpriklarini tiklashga, doʻstona diplomatik munosabatlarni saqlab qolishga xizmat qilishi, shubhasiz.

Qoʻngʻirotboy SHARIPOV,

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim,

fan va innovatsiyalar vaziri.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jul 18:24
 
97
0
xs.uz

Fargʻonada maʼnaviyat festivali

Fargʻona viloyati hokimligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, 'Maʼrifat' targʻibotchilar jamiyati hamkorligida oʻtkazilayotgan tadbirlar doirasida viloyat boʻylab poytaxtdan tashrif buyurgan taniqli ijodkor va sanʼatkorlar, olimlar ishtirokida turli uchrashuvlar tashkil etilmoqda.' Festival davomida 'Vatan madhi' konsert dasturi, 'Mutolaa marafoni', 'Eng maʼnaviyatli mahalla' tanlovi, 'Maʼrifat tur', 'Ziyolilar forumi',

22 Jul 10:35
 
52
0
qalampir.uz

Samarqandda xaker yigit mashhur tadbirkorlarni chuv tushirdi

Samarqand viloyatida mashhur tadbirkorlarning Telegram akkauntlaridan foydalanib, ularni katta pulga chuv tushirgan 20 yoshli yigitga 1 yil 7 oy muddatga ozodlikdan cheklash jazosi berildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, yigit tadbirkorlarning ismi bilan sahifa ochgan va profillarga ularning fotosuratlarini joylashtirgan. Shundan keyin o‘sha tadbirkorlarning qo‘l ostida ishlayotgan xodimlarning kontaktlarini topgan. “Avvaldan ta

20 Jul 13:08
 
87
0
xs.uz

Qashqadaryoda boshqaruvni yoʻqotgan “Labo” haydovchisi halok boʻldi

Maʼlum boʻlishicha, 2024-yil 10-iyul kuni 'Labo' Qarshi shahri Jayxun koʻchasida ketayotganida yon koʻchadan Lacetti uning yoʻliga chiqqan. 'Labo' haydovchisi toʻqnashuvdan qochish uchun rulni burib yuborgani tufayli boshqaruvni yoʻqotgan.Shundan soʻng, yoʻl oʻrtasidagi beton toʻsiqdan oshib oʻtib, qarama-qarshi yoʻnalishdan kelayotgan 'Nexia-3' bilan toʻqnashgan. Ogʻir tan jarohatlari olgan 'Labo' haydovchisi shifoxonada koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.Qayd

11 Aug 03:43
 
35
0
xs.uz

Toshkentda 25 yoshli qizning yonidan narkotik topildi

Toshkent shahrida 25 yoshli qizning yonidan narkotik modda topildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.Qayd etilishicha, Yashnobod tumaniga xizmatga jalb qilingan Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB 1-batalyon YPX inspektorlari tomonidan 'Monza' rusumli avtomashina toʻxtatilib, tekshirilganda haydovchi 37 yoshli D.E. hamda yoʻlovchilari 24 yoshli A.A. va 25 yoshli K.E.larning koʻrinishi va xatti-harakatlari xodimlarda shubha uygʻotgan.Xolislar ishtiro