calendar 01 Jul 04:28
eye 5
comments 0
comments Manba: xs.uz

Ozarbayjon Milliy Majlisi oʻz delegatsiyasining Moskvaga tashrifini bekor qildi

image
Maʼlum qilinishicha, bu qaror Rossiya huquq-tartibot organlarining Yekaterinburgda ozarbayjonliklarga qarshi reydlariga javoban qabul qilgan.

'Delegatsiyaning tashrifidan voz kechilishiga sabab ' Yekaterinburg shahrida Rossiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan ozarbayjonliklarga qarshi sud va tergovsiz amalga oshirilgan namoyishkorona, qasddan qilingan etnik asosdagi qotilliklar va zoʻravonliklar, shuningdek, soʻnggi paytlarda bunday holatlarning muntazam tus olayotgani boʻldi', deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 27-iyun kuni Rossiya xavfsizlik kuchlari tomonidan Ozarbayjon diasporasi vakillari yashaydigan xonadonlarda oʻtkazilgan reydlar chogʻida ikki kishi shafqatsizlik bilan oʻldirilgan, yana bir necha kishi ogʻir tan jarohati olgan, toʻqqiz nafar fuqaro esa hibsga olingan.

Ozarbayjon TIV yuqoridagi holat yuzasidan Rossiya tomoniga qatʼiy norozilik bildirdi. Xususan, Rossiyaning Bokudagi vaqtinchalik rasmiy vakili Pyotr Volokovix Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilib, rasmiy Moskvadan tushuntirish va aybdorlarni zudlik bilan jazoga tortish soʻraldi.

'Biz Rossiyadan ushbu ish boʻyicha shoshilinch tergov oʻtkazishini va qisqa vaqt ichida va zoʻravonlik sodir etgan barcha shaxslarning jinoiy javobgarlikka tortishini kutmoqdamiz', deyiladi rasmiy Boku bayonotida.

Shuningdek, Rossiya hukumati raisi oʻrinbosari Aleksey Overchukning iyun oxiriga rejalashtirilgan Ozarbayjonga tashrifi Boku tomonidan bekor qilingani maʼlum boʻldi. Manbalarga koʻra, yuzaga kelgan vaziyat fonida Ozarbayjon tomoni Overchuk yoki boshqa Rossiya rasmiylarining tashrifini oʻrinli deb hisoblamaydi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
128
0
xs.uz

Tramp Kanadaning oldiga ikki shart qoʻydi: “Oltin Gumbaz” yoki AQSH tarkibi

AQSH prezidenti Donald Tramp Kanada 'Oltin Gumbaz' raketalarga qarshi mudofaa tizimida ishtirok etmoqchi boʻlsa, 61 milliard dollar toʻlashi kerakligini bildirdi. Uning taʼkidlashicha, agar Kanada AQSH tarkibiga qoʻshilishni tanlasa, mazkur tizimga bepul kirish imkoniga ega boʻladi.Tramp bu haqda 'Truth Social' tarmogʻidagi postida maʼlum qilib, Kanada 'Oltin Gumbaz' tizimiga qoʻshilishni qatʼiy istashini va hozirda taklifni koʻrib chiqayotganini aytdi. Uning ushbu bayonoti Kanada parl

17 May 21:47
 
73
0
xs.uz

Qozogʻistonda davlat xizmatchilariga “ChatGPT”dan foydalanishga taqiq qoʻyildi

Qozogʻiston hukumati davlat xizmatchilariga xizmat faoliyati davomida 'ChatGPT'dan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda Raqamli rivojlanish vazirining oʻrinbosari Qanish Tuleushin maʼlum qildi.Unga koʻra, taqiq maʼlumotlar sizib chiqishining oldini olish maqsadida joriy etilgan. Shuningdek, xizmatchilarga muqobil sifatida Nazarboyev universiteti negizida ishlab chiqilgan mahalliy sunʼiy intellekt tizimi taklif etilgan.Bundan tashqari, u hozirda bajarilgan ishlar qay bir sunʼiy intellekt tizi

04 Jun 02:45
 
123
0
xs.uz

Xalqaro qidiruvdagi oʻzbekistonlik AQShdan ekstraditsiya qilindi

Juda koʻp miqdordagi firibgarlik uchun qidiruvga berilgan Oʻzbekiston fuqarosi Amerika Qoʻshma Shtatlarida qoʻlga olinib, ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Interpolning Oʻzbekistondagi Milliy markaziy byurosi'xabar berdi.Qayd etilishicha, Jinoyat kodeksining 168-moddasi, 4-qismida (juda koʻp miqdorda firibgarlik) nazarda tutilgan jinoyat sodir etganlikda ayblan shaxs Oʻzbekiston Interpol MMBning axborot koʻmagi hamda AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi bilan yaqin hamkorligi tufayli qoʻ

04 Jun 02:45
 
33
0
xs.uz

Pokistonda zilzila vaqtida 200 dan ortiq mahbus qamoqdan qochib ketdi

Pokistonning janubida joylashgan Karachi shahrida favqulodda holat yuz berdi. 2-iyun kuni 200 dan ortiq mahbus qamoqxonadan qochib ketdi. Bu haqda Reuters xabar qildi.Shu kuni yer silkinishlari sababli Malir qamoqxonasida mahbuslarga kameralarini tark etishga ruxsat berilgan. Shu sababli, 6000 dan ortiq odam saqlanadigan qamoqxonada muammolar kelib chiqqan. Tartibsizliklardan foydalangan mahbuslar qochib ketishga muvaffaq boʻlishgan.Qochib ketgan 216 nafar mahkumlarning 80 ga yaqini allaqachon