calendar 09 Oct 12:39
eye 13
comments 0
comments Manba: xs.uz

Xorijiy kuzatuvchilar saylovoldi jarayon bilan tanishdi

image
Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'.'Shu yilning 27-oktyabr kuni boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatligiga saylovlar xalqaro tashkilotlar tomonidan ham katta qiziqish uygʻotmoqda. Xorijlik kuzatuvchilar joylarda boʻlib, saylovga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishmoqda. Xususan, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining uzoq muddatli kuzatuvchilari Ayris Oʻruk va Vinsent Godbillonlar Andijon viloyatida boʻlib, jarayon bilan tanishdi.

Ular dastlab hududiy saylov komissiyasida boʻldi. Komissiya raisi Baxtiyorjon Rasulov saylovga tayyorgarlik jarayoni, saylov uchastkalarida saylovchilarga yaratilgan sharoitlar, masʼullarning mavzuga doir bilimini shakllantirish maqsadida tashkil etilayotgan tadbirlar haqida soʻzlab berdi.

Xorijiy kuzatuvchilar hududiy komissiya va komissiya aʼzolarining ish faoliyati, jarayonni ommaga yetkazish uchun barpo etilgan qulayliklar bilan tanishdi.










Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:39
 
16
0
xs.uz

Davlat mehnat inspeksiyasiga kameral nazorat oʻtkazish vakolati beriladi

'Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident Qarori qabul qilindi.Unga koʻra, sanoat kirib bormagan mahallalarda 2025-yil 1-dekabrga qadar 1 000 ta, 2026-yilda 2 000 ta qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda kichik ishlab chiqarish loyihalari ishga tushiriladi.'Ishga marhamat' monomarkazlari va kasb-hunarga oʻqitish markazlari negizida kasbiy koʻnikmalar markazlari ta

25 Sep 13:14
 
14
0
xs.uz

Forum doirasida uzoq umr ko‘rish tibbiyotining tendensiyalari muhokama qilindi

Uning doirasida 'Uzoq umr ko'rish tibbiyotining tendensiyalari' mavzusida majlis o'tkazildi. Unda Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sog'liqni saqlash masalalari qo'mitasida doimiy asosda ishlovchi senator Manzura Salimova ham ishtirok etdi.Senator o'z maʼruzasida O'zbekistonda aholi sog'lig'ini saqlash, onalar va bolalar salomatligi muhofazasiga qaratilayotgan eʼtibor, ko'rilayotgan chora-tadbirlarga to'xtalib o'tdi.Shuningdek, O'zbekistonda bolalar va xotin-qizlarning huquqlari, erkinlik

25 Sep 13:14
 
12
0
xs.uz

Kambagʻal oilalar farzandlari davlat bogʻchalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi

Shavkat Mirziyoyevning 'Kambagʻallikdan farovonlik sari' dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi Prezident Qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, Qaror bilan bir qator ishlar amalga oshiriladi. Birinchidan, 2025-yil 1-yanvardan kambagʻal oilalar farzandlari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi.Ikkinchidan, 2025/2026 oʻquv yilidan, kambagʻal oilalar farzand

09 Oct 12:39
 
18
0
xs.uz

Prezident bir guruh oʻqituvchi va murabbiylarni mukofotladi

Prezident 'Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.'Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi' faxriy unvoni bilanAbduraxmanova Ozoda Dexkanboyevna - Quyi Chirchiq tumanidagi 25-umumiy oʻrta taʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi, Toshkent viloyatiAkramov Nabijon Kurbonovich - Marhamat tumanidagi 3-ixti