calendar 11 Aug 03:43
eye 18
comments 0
comments Manba: xs.uz

O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Faxriy nishoni bilan taqdirlandi

image
Navbatdagi Maslahat uchrashuvi doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga mintaqa davlatlari o'rtasidagi do'stlik, qo'shnichilik va o'zaro anglashuvni rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Faxriy nishonini tantanali topshirish marosimi bo'lib o'tdi.

Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyo yetakchilariga minnatdorlik bildirib, ushbu yuksak mukofot mamlakatlarimizning mintaqaviy hamkorlik va strategik sheriklikni mustahkamlashdagi umumiy yutuqlarining e'tirofi ekanini ta'kidladi.

Siyosiy iroda va birgalikdagi sa'y-harakatlarimiz tufayli bugun Markaziy Osiyo qo'shnichilik, o'zaro manfaatli hamkorlik va barqaror taraqqiyot makoniga aylanmoqda, dedi Shavkat Mirziyoyev o'z nutqida.

Muvofiqlashtirilgan faoliyat natijasida tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi bir necha barobar ko'paydi, keng ko'lamli hamkorlik loyihalari amalga oshirilmoqda, chegaraoldi savdo hududlari, qo'shilgan qiymat zanjirlari, zamonaviy transport va energetika infratuzilmasi barpo etilmoqda.

Birdamlik va mintaqaviy o'ziga xoslik tuyg'usi tobora mustahkamlanib bormoqda. Eng muhimi, ushbu ijobiy o'zgarishlarni mintaqa mamlakatlari fuqarolari o'z kundalik hayotida his qilmoqda.

Xalqaro subyektlikning mustahkamlanishi va mintaqaning yuqori jozibadorligi tufayli Markaziy Osiyo iqtisodiy faollik markaziga, Sharq va G'arb, Shimol va Janubni bog'lovchi transport-kommunikatsiya ko'prigiga aylanayotgani qayd etildi.

Davlatimiz rahbari muhim tashabbus va qarorlarning tizimli ravishda amalga oshirilishi natijasida mintaqa mamlakatlarining yaqinlashuv jarayoni barqaror, izchil va ortga qaytmas tus olganini alohida ta'kidladi.

Yakunda Shavkat Mirziyoyev yetakchilarga yuksak mukofot uchun yana bir bor minnatdorlik bildirib, Markaziy Osiyoni tinch va farovon hududga aylantirish O'zbekiston tashqi siyosatining ustuvor maqsadi bo'lib qolishini ta'kidladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

03 Sep 21:34
 
10
0
xs.uz

Prezident Rossiyadagi YTHda halok boʻlgan oʻzbekistonliklarning jasadini Vatanga olib kelish boʻyicha topshiriq berdi

Avvalroq Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyati Navashinskiy tumanida ichida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan mikroavtobus yoʻl-transport hodisasiga uchragani haqida xabar berilgan edi. Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur YTHda halok boʻlganlarning jasadini Vatanga qaytarish boʻyicha topshiriq berdi. Bu haqda Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xabar bermoqda.Dastlab hodisa oqibatda sakkiz nafar oʻzbekistonlik halok boʻlgani aytildi, biroq keyinchalik ulardan yetti nafari Oʻzbekiston fu

26 Jul 10:20
 
41
0
qalampir.uz

Aliment to‘lashdan qochib yurgan ota xolasinikidan topildi

Andijonda farzandining moddiy ta’minotidan bo‘yin tovlab yurgan qarzdor ota xolasining uyidan topildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, Andijon shahrida yashovchi fuqaro J.Yu. turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan. Sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra, undiruvchi M.Yu. foydasiga bir nafar farzandi uchun har oyda aliment to‘lash belgilangan. Mazkur hujjat byuroning Andijon shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan hamda ijro harak

26 Jul 10:20
 
46
0
qalampir.uz

Farg‘onada 7,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan o‘g‘rincha foydalangan korxona aniqlandi

Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida 7,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar berdi. Bildirilishicha, “O‘zenergoinspeksiya” Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi, IIB va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi hamda gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida  tadbir o‘tkazilgan. Natijada Marg‘ilon shahrida faoliyat yurit

14 Aug 06:37
 
17
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev: Buxoroda eng asosiy masala – xizmatlarni rivojlantirish

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida Buxoroda eng asosiy masala ' xizmatlarni rivojlantirish ekani'taʼkidlandi.Qayd etilganidek, sohani rivojlantirish muhandislik va farmatsevtikada 23 foiz, elektrotexnikada 30 foiz oʻsishni taʼminlaydi.Buxoroda 584 ta mehmon uylari, 122 ta umumiy ovqatlanish, 18,5 mingta savdo, 30 ta salomatlik va fitnes markazlari bor. Lekin har ming kishiga oshxona va restoranlar soni Samarqanddan 10 karra kam.Shofirkon ah