calendar 26 Jul 10:21
eye 30
comments 0
comments Manba: xs.uz

Rus armiyasida oʻzgarish, Netanyahuning dushmanlari va Kongressdagi nutqi (+video)

image
Bayden saylov poygasidan chiqqanidan soʻng birinchi marta nutq soʻzladi

Jo Bayden prezidentlik poygasidan chiqqanidan buyon birinchi marta nutq soʻzladi. U oʻzi erishgan yutuqlar, kamtarligi haqida gapirgan.

'Prezident sifatida erishgan yutuqlarim, dunyodagi yetakchiligim, Amerika kelajagi haqidagi qarashlarim ikkinchi muddatga loyiq deb hisoblayman. Ammo demokratiyamizni saqlab qolish yoʻlida hech narsa toʻsqinlik qila olmaydi. Bu shaxsiy ambitsiyalarga ham tegishli' dedi Qoʻshma Shtatlar yetakchisi.

Shuningdek, u vakolat muddati tugagunga qadar qiladigan ishlari haqida ham aytib oʻtgan.

'Prezidentlik muddatimning qolgan olti oyi davomida mamlakat iqtisodiyoti muammolari va fuqarolar huquqlarini himoya qilish bilan shugʻullanaman. Ukrainani qoʻllab-quvvatlashda va NATOni mustahkamlashda davom etaman', dedi Bayden.

'Soʻnggi haftalarda men oʻz partiyamni birlashtirishim kerakligi ayon boʻldi. Mashʼalani yangi avlodga topshirish vaqti keldi' deya qoʻshimcha qilgan prezident.

Nutqining oxirida prezident oʻzining nomzodi haqida gapirar ekan, Harrisni tajribali, qattiqqoʻl, qobiliyatli va mamlakat uchun kerakli yetakchi ekanligini qoʻshimcha qilgan.

Netanyahu AQSH Kongressida nutq soʻzladi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu AQSH Kongressida 'Bizning dushmanlarimiz sizning dushmanlaringiz' deya nutq soʻzladi.

'Biz Eron bilan kurashganimizda, Amerika Qoʻshma Shtatlarining eng radikal va qotil dushmani bilan kurashamiz. Bizning kurashimiz sizning kurashingiz, bizning gʻalabamiz esa sizning gʻalabangiz boʻladi' deb qoʻshimcha qilgan Netanyahu.

Isroil Bosh vazirining aytishicha, Eron Amerikaga qarshi chiqish uchun avvalo Yaqin Sharqni zabt etishi kerak. Ammo Yaqin Sharqning qoq markazida Eron yoʻlida toʻsiq boʻlib turgan bir gʻururli amerikaparast demokratiya bor. Bu Isroildir.

Netanyahu Gʻazo kelajagi haqida gapirar ekan, Isroil tarafdorlaridan iborat falastinliklar tomonidan boshqariladigan fuqarolik boshqaruvi boʻlishi, Isroil harbiylari nazorati ostida demilitarizatsiyalangan hamda deradikalizatsiyalangan anklav boʻlishini aytgan.

Rossiya 'havosi'da oʻzgarish

Rossiya harbiy-havo kuchlarining yangi qoʻmondoni etib avvalroq Rossiya uzoq masofali aviatsiyasiga qoʻmondonlik qilgan general-leytenant Sergey Kobilash tayinlandi.

Kobilash 1965-yilda Odessada tugʻilgan. Yeysk oliy harbiy aviatsiya uchuvchilar maktabini, Gagarin nomidagi Harbiy-havo kuchlari akademiyasini va Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabining Harbiy akademiyasini tamomlagan. Oʻtgan yili Ukraina Xavfsizlik xizmati uni Ukrainadagi tinch aholi nishonlarini oʻqqa tutganlikda gumon qilinayotganini eʼlon qilib, tegishli dalillar toʻplaganini maʼlum qilgan edi.

Suriya prezidenti Bashar Asadning Moskvada nima ishi bor?

Rossiya televideniyesi Suriya prezidenti Bashar Asad Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashganini maʼlum qildi. Suriyalik siyosatchining Kremldagi aniq missiyasi haqida deyarli maʼlumotlar mavjud emas, ammo bu uchrashuv ikki davlat oʻrtasidagi ittifoqchilikni koʻrsatib berishi mumkin.

