calendar 12 Jul 22:14
eye 76
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“O‘zbekkosmos” dalalarda somonlarning noqonuniy yoqib yuborilgani suratlarini e’lon qildi

image

“O‘zbekkosmos” dalalarda somonlarning noqonuniy yoqib yuborilgani suratlarini e’lon qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha,“O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan 2024 yilning iyul oyiga qadar respublikadagi jami 23 ming 273 gektarlik boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan yer maydonlarida somon poyalari va ularning qoldiqlari yonishi bilan bog‘liq 1 ming 960 ta holat aniqlangan.

Yongan maydonlarning katta qismi quyidagi hududlarda aniqlangan. Toshkent viloyatida 9638 gektar (439 ta holat), Surxondaryo viloyatida 5007 gektar (562 ta holat), Samarqand viloyatida 1711 gektar (191 ta holat), Namangan viloyatida 29 gektar (112 ta holat), Jizzax viloyatida 931 gektar (54 ta holat), Farg‘ona viloyatida 65 gektar (11 ta holat), Andijon viloyatida 3868 gektar (319 ta holat).

“O‘zbekkosmos” g‘alladan bo‘shagan maydonlarda somon poyasi yoqilishiga yo‘l qo‘ygan javobgar shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solib, yerga va o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zararlar ham hisoblanib, tegishli tarzda undirib olinishi belgilanganini eslatib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, 1 gektar yer maydonida boshoqli don poyasi yoqilganida, atmosfera havosiga 500 gramm azot oksidi, 379 gramm uglevodorod, 3 kg kul, 20 kg is gazi va uglerod oksidi (SO) gazi tarqaladi. Bu esa inson organizmida sil va saraton kasalliklari kelib chiqishi, atrof-muhit ifloslanib, tuproq unumdorligi pasayishi kabi oqibatlarga olib keladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
55
0
xs.uz

“Prava” olish yanada murakkablashmoqda. Endi boʻlajak haydovchilar birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha amaliy imtihonlardan ham oʻtishi kerak

Vazirlar Mahkamasining 'Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini letsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi 408-sonli qaroriga (2018-yil 31-may) tegishli tartibda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Qayd etilishicha, mazkur qarorning 24-bandiga koʻra, endilikda 'oʻquv tashkilotida avtomototransport vositalari

22 Jul 22:18
 
70
0
qalampir.uz

Madaniyat vaziri nega “suvdan quruq chiqdi”? Raqobat qo‘mitasi izoh berdi

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – Xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ishtirokida kiyimlar do‘koni reklamasi tarqalgani va holat Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan o‘rganilganidan so‘ng, do‘kon jarimaga tortiligani, vazir esa aybsiz deb topilgani xabar qilingandi. Ko‘mita raisi maslahatchisi Otabek Usmonov vazir nega aybstz ekaniga tushuntirish berdi. “Ushbu holatni O‘zbekiston Respublikasi &

26 Jul 10:20
 
37
0
qalampir.uz

Toshkentda hokim yordamchisi onasini o‘lasi qilib kaltaklagani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahallardan birida hokim yordamchisi bo‘lib ishlagan shaxsning o‘z onasini o‘lasi qilib kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot xizmati boshlig‘i Nilufar Isaxonova bilan bog‘landi. Isaxonovaning ma’lum qilishicha, joriy yilning 16 iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi xonadonlarning birida sodir bo‘lgan voqea oqi

11 Aug 03:43
 
17
0
xs.uz

O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Faxriy nishoni bilan taqdirlandi

Navbatdagi Maslahat uchrashuvi doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga mintaqa davlatlari o'rtasidagi do'stlik, qo'shnichilik va o'zaro anglashuvni rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Faxriy nishonini tantanali topshirish marosimi bo'lib o'tdi.Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyo yetakchilariga minnatdorlik bildirib, ushbu yuksak mukofot mamlakatlarimizning mintaqaviy hamkorlik va strategik sheriklikni mustahkamlashdagi umu