Suriya prezidenti Bashar Asad Rossiya rahbari bilan nimalarni muhokama qildi?
Qayd etilishicha, uchrashuvda Asad Yaqin Sharq boʻylab mojarolar kuchayib borayotganidan xavotir bildirgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu keskinlashuvni alohida taʼkidlab, bunday holatlarning Suriyaga bevosita taʼsirini qayd etgan. Bashar Asad ham bugungi kundagi global va mintaqaviy voqealarni inobatga olgan holda ushbu uchrashuvni 'juda ahamiyatli' deb atadi.
Kremlga koʻra, uchrashuv chorshanba kuni boʻlib oʻtgan, ammo muhokamalar tor doirada boʻlganligi uchun koʻproq maʼlumot berilmagan. 'Mumkin boʻlgan mavzulardan biri Suriya va Turkiya oʻrtasidagi diplomatik aloqalarni tiklash', deb yozdi nemis nashri.
Asad ham, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan ham 2011-yilda uzilgan munosabatlarni tiklashdan manfaatdorlik sezayotgani haqida koʻplab xalqaro ekspertlar hamfikrdir.
Putin va Asad Suriyadagi 12-yillik fuqarolik urushi davomida mustahkam ittifoqchilikni saqlab kelgan. Rossiyaning harbiy yordami Asad kuchlariga mamlakatning katta hududlarida nazoratni tiklashda muhim ahamiyatga ega edi. Ularning soʻnggi uchrashuvi bir yarim yil avval boʻlib oʻtgan edi.
Avvalroq, Jo Bayden saylov poygasidan chiqqanidan soʻng birinchi marta nutq soʻzlagandi.
U mamlakatimiz tarixidagi eng yomon prezident boʻlib qoladi – Donald Tramp Jo Baydenning prezidentlik poygasidan chiqishiga munosabat bildirdi
AQSHning 45-prezidenti Donald Tramp prezident Jo Baydenning 2024-yilgi prezidentlik poygasidan chiqish haqidagi qaroriga oʻz munosabatini bildiridi. Tramp Baydenni qattiq tanqid qilib, 'Bayden mamlakatimiz tarixidagi eng yomon prezident sifatida qoladi' deb yozdi. Bu haqda 'Newsweek' nashri CNNʻga tayanib xabar berdi.Tramp oʻzining 'Truth Social' sahifasida ham oʻz qarashlarini davom ettirib, Baydenni prezidentlikka nomzod boʻlishga ham yaramasligini bildirgan. Uning fikricha, demokratlar v
Harris kampaniyasi 5 soat ichida 27,5 mln dollar xayriya yig‘di
AQSH vitse-prezidenti Kamola Harrisning saylovoldi shtab-kvartirasi Amerika yetakchisi Jo Bayden saylovoldi poygasini tark etganidan keyin besh soat ichida 27,5 million dollar xayriya yig‘di. Bu haqda demokratlar uchun mablag‘ yig‘uvchi ActBlue platformasi bayonotida aytiladi. ActBlue’ning X sahifasidagi postga ko‘ra, besh soat ichida Harrisning kampaniyasiga kichik xayriyalar 27,5 million dollarni tashkil etgan. “Politico”ning yozishicha, Baydenning saylovoldi ka
G‘azo va Ukrainadagi urushlarni tugatishga harakat qilaman – Bayden
AQSH Prezidenti Jo Bayden G‘azodagi urushni tugatish va Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun harakat qilishga va’da berdi. Bu haqda u prezidentlik poygasini tark etganidan so‘ng birinchi marta jamoatchilikka murojaatida ma’lum qildi. Bayden prezidentlik muddatining qolgan qismini ichki va tashqi siyosatdagi muhim mavzularga qaratish bilan o‘tkazishini va kam ta’minlangan oilalar uchun xarajatlarni qisqartirish, iqtisodiyotni rivojlantirish va demokratiya va inson huquqlari kabi so
Lukashenko va Putin Valaam orolida uchrashdi
Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Kareliyadagi Valaam orolida (Ladoga ko‘li) uchrashdi. Bu haqda “BelTA” xabar berdi. Lukashenko hozirda Rossiyada amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi. Vladimir Putin bilan turli formatdagi muzokaralar rejalashtirilgan. Qayd etilishicha, Putin va Lukashenko Belarus-Rossiya munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari, ittifoq loyihalarini ilgari surish, mintaqaviy xavfsizlik mavzulari