calendar 17 Jul 14:55
eye 102
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentda avtomashina raqamini soxtalashtirgan shaxs qamaldi

image

Toshkentda mashhur UZB seriyali avtomashina raqamini soxtalashtirgan shaxs ikki yilga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 1989 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zining Gentra rusumli avtomashinasiga UZB qalbaki raqamini o‘rnatib foydalanib kelgan. Fuqaro ushbu raqamlarni Rossiya Federatsiyasidagi firmalarning biridan buyurtma asosida sotib olgan. Bundan tashqari u javobgarlikdan qochish maqsadida YPX inspektorlariga tegishli davlat idorasi tomonidan tasdiqlangan UZB davlat raqamidan foydalanish to‘g‘risidagi hujjatni taqdim etgan. Tekshiruv jarayonida aniqlanishicha hujjatni fuqaro o‘zi soxtalashtirgani aniqlangan.

Tekshiruv davomida ayblanuvchi yana bir nechta soxta raqamlarni yashirib qo‘ygani aniqlangan.

"Bu qilgan ishimdan asosiy maqsad – havas. Hech qanday jinoiy, qabih niyat bo‘lmagan. Bundan pushaymonman”, deydi ayblanuvchi.  

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudi uni Jinoyat kodeksining 228-moddasi 1 va 3-qismlari (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni tayyorlash, qalbakilashtirish, ularni sotish yoki ulardan foydalanish) bilan aybdor deb topdi. Fuqaro ikki yilga ozodlikdan mahrum etildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:20
 
19
0
xs.uz

Bayonnoma tuzilgan “BYD Song” avtomobilini olib ketayotgan YPX inspektori YTHga uchradi

30-yanvar kuni Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida yoʻl-transport hodisasi oqibatida 17 yoshli bola vafot etdi, deya xabar bermoqda viloyat YHXB.Taʼkidlanishicha, 20 yoshli fuqaro M.Gʻ. amakisiga tegishli 'BYD Song EV' avtomobilini tegishli hujjatlarsiz boshqargani aniqlanib unga maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.Shundan soʻng YPX inspektori R.Q. mashinani jarima maydonchasiga olib ketayotganida 17 yoshli X.N. ustoziga tegishli 'Damas' avtomobilini haydovchilik guvohnomasiz boshqarib,

27 Jan 00:53
 
18
0
xs.uz

Endi oʻqituvchilar ovoz yigʻib yurishmaydi(mi?)

'Tashabbusli byudjet' jarayonlarini oʻtkazish hamda moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Yangi tartibga koʻra, har yili tuman va shaharlar byudjetida 10 tadan kam boʻlmagan, koʻpi bilan 30 ta loyiha uchun yetarli mablagʻlar rejalashtiriladi hamda 10 tadan ortiq loyihalar uchun mablagʻlar tuman yoki shahar aholisining tegishli hududning aholi sonidagi ulushidan kelib chiqib taqsimlanadi.Shuningdek, oʻzini-oʻzi moliyalas

27 Jan 00:53
 
27
0
xs.uz

Orolboʻyi mintaqasida tibbiy xizmat sifatini yaxshilash loyihasi amalga oshiriladi

Orolboʻyi mintaqasida tibbiy xizmat sifatini yaxshilash maqsadida Germaniyaning 'KfW' banki bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan yangi loyiha Prezident qarori bilan tasdiqlandi. Loyiha doirasida tibbiy muassasalar infratuzilmasini rivojlantirish, zamonaviy jihozlar xaridi va maxsus avtotransport vositalari bilan taʼminlash kabi chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Loyiha doirasida tibbiy muassasalar uchun zarur jihozlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati boʻylab adolatli taqsiml

31 Jan 15:20
 
20
0
xs.uz

Intiluvchan yigit qay tariqa niyatiga yetdi?

Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Vobkentdagi kasb-hunar kollejini tugatgan Abdurahmon Ahmedov zarurat yuzasidan savdo doʻkonlariga kirar ekan, peshtaxtalar xorijiy mahsulotlar bilan toʻlaligini koʻrib, oʻz-oʻziga 'Nahotki, bolalar oʻyinchoqlari, qoʻyingki, oddiy paypoqni ham oʻzimizda ishlab chiqarish imkoni boʻlmasa?' deya savol berardi.Unda shu tariqa qishloqda paypoq ishlab chiqaradigan chogʻroq korxona ochish niyati tugʻildi. Maqsad-ku yaxshi. Ammo uni roʻyobga chiqarish anoyi ish