calendar 26 Jul 10:20
eye 32
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentda hokim yordamchisi onasini o‘lasi qilib kaltaklagani aytilmoqda

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahallardan birida hokim yordamchisi bo‘lib ishlagan shaxsning o‘z onasini o‘lasi qilib kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot xizmati boshlig‘i Nilufar Isaxonova bilan bog‘landi.

Isaxonovaning ma’lum qilishicha, joriy yilning 16 iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi xonadonlarning birida sodir bo‘lgan voqea oqibatida 65 yoshli M.I. ismli ayol turli xil tan jarohatlari olgan. Holat  yuzasidan tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi (Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  Shuningdek, fuqaro M.I.da aniqlangan tan jarohatining og‘irlik darajasini hamda ruhiy holatini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy va psixiatrik ekspertiza tayinlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

QALAMPIR.UZ'ning boshqa bir manbasiga ko‘ra, ayol Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahallardan biridagi hokim yordamchisining onasi bo‘lgan. Hozirda hokim yordamchisi ishdan bo‘shash bo‘yicha ariza yozgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida ayol nogiron onasini kaltaklagani xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:03
 
63
0
qalampir.uz

13 yoshli qizni o‘ldirishda gumonlangan erkak qidiruvga berildi

Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida 13 yashar qizni o‘ldirib, qochib ketganlikda gumon qilinayotgan erkak qidiruvga berildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi. Bildirilishicha, Yangiyer shahar Obod yurt mahallasi Samarqand ko‘chasi 8-uy, 7 xonadonda yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan Xolto‘rayev Yo‘ldoshali Ashurovich og‘ir turdagi jinoyat sodir etganlikda gumonlanib qidirilmoqda. Alohida belgilari: bo‘yi 170-175 sm atrofida, bug‘doyrang, ozg‘indan ke

11 Jul 11:07
 
49
0
qalampir.uz

Tender yutib berish evaziga tadbirkordan 4 mlrd so‘m talab qilgan shaxs ushlandi (video)

Guliston shahar elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i, Qibray tumanida faoliyat yurituvchi xususiy korxona rahbari, Navoiyda viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmatining Kiberxavfsizlik bo‘linmasi katta tezkor xodimi, Yangiyerda IIB Jamoat xavfsizligi xizmati probatsiya guruhi katta inspektori korrupsiya bilan bog‘liq holatlar yuzasidan qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. Guliston shahar elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i 2023 yilning may oyidan 2024 yilnin

11 Jul 18:03
 
61
0
xs.uz

Fargʻonada turizm halqasi tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi qarori asosida tashkil etilgan ushbu taʼlim maskani 6 ming 400 oʻringa moʻljallangan. Oʻquv binolari, 500 oʻrinli 2 ta talabalar turar joyi hamda axborot-kutubxona markazida yoshlar uchun barcha sharoit yaratilgan. Talabalarga 233 nafar professor-oʻqituvchi saboq bermoqda.Bu yerda xorijiy universitetlar bilan samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Jumladan, 80 ga yaqin xorijiy universitet bilan shartnomalar imzolangan. Universitet Turkiy tilli

15 Jul 12:03
 
39
0
qalampir.uz

Ertaga ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

O‘zgidromet ertaga, 15 iyul kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi. Kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 32-34 daraja issiq bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa mu