calendar 26 Jul 11:47
eye 96
comments 0
comments Manba: xs.uz

DXX giyohvandlik hamda psixotrop dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻydi

image
Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda Oqoltin tumanidagi 'Sardoba' YPX maskanida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Unda, 'Toshkent-Jizzax' yoʻnalishida harakatlanayotgan Jizzax viloyatining Baxmal tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs boshqaruvidagi 'Cobalt' rusumli avtomashina toʻxtatilib, koʻzdan kechirildi.

Natijada, avtomashina yukxonasiga 3080 dona 'Regapen' nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari yashirib qoʻyilganligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Shuningdek, mazkur shaxsning jinoiy sherigi boʻlgan ' Baxmal tumanida yashovchi fuqaro ham qoʻlga olindi.

Taʼkidlanishicha, ushbu dori vositalari Qirgʻizistondan aylanma yoʻllar orqali olib kelingan.

DXX xodimlari tomonidan bojxona organlari bilan hamkorlikda Fargʻona shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Fargʻona tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs Qirgʻizistondan keltirilgan 2799 dona 'Regapen' kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini 65 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlandi.

Fargʻona viloyatida kuzatilgan yana bir holatda, Fargʻona tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs 'oʻzbek-qirgʻiz' davlat chegarasida belgilangan tartibni qoʻpol ravishda buzib, Qirgʻizistondan 5600 dona 'Regapen' kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini olib oʻtgan vaqtida Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Bu yoʻnalishda DXX Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari ham bojxona idoralari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazishdi.

Unda 'Toshkent-Xorazm' yoʻnalishida harakatlanayotgan yuk mashinasi Hazorasp tumanida toʻxtatilib koʻzdan kechirildi va uning yukxonasidagi maishiy konditsioner ichiga yashirib qoʻyilgan 1 kg 814 gr 'opiy' moddasi tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

Ushbu ajal ogʻusi Hazorasp tumanida tugʻilgan fuqaroga tegishli ekanligi aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirildi va u konditsionerni qabul qilib olgan vaqtida ushlandi. Shuningdek, uning yashash xonadonidan ham 158 gr 'opiy' va 1 kg 988 gr 'gashish' moddalari olindi.

Bundan tashqari, mazkur shaxsni giyohvandlik vositalari bilan taʼminlab kelgan, Surxondaryo viloyatining Denov tumanida yashovchi 2 nafar fuqaro ham ushlanib, ulardan birining yashash xonadonidan 424 gr 'opiy' moddasi olindi.

Ushbu holatda narkotik moddalar Tojikistondan olib kelinganligi aniqlandi.

DXX Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Qoʻrgʻontepa tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Andijon shahri tomon harakatlanayotgan 'Nexia' rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.

Natijada, unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan 2 nafar fuqaroga tegishli boʻlgan va Qirgʻizistondan keltirilgan 4 kg 861 gr 'Pregabalin' nomli kuchli taʼsir qiluvchi modda borligi maʼlum boʻldi. Soʻngra tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni qabul qilib olgan vaqtida Andijon shahrida yashovchi shaxs ushlandi.

Shuningdek, uning tanishlari boʻlgan Shahrixon tumanida istiqomat qiluvchi 2 nafar ayol ham protsessual tartibda ushlanib, ulardan 1 kg 987 gr 'Pregabalin' moddasi hamda 1342 dona 'Regapen' nomli kuchli taʼsir qiluvi dori vositalari olindi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllangan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:39
 
12
0
xs.uz

Xorijiy kuzatuvchilar saylovoldi jarayon bilan tanishdi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'.'Shu yilning 27-oktyabr kuni boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatligiga saylovlar xalqaro tashkilotlar tomonidan ham katta qiziqish uygʻotmoqda. Xorijlik kuzatuvchilar joylarda boʻlib, saylovga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishmoqda. Xususan, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining uzoq muddatli kuzatuvchilari Ayris Oʻruk va Vinsent Godbillonlar Andijon viloyatida boʻlib, jarayo

09 Oct 12:39
 
16
0
xs.uz

Qasddan badanga yengil shikast yetkazganlik uchun javobgarlik yengillashtirildi

7-oktyabr kuni imzolangan qonun bilan Jinoyat hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanalida'maʼlum qilindi.Unga koʻra, kodekslarga sogʻliqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish bilan bogʻliq jinoiy qilmishni jinoiy jazo tarkibidan chiqarib, uni maʼmuriy huquqbuzarlik toifasiga oʻtk

09 Oct 12:39
 
18
0
xs.uz

Oʻzbekistonda Marburg virusi xavfi sabab nazorat kuchaytirildi

Oʻzbekistonda marburg virusi isitmasini oldini olish va uning ehtiyot choralari kuchaytirilmoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati'xabar berdi.Bildirilishicha, Oʻzbekistonda bu kasallik boʻyicha 'jiddiy xavotirga oʻrin yoʻq'. Shunday boʻlsa ham davlat chegarasini kesib oʻtish joylarida faoliyat yuritayotgan sanitariya nazorat punktlarining (SNP) hushyorligi oshirilgan.Xususan, marburg isitmasi bilan kasallanishni oldini olish maqsadida:Maʼlumot

24 Aug 17:26
 
29
0
xs.uz

Sanʼatkorlardan oʻqituvchilargacha: Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami arafasida qator soha vakillarini mukofotladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniVatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida keng koʻlamli islohotlarni samarali amalga oshirish, oʻzining yorqin isteʼdodi, koʻp qirrali ijodiy, ilmiy-amaliy faoliyati bilan xalqimiz maʼnaviyatini yuksaltirish, mamlakatimizda ilm-fan, taʼlim, adabiyot, madaniyat va sanʼat sohalarini rivojlantirish, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidag