calendar 17 Jul 11:55
eye 144
comments 0
comments Manba: xs.uz

Argentinaliklar “Copa America” chempioni boʻlgach fransuzlarni haqorat qilib qoʻshiq kuylashdi. Holatni FIFA oʻrganmoqda (video)

image
Argentina 'Copa America' chempioni boʻlgach, terma jamoa futbolchilari avtobusda Fransiyaning qora tanli futbolchilariga nisbatan irqchilik kayfiyatidagi qoʻshiq kuylashdi. Unda shunday deyiladi: 'Ular Fransiyada oʻynashadi. Lekin Angoladan kelishgan. Onalari nigeriyalik. Otalari kamerunlik. Pasportidagina fransiyalik'.

Fransiya futbol federatsiyasi Argentina terma jamoasi ustidan FIFAga shikoyat joʻnatdi. Federatsiya prezidenti Filipp Diallo ushbu holatni keskin qoralab, jahon futboli mutasaddilarini chora koʻrishga chaqirdi.

Ushbu qoʻshiq aks etgan video argentinalik yarim himoyachi Enso Fernandesning 'Instagram'idagi jonli efir paytida kuylangan. Birozdan keyin futbolchi efirni uzib qoʻydi, lekin video tarqalib ketdi.

Keyinchalik Fernandes uzr soʻradi.

'Qoʻshiq juda haqoratli edi va oʻzimni oqlash uchun biror vaj keltira olmayman. Men har qanday koʻrinishdagi kamsitishlarga qarshiman va 'Copa America' gʻalabasini nishonlash eyforiyasiga tushib qolganim uchun uzr soʻrayman', deydi futbolchi. Uning qoʻshimcha qilishicha, video uning eʼtiqodi yoki xarakterini aks ettirmaydi.

FIFA ushbu holatni oʻrganib chiqmoqda. Hozircha tashkilotning qandaydir chora koʻrishi nomaʼlum. Ammo Enso Fernandesning klubi ' 'Chelsi' bu masalani jiddiy koʻrib chiqyapti. Jamoa rahbariyati hattoki Ensoni jamoadan chetlatishi ham mumkin.

Fernandesning 'Chelsi'dagi jamoadoshi, Fransiyalik himoyachi Uesli Fofana ijtimoiy tarmoqlarda voqeani tanqid qildi. U shu oʻrinda '2024-yilda futbol: cheklanmagan irqchilik', degan qoʻshiqni eslatib oʻtdi. Irqchilikka qarshi kurash assotsiatsiyasi argentinaliklarni qoʻshigʻini 'oʻta oʻng ideologiyaning ifodasi', deb atadi va FIFAni chora koʻrishga chaqirdi.

'Faqatgina hayron qolish mumkin, nega Amerika kubogidagi gʻoliblikdan soʻng Argentina Fransiyani eslab, haqoratlab mazza qilyapti', deb yozdi oʻzbekistonlik sport jurnalisti Davron Fayziyev.

Avvalroq, 'Copa America'da Argentina chempion boʻlgani haqida xabar bergandik.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:47
 
280
0
xs.uz

Isroilning navbatdagi hujumlari oqibatida Gʻazoda yana ellik nafardan ortiq odam halok boʻldi

Chorshanba kuni Isroilning Gʻazo sektoriga bergan navbatdagi zarbalari oqibatida halok boʻlganlar soni 50 nafardan oshdi. Bu haqda 'Al-Jazira' telekanali Falastin tibbiy manbalariga tayanib xabar tarqatdi.'Isroilning chorshanba kuni ertalabdan Gʻazoga bergan zarbalari oqibatida 56 kishi halok boʻldi', ' deyiladi manbada.Avvalroq, Gʻazo sektori shimolidagi Jabaliya shahri va shu nomdagi lagerning bombardimon qilinishi oqibatida 30 nafardan ortiq odam halok boʻlgani xabar qilingandi.Falastin

17 May 21:47
 
279
0
xs.uz

Tramp Saudiya Arabistonida Salmon bilan nimalar haqida gaplashdi?

Kecha AQSH prezidenti Donald Tramp rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistoniga kelgandi. Bu uning qayta saylanganidan keyingi ilk xorijiy safari hisoblanadi.Ommaviy axborot vositalari xabarlariga qaraganda tashrif davomida asosiy eʼtibor mintaqaviy xavfsizlik masalalariga emas, balki iqtisodiy kelishuvlarga qaratiladi.Oq uy rahbari Ar-Riyoddagi Qirollik saroyida Valiahd Shahzoda Muhammad ibn Salmon tomonidan iliq kutib olindi. Uchrashuvda anʼanaviy Arab qahvasi taqdim etildi. Muloqot avvalida Tr

17 May 21:47
 
275
0
xs.uz

Qozogʻistonda davlat xizmatchilariga “ChatGPT”dan foydalanishga taqiq qoʻyildi

Qozogʻiston hukumati davlat xizmatchilariga xizmat faoliyati davomida 'ChatGPT'dan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda Raqamli rivojlanish vazirining oʻrinbosari Qanish Tuleushin maʼlum qildi.Unga koʻra, taqiq maʼlumotlar sizib chiqishining oldini olish maqsadida joriy etilgan. Shuningdek, xizmatchilarga muqobil sifatida Nazarboyev universiteti negizida ishlab chiqilgan mahalliy sunʼiy intellekt tizimi taklif etilgan.Bundan tashqari, u hozirda bajarilgan ishlar qay bir sunʼiy intellekt tizi

21 Apr 08:34
 
780
0
xs.uz

Fransiya maxsus kuchlari ish tashlashga kirishdi

Fransiya milliy politsiyasining jangovar va maxsus kuchlari boʻlinmasi xodimlari ish tashlash namoyishi oʻtkazmoqda. Bu haqda Fransiyaning 'TF1' telekanali xabar berdi.Ushbu boʻlinma mamlakat Ichki ishlar vazirligi yurisdiksiyasi ostida boʻlib, uning guruhlari jinoiy jinoyatlarni, jumladan, qurolli talonchilik va odam oʻgʻirlashni tergov qiladi.400 nafarga yaqin elita politsiyachi Fransiya Milliy sud politsiyasi boshqarmasi oldida namoyishga chiqdi. Ular ish vaqtidan tashqari ishlash, smen