calendar 28 Jul 11:01
eye 102
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Moskvada o‘zbekistonlik kurer yigit bola o‘g‘risini to‘xtatib qoldi (video)

image

Rossiyaning Moskva shahrida Muhammadjon Obidov ismli o‘zbekistonlik yigit chaqaloqni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxsni to‘xtatib qoldi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining Moskva bo‘yicha boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, kurer bo‘lib ishlaydigan ushbu yigit Moskvaning janubi-sharqidagi Vixino-Julebino tumanidagi bolalar maydonchasi yaqinidan o‘tib ketayotganda qo‘lida chaqalog‘i bo‘lgan onaga tashlangan erkakni ko‘rib, yordam berishga oshiqadi.
 

“Erkakni voqea sodir bo‘lishidan oldin ko‘rgandim. U kurerlarning buyurtma qabul qilish punkti yonida turgandi. Buyurtmani olib, yetkazib berish uchun ketayotgandim. Yo‘lda bu odamning bir ayolni bezovta qilayotganini ko‘rdim-da, ortga qaytdim. U kichkina chaqaloqni onasidan tortib olib, yerga qattiq tashlab yubordi. Chaqaloqni qaytarib olish uchun uning orqasidan yugurdim. Shunchaki yordam bermoqchi edim. U chaqaloqni qayerga olib ketmoqchi bo‘lganligi menga noma’lum edi. Bolaga qilgan munosabati uchun unga ikki marta musht tushirdim. Shundan so‘ng u qochib ketdi. Bolani esa onasiga berdim”, degan kurer yigit.

Ma’lum qilinishicha, chaqaloqni o‘g‘irlash uchun ayolga tashlangan erkak muqaddam firibgarlikda ayblanib, sudlangan 27 yoshli Aleksey Kirichenko bo‘lib chiqdi. Bolani o‘g‘irlashga uringan vaqtda u spirtrli ichimlik ta’sirida bo‘lgan. Unga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 126-moddasi (Odam o‘g‘irlash) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik yigit Moskvada ikki kishini yong‘indan qutqarib qolgani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Aug 07:04
 
13
0
xs.uz

Ukraina Sudjani toʻliq nazoratiga olganini aytmoqda

Ukraina Rossiya hududiga dadil bostirib kirishda davom etar ekan, Moskva chegara mintaqasidan koʻproq aholini evakuatsiya qilmoqda.Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat kuchlari Rossiya hududiga bostirib kirishi natijasida Kursk viloyatidagi Rossiyaning strategik ahamiyatga ega Sudja shahrini toʻliq nazoratga olganini aytdi. Shuningdek, u 5 mingga yaqin aholisi boʻlgan shaharda harbiy qoʻmondonlik idorasi tashkil etilayotganini ham maʼlum qildi. Sudjada Ukraina quvurlari orqali Yev

26 Jul 10:21
 
30
0
xs.uz

Rus armiyasida oʻzgarish, Netanyahuning dushmanlari va Kongressdagi nutqi (+video)

Bayden saylov poygasidan chiqqanidan soʻng birinchi marta nutq soʻzladiJo Bayden prezidentlik poygasidan chiqqanidan buyon birinchi marta nutq soʻzladi. U oʻzi erishgan yutuqlar, kamtarligi haqida gapirgan.'Prezident sifatida erishgan yutuqlarim, dunyodagi yetakchiligim, Amerika kelajagi haqidagi qarashlarim ikkinchi muddatga loyiq deb hisoblayman. Ammo demokratiyamizni saqlab qolish yoʻlida hech narsa toʻsqinlik qila olmaydi. Bu shaxsiy ambitsiyalarga ham tegishli' dedi Qoʻshma Shtatlar

27 Jul 18:23
 
89
0
qalampir.uz

Zelenskiy dekabrgacha Ukrainada tinchlikka erishish rejasini tayyorlamoqchi

2024 yil noyabr oyi oxirigacha Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy tinchlikka erishish bo‘yicha harakatlar rejasini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Bu haqda u NHK televideniyesiga bergan intervyusida ma’lum qildi. “Men o‘z ma’muriyatim va diplomatik jamoamiz oldiga tegishli vazifani qo‘ydim, o‘ylaymanki, reja noyabr oyi oxiriga qadar tayyor bo‘ladi”, deydi Zelenskiy. U Ukraina armiyasining kuchayishi, birinchi navbatda Qo‘shma Shtatlar tomonidan qo‘ll

26 Jul 10:19
 
51
0
qalampir.uz

Qozog‘istonda mast holda avtomobil boshqargan imom 15 sutkaga qamaldi

Qozog‘istonda avtotransport vositasini mast holda boshqargan Qo‘stanay viloyati Bosh imomi Baxitbek Tajimbet 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda mamlakat Musulmonlar diniy boshqarmasi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 23 iyul kuni Baxitbek Tajimbet Oqmo‘la viloyatining Burabay qishlog‘idagi tungi klublardan birining yonida Toyota Highlander rusumli avtomashinani mast holatda haydab ketayotganda to‘xtatib qolingan. “Huquqiy normalar va odob-axloq qoidalarini qo‘