Qayd etilishicha, uchrashuvda Asad Yaqin Sharq boʻylab mojarolar kuchayib borayotganidan xavotir bildirgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu keskinlashuvni alohida taʼkidlab, bunday holatlarning Suriyaga bevosita taʼsirini qayd etgan. Bashar Asad ham bugungi kundagi global va mintaqaviy voqealarni inobatga olgan holda ushbu uchrashuvni 'juda ahamiyatli' deb atadi.

Kremlga koʻra, uchrashuv chorshanba kuni boʻlib oʻtgan, ammo muhokamalar tor doirada boʻlganligi uchun koʻproq maʼlumot berilmagan. 'Mumkin boʻlgan mavzulardan biri Suriya va Turkiya oʻrtasidagi diplomatik aloqalarni tiklash', deb yozgan nashrlar.

Asad ham, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon ham 2011-yilda uzilgan munosabatlarni tiklashdan manfaatdorlik sezayotgani haqida koʻplab xalqaro ekspertlar hamfikrdir.

Putin va Asad Suriyadagi 12-yillik fuqarolik urushi davomida mustahkam ittifoqchilikni saqlab kelgan. Rossiyaning harbiy yordami Asad kuchlariga mamlakatning katta hududlarida nazoratni tiklashda muhim ahamiyatga ega edi. Soʻnggi uchrashuv deyarli bir yarim yil avval yuz bergan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 10:14
 
52
0
qalampir.uz

Xitoyda savdo markazidagi yong‘in oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi (video)

Kecha, 17 iyul kuni Xitoyning Szigun shahridagi savdo markazida katta yong‘in sodir bo‘lishi oqibatida kamida 16 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” xabar berdi. Sichuan provinsiyasi hududida joylashgan 14 qavatli binodagi yong‘in mahalliy vaqt bilan soat 18:00 atrofida boshlangan. Yong‘in birinchi qavatda sodir bo‘lgan. Taxminan to‘rt soatdan so‘ng, qutqaruvchilar savdo markazidan yong‘in tufayli qamalib qolgan 75 kishini evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘

17 Jul 13:54
 
66
0
qalampir.uz

AQSH Eronning Trampni o‘ldirish rejalari haqida ma’lumot olgan – CNN

AQSH hukumati so‘nggi haftalarda Eron tomonidan AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampga suiqasd uyushtirgani haqida razvedka ma’lumotlariga ega bo‘lgan. Bu haqda kecha, 16 iyul kuni manbalarga tayanib, CNN xabar berdi. CNN suhbatdoshlariga ko‘ra, AQSH Maxfiy xizmati Tramp kampaniyasini tahdid kuchayganligi haqida Tramp Pensilvaniyadagi mitingda otishmada yaralangan 13 iyuldan oldin xabardor qilgan. “Shu bilan birga, Trampni otgan Tomas Metyu Kruksning Eron fitnasiga qand

11 Jul 15:12
 
75
0
xs.uz

Zelenskiy Baydendan Rossiyaga zarba berishga qoʻyilgan har qanday taqiqni olib tashlashni talab qilmoqda

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH prezidenti Jo Baydenni Rossiya hududiga zarba berishga qoʻyilgan har qanday taqiqni bekor qilishga chaqirdi. Bu haqda 'Neue Zhtml5-dom-document-internal-entity1-uuml-endrcher Zeitung' nashri yozmoqda.Nashrga koʻra, u Baydendan Rossiya hududidagi harbiy nishonlarga Gʻarb qurollari bilan hujum qilish uchun barcha cheklovlarni olib tashlashni talab qilgan.Maqolada Zelenskiy Ukraina bu qadamni kutayotgani qoʻshimcha qilingan. Izohlanishicha, Rossiya hud

11 Jul 15:12
 
44
0
xs.uz

Ukraina Rossiya hududlariga zarba berish uchun cheklovlar olib tashlanishini istayapti

AQSH, Germaniya, Niderlandiya, Italiya va Ruminiya NATO sammitida Ukrainaga yana beshta strategik havo mudofaa tizimini yetkazib berishini eʼlon qildi.Oq uyga koʻra, toʻrtta 'Patriot' akkumulyatori va ular uchun butlovchi qismlar, shuningdek, SAMP-T tizimi Kiyevga oʻtkaziladi.Bundan tashqari, yaqin kelajakda AQSH va ittifoqchilar Ukrainaga havo hujumidan mudofaa uchun oʻnlab taktik tizimlar, jumladan NASAMS, HAWK, IRIS T-SLM, IRIS T-SLS va Gepard tizimlarini yetkazib berish niyatida. Qoʻsh