calendar 26 Jul 10:19
eye 31
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

AQSHdagi avtohalokatda o‘zbekistonlik trak haydovchisi halok bo‘ldi

image

AQSHdagi I-10 avtomagistral yo‘lida harakatlanayotgan 18 g‘ildirakli yuk mashinasi yo‘l-transport hodisasiga uchradi va oqibatda o‘zbekistonlik 38 yoshli haydovchi Jamoliddin Tohirov halok bo‘ldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi. 

“Jamol aka qarindoshim. Vatanga qaytmoqchi edi, avgust-sentyabr oylarida qaytishni rejalashtirayotgandi. O‘zbekistonga qaytib buvimni duolarini olib kelaman, deb yurgandi. Har kuni gaplashardik, lekin so‘nggi 2-3 kun aloqa qilmadik”, deydi QALAMPIR.UZ bilan suhbatda bo‘lgan marhumning qarindoshi.

Voqea 22 iyul soat 8:30 atrofida sodir bo‘lgan. 2022 yilgi Freightliner Semi Traktor I-10 avtomagistrali Sharqiy yo‘lidagi Highland Road chiqish rampasi yaqinida harakatlanayotgan bo‘lgan. Yuk mashinasi ichki beton to‘siqqa borib urilgan. Yo‘l kameralariga 18 g‘ildirakli avtomobil magistralning bir qismida osilib turganining tasvirlari tushib qolgan.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, haydovchi mashinadan chiqib ketgan va voqea joyida vafot etgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
40
0
qalampir.uz

Qirg‘izistonda firma nomlarida diniy so‘zlarni ishlatish taqiqlandi

Qirg‘izistonda firma nomlarida diniy so‘zlardan foydalanish taqiqlandi. Tegishli qonun Prezident Sadir Japarov tomonidan imzolandi.  Bunday qonun qabul qilinishining sababi firibgarlar investorlarning pullarini jalb qilish maqsadida shirkat nomlarida diniy atamalar ishlatgan. Taqiqlash ustavida asosiy maqsad daromad olishdan iborat bo‘lmagan diniy notijorat tashkilotlarga, shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarida nazarda tutilgan yuridik shaxslarga

26 Jul 10:19
 
40
0
qalampir.uz

BMT Bosh kotibi global Olimpiya sulhiga chaqirdi 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Yer yuzidagi barcha qurolli mojarolar ishtirokchilarini Olimpiya yarashuvi ruhida qurollarini tashlashga chaqirdi. Bu haqda BMT matbuot xizmati xabar berdi. Tinchlik tashabbusi BMT matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan videomurojaatda aytilgan. Guterrish bu 26 iyun kuni Fransiyada boshlanadigan yozgi Olimpiada musobaqasining tantanali ochilishiga to‘g‘ri kelishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Olimpiadadan u

29 Jul 16:38
 
145
0
xs.uz

Shimoliy Koreya hududlarida kuchli yomgʻir yogʻdi. Aholini evakuatsiya qilishga shaxsan Kim Chen In rahbarlik qilgan

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, Kim Chen In bir kun oldin qutqaruv markazi tashkil etilgan aviabazaga yetib kelgan va yomgʻirdan jabr koʻrgan mahalliy aholini evakuatsiya qilishni shaxsan oʻzi nazorat qilgan. Operatsiyaga Koreya xalq armiyasi havo kuchlari vertolyotlari va dengiz flotining qutqaruv kemalari jalb qilingani maʼlum.'

26 Jul 10:19
 
43
0
qalampir.uz

Tayvanga “Gaemi” tayfuni yopirildi. Qurbonlar bor

Xitoyning janubi-sharqiy qirg‘oqlariga yaqin joylashgan Tayvan oroliga “Gaemi” tayfuni kelishi pasttekisliklarda ko‘chki va suv toshqini keltirib chiqardi. Oqibatda uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “ABC News” xabar berdi. To‘fon Tinch okeanining g‘arbiy qismini qamrab olgan. Filippinda esa mavsumiy yomg‘irlarni kuchaytirgan. Tayvandagi davlat idoralari va maktablar ikki kunga yopildi. Rasmiylar odamlarni uyda va qirg‘oq chizig‘idan uzoqroqda qolishga ch