calendar 17 Jul 15:27
eye 86
comments 0
comments Manba: xs.uz

Makron Attalning isteʼfosini qabul qildi

image
Seshanba kuni Yelisey saroyining bayonotida aytilishicha, u yangi hukumat tayinlanguncha faoliyat yuritadi. Attalning muvaqqat hukumati joriy ishlarni boshqarib turadi. Bundan tashqari, u 26-iyulda boshlanadigan Olimpiya oʻyinlarini nazorat qiladi.

Muvaqqat hukumat yangi qonunlarni parlamentga taqdim eta olmaydi yoki katta oʻzgarishlar kirita olmaydi.

Fransiyada avval ham muvaqqat hukumatlar boʻlgan, ammo hech biri bir necha kundan ortiq qolmagan. Amaldagi hukumat qancha muddat qolishi mumkinligi boʻyicha hech qanday cheklovlar yoʻq. Parlament uni tark etishga majbur qila olmaydi.

34 yoshli Attal yanvar oyida Fransiya bosh vaziri etib tayinlangan edi. U COVID-19 pandemiyasi davrida mashhurlikka erishdi. Shuningdek, bosh vazir boʻlishdan oldin Fransiya taʼlim vaziri boʻlib ham faoliyat yuritgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
45
0
xs.uz

Suriya prezidenti Bashar Asad Rossiya rahbari bilan nimalarni muhokama qildi?

Suriyalik siyosatchining Kremldagi aniq missiyasi haqida deyarli maʼlumotlar mavjud emas. Ammo bu uchrashuv ikki davlat oʻrtasidagi ittifoqchilikni koʻrsatib berishi mumkin. Bu haqda 'Deutsche Welle' nashri xabar berdi.Qayd etilishicha, uchrashuvda Asad Yaqin Sharq boʻylab mojarolar kuchayib borayotganidan xavotir bildirgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu keskinlashuvni alohida taʼkidlab, bunday holatlarning Suriyaga bevosita taʼsirini qayd etgan. Bashar Asad ham bugungi kundagi glob

24 Aug 17:27
 
16
0
xs.uz

Yunon neft tankeri Qizil dengizda hujumga uchradi

'Sounion' nomli Yunon neft tankeri Qizil dengizda bir nechta hujumlardan soʻng yonib ketdi. Bortida 25 ekipaj aʼzosi boʻlgan tankerga ikkita qayiqda oʻndan ortiq odam hujum qilgan. U Iroqdan Afinaga ketayotgan edi. Hujum vaqtida tanker Yamanning port shahri Hudeydadan 143 km gʻarbda boʻlgan. Ekipajda 23 nafar filippinlik va 2 nafar rossiyalik boʻlgan, jabrlanganlar haqida maʼlumot berilmagan. Gretsiya Dengiz ishlari vaziri ushbu holatni xalqaro huquqning buzilishi va xalqaro yuk tashi

28 Jul 11:01
 
101
0
qalampir.uz

Moskvada o‘zbekistonlik kurer yigit bola o‘g‘risini to‘xtatib qoldi (video)

Rossiyaning Moskva shahrida Muhammadjon Obidov ismli o‘zbekistonlik yigit chaqaloqni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxsni to‘xtatib qoldi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining Moskva bo‘yicha boshqarmasi xabar berdi. Qayd etilishicha, kurer bo‘lib ishlaydigan ushbu yigit Moskvaning janubi-sharqidagi Vixino-Julebino tumanidagi bolalar maydonchasi yaqinidan o‘tib ketayotganda qo‘lida chaqalog‘i bo‘lgan onaga tashlangan erkakni ko‘rib, yordam berishga oshiqadi.  

19 Aug 07:04
 
20
0
xs.uz

Oydagi foydali qazilmalarni qazib olish qachon boshlanadi?

Odamlar qachon Oyda joylashgan resurslarni qayta ishlashni boshlaydi? Ushbu savolga Roskosmos rahbari Yuriy Borisov javob berdi.Borisovning taʼkidlashicha, Oyda Yerda kam uchraydigan koʻplab minerallar mavjud. Mutaxassis ular orasida noyob tuproq metallari va geliyni ham sanagan. Roskosmos rahbari 2040-yildan keyin insoniyat ushbu resurslarni qazib olish, ishlab chiqarish va qayta ishlashni boshlash lozimlini qayd etgan.