Isroilning Xon Yunisdagi hujumlari oqibatida 27 kishi halok boʻldi

Suv va elektr manbai boʻlmagan hududda ahvol allaqachon ogʻir edi. Odamlar harbiy amaliyotlardan soʻng oʻz uylariga qaytib ketmoqda. Oxirgi kunlarda Xon Yunisda halok boʻlganlarning soni 17 kishidan 27 nafarga yetdi. Hududdagi Nosir shifoxonasiga jasadlar va yaradorlarning kelishi tinmayapti. Ular orasida bir necha oylik chaqaloqlar ham bor.
Kasalxona shoshilinch tarzda qon topshiruvchilarga murojaat qilgan. Aytilishicha, tinch aholiga qarshi davom etayotgan qirgʻinlar fonida kasal va yaradorlar hayoti uchun zarur boʻlgan qon birliklari yetishmayapti.
Isroilning evakuatsiya qilish buyrugʻi Xon Yunisning sharqiy hududlarida yashovchi 400 ming nafardan ortiq odamga taʼsir qilgani aytilmoqda.
Turkiyada yana kuchli zilzila qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida zilzila yuz berdi. Bu haqda Turkiya tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi saytida xabar berildi.Maʼlumotlarga koʻra, yer silkinishi mahalliy vaqt bilan soat 15:46 da qayd etilgan. Uning magnitudasi 5,2 ballni tashkil etdi. Qoʻshimcha tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan.Shu yilning 14-may kuni yerosti silkinishlari birdaniga uch davlat ' Livan, Suriya va Misr poytaxtlarida qayd etilgan edi. Xabarlarga koʻra, Bayrutda ikki bor, Damashqda bir necha bor
Qozogʻistonda davlat xizmatchilariga “ChatGPT”dan foydalanishga taqiq qoʻyildi
Qozogʻiston hukumati davlat xizmatchilariga xizmat faoliyati davomida 'ChatGPT'dan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda Raqamli rivojlanish vazirining oʻrinbosari Qanish Tuleushin maʼlum qildi.Unga koʻra, taqiq maʼlumotlar sizib chiqishining oldini olish maqsadida joriy etilgan. Shuningdek, xizmatchilarga muqobil sifatida Nazarboyev universiteti negizida ishlab chiqilgan mahalliy sunʼiy intellekt tizimi taklif etilgan.Bundan tashqari, u hozirda bajarilgan ishlar qay bir sunʼiy intellekt tizi
Ozarbayjon Milliy Majlisi oʻz delegatsiyasining Moskvaga tashrifini bekor qildi
Maʼlum qilinishicha, bu qaror Rossiya huquq-tartibot organlarining Yekaterinburgda ozarbayjonliklarga qarshi reydlariga javoban qabul qilgan.'Delegatsiyaning tashrifidan voz kechilishiga sabab ' Yekaterinburg shahrida Rossiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan ozarbayjonliklarga qarshi sud va tergovsiz amalga oshirilgan namoyishkorona, qasddan qilingan etnik asosdagi qotilliklar va zoʻravonliklar, shuningdek, soʻnggi paytlarda bunday holatlarning muntazam tus olayotgani boʻldi', d
Putin Lukashenkodan kartoshka soʻradi: Rossiyada kartoshka tanqisligi kuchaymoqda
Rossiyada kartoshka yetishmovchiligi tobora yaqqollashib bormoqda. Prezident Vladimir Putinning aytishicha, oʻtgan yili hosil yetarli darajada emas edi va mavjud zaxiralar ham deyarli tugagan. U mamlakatdagi vaziyatni ochiq tan oldi. Belarus esa bu yilgi barcha kartoshkasini Moskvaga yetkazib bergan.Yil boshidan beri Rossiyada kartoshka narxlari 52 foizga oshgan. Yigʻim-terim miqdori 12 foizga kamaygan. Belarusdan kartoshka importi hozirgi sharoitda yetarli taʼsir koʻrsatmayapti. Bundan tash