calendar 11 Jul 18:03
eye 63
comments 0
comments Manba: xs.uz

Fargʻonada turizm halqasi tashkil etiladi

image
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi qarori asosida tashkil etilgan ushbu taʼlim maskani 6 ming 400 oʻringa moʻljallangan. Oʻquv binolari, 500 oʻrinli 2 ta talabalar turar joyi hamda axborot-kutubxona markazida yoshlar uchun barcha sharoit yaratilgan. Talabalarga 233 nafar professor-oʻqituvchi saboq bermoqda.

Bu yerda xorijiy universitetlar bilan samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Jumladan, 80 ga yaqin xorijiy universitet bilan shartnomalar imzolangan. Universitet Turkiy tilli davlatlar universitetlari kengashi aʼzosi. Oʻtgan oʻquv yilida Kengashning taʼlim grantlari asosida 22 nafar oʻqituvchi Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻistonda malaka oshirib qaytdi. 15 nafar xorijlik oʻqituvchi esa Qoʻqon universitetida malaka oshirdi.

Hududda olti qavatli, ikki ming oʻringa moʻljallangan yangi oʻquv binosi qurilmoqda. Bu yerda oʻquv xonalari, fan laboratoriyalari, tipografiya joylashadi. Shuningdek, ikki qavatli 'Yoshlar IT akademiyasi' barpo etilmoqda. Ularni shu yil sentyabrda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

2022-yilda universitetning turizm fakulteti uchun ming oʻrinli yangi bino barpo etilgan.

Davlatimiz rahbari milliy uslubdagi ushbu majmuani koʻzdan kechirdi. Xorijdan professorlarni taklif etib, dual taʼlim tizimini keng qoʻllash, turizm tashkilotlari buyurtmasi asosida talabalarni maqsadli tayyorlash zarurligi taʼkidlandi. Bu sohada yetuk nazariy va amaliy bilimlarga ega kadrlar ishlashini taʼminlaydi.

Shu yerda Fargʻona turizm halqasini yaratishga oid konsepsiya taqdimot qilindi.

Oʻtgan yili Fargʻonaga 430 ming xorijiy turist kelgan. Lekin viloyatning tarixi, soʻlim tabiatiga nisbatan qaralsa, bu kam.

Fargʻona turizm halqasidan maqsad xorijiy va mahalliy turistlarning viloyatda qolish muddatini 3 kundan 7 kungacha uzaytirish, tashrif obyektlari sonini 2 barobar oshirishdir. Buning uchun Fargʻona, Oltiariq, Quva, Uchkoʻprik tumanlaridagi diqqatga sazovor joylar turizm yoʻnalishlariga kiritiladi. Umuman, halqada 577 ta maskan boʻladi, 50 dan ortiq savdo-xizmat turlari taqdim etiladi.

Prezidentimiz universitet yonidagi Tepaqoʻrgʻon arxeologiya yodgorligini ham koʻzdan kechirdi.

Yodgorlik shahar yoshini aniqlagani hamda qadimgi oʻrda oʻrnida joylashgani bilan ahamiyatlidir. Yaʼni bu yer Qoʻqon shahrining eng qadimiy asosidir.

Xoʻqand milodiy era boshlarida nafaqat yirik shahar, balki kichik davlat poytaxti boʻlgan. U haqda koʻplab tarixiy manbalarda yozilgan. Qoʻrgʻon xarobaga aylangach, uzoq yillar davomida qabriston boʻlgan. Bu yerda koʻplab alloma, adib va mudarrislar dafn etilgan.

Ushbu yodgorlik 2019-yilda moddiy madaniy meros obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. 2022-yilda olib borilgan arxeologik qazuv ishlari natijasida yodgorlik arkining tuzilishi aniqlangan.

Davlatimiz rahbari mazkur arxeologik yodgorlikni rekonstruksiya va konservatsiya qilib, 'ochiq osmon ostidagi muzey'ga aylantirish tashabbusini bildirdi.

- Ziyorat oʻzi xayrli ish. Lekin millat tarixini ziyorat qilish yanada ulugʻ neʼmat. Bu yerda ana shunday sharoit yaratish kerak. Bu odamlarga, ayniqsa, yoshlarimizga ham bilim, ham gʻurur beradi. Qoʻrgʻon haqida chet ellardagi manbalarni oʻrganib, maʼlumotlarni boyitib borish ham zarur, - dedi Prezident.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Jul 11:03
 
57
0
qalampir.uz

O‘zbekistonda NATO standartlari asosida harbiy mashina ishlab chiqildi

O‘zbekistonda Mudofaa sanoati agentligi tomonidan NATO standartlari asosida yangi “Arslon” zirhli harbiy mashina ishlab chiqildi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali xabar berdi.  Ma’lum qilinishicha, mashina sakkiz desantchi va uch kishilik ekipajni o‘z ichiga sig‘dira oladi. To‘rt o‘qli ushbu harbiy mashinaning old tarafi kalibri 30 mm bo‘lgan zirh teshuvchi snaryadlardan himoya qilishga mo‘ljallangan. Yon tarafdagi zirhi esa 4,5 mm kalibrli o

08 Sep 16:44
 
4
0
xs.uz

Saida Mirziyoyeva Qoraqalpogʻistonning iqtisodiy-ijtimoiy holati ogʻir tumanlariga bordi

Joriy yilning 19-avgust kuni Prezident boshchiligida Qoraqalpogʻistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan oʻtkazilgan yigʻilishda Qoraqalpogʻiston aholisini rozi qilish, hayotini yaxshilash, inson qadrini ulugʻlash boʻyicha hudud rahbariyatida tashabbuskorlik yetishmayotgani, tuman hokimlari esa bunga masʼuliyatsizlik bilan yondashayotgani koʻrsatib oʻtilgandi.Qoraqalpogʻistonning imkoniyatlarini toʻliq ishga solish maqsadida hududni rivojlantirish boʻyicha berilgan topshir

20 Jul 20:09
 
89
0
xs.uz

Ispaniyaning nufuzli universiteti Oʻzbekistonda oʻz filialini ochishi mumkin

Ispaniyaning nufuzli universitetlaridan biri hisoblangan UNIVERSAE Oʻzbekistonda oʻz filialini ochishi mumkin. Bu haqda 'Dunyo' AA xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston elchisi Farrux Tursunov Ispaniyaning UNIVERSAE universiteti institutsional aloqalar boʻyicha direktori Manuel Gazapo Lapayeze va mazkur oliy taʼlim muassasasining Madrid shahridagi boʻlinmasi direktori Said Xamed Vaxdat Axmadzoda bilan muzokara oʻtkazgan.Muzokara davomida Ispaniya vakillari UNIVERSAE faoliyatiga do

26 Jul 10:20
 
42
0
xs.uz

Firibgarlar “bir dumalab” kadastr xodimiga aylanib oldi

Maʼlum boʻlishicha, Kadastrlar palatasi Denov tumani filiali muhandisi Oʻ.N. fuqaro A.N.ning ishonchiga kirib, uning akasiga tegishli uy-joyning kadastr hujjatlarini 2 ming AQSH dollari evaziga rasmiylashtirib berishini aytib, 1 ming 800 AQSH dollari va 2,5 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.Shu kabi yana bir holat Qumqoʻrgʻon tumanida aniqlangan. Qayd etilishicha, oʻzini goʻyoki Qumqoʻrgʻon tumani kadastr boʻlimi xodimi sifatida tanishtirgan fuqaro F.B. fuqaro