calendar 21 Jul 18:06
eye 87
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Sirdaryoda sotuvchi chek so‘ragan bolaga tarsaki tushirdi (video)

image

Sirdaryo viloyatining Guliston shahridagi do‘konlardan birida QR-kodli chek so‘ragan bolaga do‘kon sotuvchisi tomonidan tarsaki tushirilgani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 20 iyul kuni Bolalar ombudsmaniga D.J. ismli ayol murojaat qilib, 13 yoshli o‘g‘li (2011 yilda tug‘ilgan) Guliston shahridagi do‘kondan narsa xarid qilib, QR-kodli chek so‘ragani uchun sotuvchi bolani haqoratlab, bir necha bor uning yuziga urganini bildirgan hamda sotuvchiga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
 

Videoda sotuvchi bolaning chap yuz qismiga urganini va chekni uning yuziga qarata uloqtirganini ko‘rish mumkin.

Keltirilishicha, Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida ichki ishlar organlari tomonidan bolaga nisbatan sodir etilgan qonunga zid harakat o‘rganilmoqda. Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda 13 yashar bolani Damas avtomashinasi ichida oyog‘idan kishanlab qo‘ygan maktab o‘qituvchisi 4 yilga qamalgani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Jul 22:14
 
74
0
qalampir.uz

“O‘zbekkosmos” dalalarda somonlarning noqonuniy yoqib yuborilgani suratlarini e’lon qildi

“O‘zbekkosmos” dalalarda somonlarning noqonuniy yoqib yuborilgani suratlarini e’lon qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi xabar berdi. Qayd etilishicha,“O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan 2024 yilning iyul oyiga qadar respublikadagi jami 23 ming 273 gektarlik boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan yer maydonlarida somon poyalari va ularning qoldiqlari yonishi bilan bog‘liq 1 ming 960 ta holat aniqlangan

15 Jul 12:03
 
112
0
qalampir.uz

Mirziyoyev Trampga hujumni qoraladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSH prezidentligiga nomzod Respublikachi Donald Trampga uyushtirilgan suiqasdga munosabat bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi. “Prezident Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlarining sobiq Prezidenti Donald Tramp Pensilvaniya shtatida saylovoldi uchrashuvda nutq so‘zlayotgan chog‘ida uning hayotiga suiqasd uyushtirilgani haqidagi xabarni chuqur xavotir bilan qabul qildi. Davlatimiz rahbari ushbu zo‘ravonlik h

29 Jul 17:09
 
155
0
qalampir.uz

Farg‘ona hokimining 9 kunlik korxonaga bergan vakolati bekor qilinadi

Farg‘ona viloyat hokimi Hayrullo Bozorovning ochilganiga 9 kun bo‘lgan “Garden Catering Trade” korxonasiga topshirgan Quvasoy shahridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini oziq-ovqat bilan ta’minlash huquqi bekor qilinadi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining QALAMPIR.UZ maqolasiga bergan munosabatida yozilgan. “Raqobat qo‘mitasi tomonidan ushbu holat o‘rganib chiqilib, “Raqobat to‘g

26 Jul 10:21
 
40
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev tugʻilgan kuni munosabati bilan tabriklagan barchaga minnatdorlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyevning taʼkidlashicha, ushbu tabrik va tilaklarni, eng avvalo, Oʻzbekiston xalqi va davlatiga yuksak hurmat va ehtirom, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga va Oʻzbekistonning yorugʻ kelajagiga boʻlgan ishonch ifodasi sifatida qabul qiladi.'Fursatdan foydalanib, mehnatkash, bagʻrikeng va olijanob xalqimizga yana bir bor chin yurakdan oʻzimning cheksiz farzandlik mehrim va hurmatimni bildiraman.Ishonchim komil, el-yurtimizning fidokorona mehnati, ulkan bunyodkorlik