Ukraina Rossiya hududlariga zarba berish uchun cheklovlar olib tashlanishini istayapti
Oq uyga koʻra, toʻrtta 'Patriot' akkumulyatori va ular uchun butlovchi qismlar, shuningdek, SAMP-T tizimi Kiyevga oʻtkaziladi.
Bundan tashqari, yaqin kelajakda AQSH va ittifoqchilar Ukrainaga havo hujumidan mudofaa uchun oʻnlab taktik tizimlar, jumladan NASAMS, HAWK, IRIS T-SLM, IRIS T-SLS va Gepard tizimlarini yetkazib berish niyatida. Qoʻshma Shtatlar, shuningdek, kelasi yili Ukraina Qurolli kuchlariga yuzlab tutuvchi raketalarni topshirishga vaʼda berdi.
'Ittifoqchilar koalitsiyasi Ukraina havo mudofaasini kuchaytirish uchun 1 milliard dollardan ortiq mablagʻ ajratishga kelishib oldi', deyiladi Oq uy bayonotida.
Vladimir Zelenskiyning idorasi rahbari Andrey Yermakning 'Politico' nashriga aytishicha, sammitdagi Ukraina delegatsiyasi Rossiya hududiga zarbalar berish uchun AQSH qurollaridan foydalanishga qoʻyilgan barcha cheklovlarni olib tashlashga erishmoqchi. Hozirda Kiyev uzoq masofali raketalardan Qrimga zarba berish uchun foydalanmoqda.
'The Wall Street Journal' nashri xabariga koʻra, Amerika Qoʻshma Shtatlari Ukrainaga Rossiya hududiga hujumlar uchun HIMARS MLRS, GMLRS raketa tizimlari va artilleriyadan foydalanishga ruxsat berdi.
Germaniya Isroilning Gʻarbiy Sohildagi harakatlari oʻzining “boshiga yetishi” mumkinligidan ogohlantirdi
Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Isroilni Gʻarbiy Sohilga harbiy hujum uyushtirmaslikka chaqirdi. Berbok isroillik hamkasbi bilan uchrashgach, bunday harakatlar Isroil xavfsizligiga tahdid solishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Bu haqda 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, nemis siyosatchisi baʼzi Isroil vazirlarining Falastin maʼmuriyatini agʻdarish va Gʻarbiy Sohilda aholi punktlarini egallashga boʻlgan chaqiriqlaridan xavotir bildirdi. Berbok, shuningdek
Turkiyada ilojsiz qolib ketgan 21 yoshli qiz Oʻzbekisatonga olib kelindi
Turkiyaning Istanbul shahrida chorasiz qolib ketgan oʻzbekistonlik 21 yoshli qiz Vatanga qaytarildi. Bu haqda Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi'xabar berdi.Qayd etilishicha, u Istanbulga oʻz ammasining taklifi asosida ishlashga kelib, qiyin vaziyatda qolgan. Ikki kun koʻchada yashash joyisiz yurgan, Jizzax viloyatidan kelgan 21 yoshli fuqaroning vatanga qaytishi taʼminlangan.Aviachipta va boshqa toʻlovlar 'Xalqaro oʻzbek sanoatchilari, tadbirkorlar va ilm insonlari jam
Gʻazodagi inqirozning bir yilligi va Isroil — Livanning oʻzaro toʻqnashuvi
Dushanba kuni ertalab 'Hizbulloh' raketalari Isroilning uchinchi yirik shahri Hayfaga zarba berdi. Bu Gʻazo urushining bir yilligi kuni va Isroil Livan janubiga quruqlikdan bostirib kirishini kengaytirishga tayyorlanayotgan pallaga toʻgʻri keldi.Bundan oldin Gʻazoda Isroilga qarshi kurashayotgan HAMASning ittifoqchisi, Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan 'Hizbulloh' 'Fadi 1' raketalari bilan Hayfa janubidagi harbiy bazani nishonga olganini va 65 km uzoqlikdagi Tiberiyaga yana hujum uyushtir
Toʻfon tufayli Floridaning besh milliondan ortiq aholisi evakuatsiya qilindi
'Milton' toʻfoni tufayli AQSHning Florida shtatida yashovchi besh milliondan ortiq odam evakuatsiya qilindi. 'New York Times' nashrining yozishicha, bu shtat tarixidagi eng yirik evakuatsiyalardan biri hisoblanadi.'5,5 milliondan ortiq odam Floridaning gʻarbiy sohilini tark etishga majbur boʻldi. Bu shtat tarixidagi eng yirik evakuatsiyalardan biri', ' deyiladi manbada.Gazetaning yozishicha, rasmiylar shtat aholisini eng yaqin boshpanalarga borishga va uzoqqa ketmaslikka chaqirgan. Aholi evak