calendar 14 Aug 06:37
eye 17
comments 0
comments Manba: xs.uz

Shavkat Mirziyoyev: Buxoroda eng asosiy masala – xizmatlarni rivojlantirish

image
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida Buxoroda eng asosiy masala ' xizmatlarni rivojlantirish ekani'taʼkidlandi.

Qayd etilganidek, sohani rivojlantirish muhandislik va farmatsevtikada 23 foiz, elektrotexnikada 30 foiz oʻsishni taʼminlaydi.

Buxoroda 584 ta mehmon uylari, 122 ta umumiy ovqatlanish, 18,5 mingta savdo, 30 ta salomatlik va fitnes markazlari bor. Lekin har ming kishiga oshxona va restoranlar soni Samarqanddan 10 karra kam.

Shofirkon aholisi 200 mingga yaqinlashib, viloyatda uchinchi oʻringa chiqdi. Shunday boʻlsa-da, tuman xizmat koʻrsatish boʻyicha viloyatda eng oxirgi oʻrinda.

Vobkent, Romitan, Jondor tumanlarida olib borilayotgan namunali ishlarni qayd etib, Prezident boshqa tumanlarda tashabbuskorlik koʻrinmayotgani, markaziy koʻchalar va massivlarga yangi qiyofa olib kirish sustligi boʻyicha qatʼiy eʼtiroz bildirdi.

Xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish maqsadida viloyatdagi 62 ta massiv va 54 ta koʻchani rivojlantirish chora-tadbirlari'tasdiqlandi.

Bu koʻchalar ovqatlanish, salomatlik, mehmonxona, hunarmandchilik, savdo va xizmat koʻrsatishga ixtisoslashtiriladi, ularda 4 ming nafar tadbirkor uchun sharoit yaratiladi va 6 ming aholi bandligi taʼminlanadi. Ularda kamida 5 ta xalqaro mehmonxona hamda ovqatlanish tarmoqlarini joylashtirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

Shuningdek, Prezident sanoat zonalarida yer ajratishni yengillashtirish, bunga xizmat koʻrsatishni ham qoʻshish taklifini qoʻllab-quvvatladi. Har bir tumandan sanoat va xizmat koʻrsatishga 20 gektardan yerlarni belgilab, loyihalarni amalga oshirishga koʻrsatma berildi.

Bundan buyon qurilgan xizmat koʻrsatish joylarini sotib olish uchun alohida kredit turi yoʻlga qoʻyiladi. Mutasaddilarga 'xizmat ipotekasi'ni joriy qilib, kredit ajratishni boshlash topshirildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Jul 11:15
 
106
0
xs.uz

“Biz bir boʻlsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!”

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi oldidan oʻtkazilayotgan festival doirasida ijodiy uchrashuvlar, konsert dasturlari, xayriya tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.'Maʼnaviyat festivali' ijodiy guruh aʼzolari hamda 'Inson' ijtimoiy xizmatlar markazi faollari festivalning ilk kunida 'Inson qadri' loyihasi doirasida Shoʻrchi tumanining Boʻston mahallasida yashovchi 1-guruh nogironi Joʻrabek Toʻrashev xonadonida boʻlishdi.' Kutilmagan mehmonlarning tashrifidan boshim osmonga yetd

19 Jul 15:51
 
60
0
qalampir.uz

Yil boshidan beri o‘tkazilgan tender savdolarining yarmidan ko‘pida raqobatga zid harakatlar aniqlandi

2024 yilning yanvar-iyun oylari davomida davlat buyurtmachilari tomonidan  tovar, ish, xizmat va qurilish sohalarida o‘tkazilgan boshlang‘ich qiymati 6,065 trln so‘mlik bo‘lgan 9 322 ta tanlov (tender) savdolari yuzasidan olib borgan tahlillar natijasida 5 153 ta (55,2 %) savdo jarayonida 6 611 ta raqobatga zid harakatlar aniqlandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ma’lum qildi. B

26 Jul 10:21
 
42
0
xs.uz

Koʻpxotinlilik, jinsiy kamsitish, feminizm, axloqiy buzuqlik… Deputat “infoqallob”ga qattiq choralar koʻrilishini soʻramoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 23-iyul kuni boʻlib oʻtgan majlisida 'Taʼlim faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisida'gi qonun qabul qilindi. Bu haqda Qonunchilik palatasining matbuot xizmati xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, 'Milliy tiklanish' partiyasi tomonidan ishlab chiqilgan tashabbus maʼruza oʻqib, oson pul topish yoʻllarini oʻrgatishga vaʼda bergan shaxs (infoqallob) larga qarshi kurashishga qaratilgan.'Bunday tadbirlarda aholi, ayniqsa, yoshlar ongi va madaniyatiga turli y

26 Jul 11:47
 
92
0
xs.uz

DXX giyohvandlik hamda psixotrop dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻydi

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda Oqoltin tumanidagi 'Sardoba' YPX maskanida tezkor tadbir oʻtkazildi.Unda, 'Toshkent-Jizzax' yoʻnalishida harakatlanayotgan Jizzax viloyatining Baxmal tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs boshqaruvidagi 'Cobalt' rusumli avtomashina toʻxtatilib, koʻzdan kechirildi.Natijada, avtomashina yukxonasiga 3080 dona 'Regapen' nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vosit