calendar 22 Jul 22:18
eye 94
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Madaniyat vaziri nega “suvdan quruq chiqdi”? Raqobat qo‘mitasi izoh berdi

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – Xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ishtirokida kiyimlar do‘koni reklamasi tarqalgani va holat Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan o‘rganilganidan so‘ng, do‘kon jarimaga tortiligani, vazir esa aybsiz deb topilgani xabar qilingandi. Ko‘mita raisi maslahatchisi Otabek Usmonov vazir nega aybstz ekaniga tushuntirish berdi.

“Ushbu holatni O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni doirasida (o‘z vakolat doirasidagi va funksional vazifalari yuzasidan) ko‘rib chiqildi”, deydi Usmonov.

Ma’lumki, “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunning 49-moddasida :

  • reklama beruvchi, 
  • reklama tayyorlovchi, 
  • reklama tarqatuvchi reklamaning aylanishi sohasidagi munosabatlarning sub’ekti sifatida javobgarligi belgilangan. Qonun doirasida boshqa sub’ektlarning javobgarlik asoslari mavjud emas.

Shuningdek, Qonuning 15-moddasida reklamaning asosiy ishtirokchilariga ta’rif keltirilgan. 

Xususan:

  • reklama beruvchi – reklama qilinadigan tovarni ishlab chiqarishni yoki sotishni amalga oshiruvchi ... jismoniy yoki yuridik shaxs;
  • reklama tayyorlovchi – reklamani tarqatish (joylashtirish) uchun axborotni to‘liq yoxud qisman tayyor shaklga keltirishni amalga oshiradigan ... jismoniy yoki yuridik shaxs;
  • reklama tarqatuvchi – rek lama vositalari orqali reklama tarqatishni amalga oshiradigan ... jismoniy yoki yuridik shaxs.

“Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, Qonun doirasida Madaniyat vazirining reklamada ishtirokini reklama beruvchi, reklama tayyorlovchi, reklama tarqatuvchi sifatida e’tirof etib bo‘lmaydi. Bu esa uning Qonun doirasida reklamaning aylanishi sohasidagi ishtirokchisi sifatida baholanmasligini anglatadi”, deydi qo‘mita raisi maslahatchisi. 

Bildirilishicha, ishni ko‘rib chiqishda qonunchilik doirasida reklamaning aylanishi sohasidagi munosabatlarning ishtirokchisi sifatida baholanadigan sub’ektga nisbatan javobgarlik belgilangan. 

“Ushbu holatni boshqa qonunchilik hujjatlari doirasida ko‘rib chiqish Qo‘mitaning vakolatlari doirasiga taalluqli emas. Madaniyat vazirining ushbu reklamada ishtirokini “Davlat va fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonuni doirasida tegishli tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilishi maqsadga muvofiq”, deydi Usmonov.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:21
 
25
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi — Fotoreportaj

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar'qo'ydi. Marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ziyolilar, shahar jamoatchiligi jam boʻldi.Bu el-yurtga xizmat unutilmasligi, hamisha eʼzozlanishidan dalolat. Shavkat Mirziyoyevning eʼtibori bilan Birinchi Prezidentimizning xotirasi abadiylashtirildi, u kishi tavallud topgan 30-yanvar har yili nishonlanadigan boʻldi. Toshkentda ilmiy-maʼrifiy yodgor

31 Jan 15:21
 
24
0
xs.uz

Har bir hududda “Hunarmandlar sanoat markazi” tashkil etiladi

2025-yil 28-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi 'Hunarmand' uyushmasi tomonidan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi majlislar zalida '2024-yil hunarmandchilikni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar va 2025-yil rejalari' mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.Matbuot anjumanida 'Hunarmand' uyushmasi rahbar xodimlari, hunarmandlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.Soʻnggi yillarda mamlakatimizdagi usta-hunarmandlar soni 7 barobarga, shogirdlar soni 9 b

31 Jan 15:20
 
21
0
xs.uz

Uy-joy qurish oʻzboshimchalik bilan qilinadigan ish emas

Jahongir BOYMURODOV/'Xalq soʻzi'. Xalqimiz hayotida uy-joy juda katta ahamiyatga ega. Hech bir oila yoʻqki, oʻz uy-joyiga ega boʻlish, farovon turmush kechirish uchun munosib shart-sharoit yaratishga harakat qilmasa. Buning uchun yillab mehnat, katta mablagʻ sarf etilishi ham sir emas.Shunday ekan, uy-joy yoki biror imorat qurishda ishni oldindan rejalashtirib, hujjat ishlariga ham toʻliq rioya qilgan holda amalga oshirish lozim. Ruxsat beruvchi hujjatlarga ega boʻlmasdan, oʻzboshimchali

31 Jan 15:21
 
20
0
xs.uz

Oʻzbekiston fuqarolari Ozarbayjonga “qizil pasportsiz” kirishi mumkin boʻladi

Oʻzbekiston va Ozarbayjon fuqarolariga chet elga chiqish pasportini olmasdan turib chegarani kesib oʻtish imkonini beruvchi ID-kartalarni oʻzaro tan olish masalasini muhokama qildi. Bu haqida 'Dunyo' axborot agentligi xabar berdi.Unga koʻra, Oʻzbekiston elchixonasi koʻmagida Oʻzbekiston va Ozarbayjonning tegishli vazirlik va idoralari vakillari oʻrtasida ikki davlat fuqarolarining ID-kartalarini chegaradan oʻtish uchun rasmiy hujjat sifatida tan olish imkoniyati muhokamasiga bagʻishlan