calendar 17 Jul 10:01
eye 201
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

IIV Akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 22 ming dollar olgan shaxs ushlandi (video)

image

O‘zbekistonning turli hududlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirda joylarda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kiritish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, DXX xodimlari tomonidan Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zining mansabdor tanishlari orqali Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni IIV Akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 22 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Qashqadaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa Qarshi innovatsion ta’lim universiteti mutaxassisi 3 nafar fuqaroni Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filialiga mazkur oliy ta’lim muassasasidagi tanishlari orqali har birini 4 ming AQSH dollaridan, jami 12 ming AQSH dollari evaziga 2-kursdan o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qiladi. Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmalari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u 11700 AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga tushgan. 

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan prokuratura organlari bilan hamkorlikda Chinoz tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan shaxs Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroni Toshkent davlat pedagogika universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 10 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 5 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Shuningdek, Olmaliq shahar bolalar va o‘smirlar sport maktabi murabbiyi o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga Olmaliq shahrida yashovchi fuqarodan 3500 AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga olingan. 

Boshqa holatda esa Urganch ixtisoslashtirilgan san’at maktabining bo‘lim boshlig‘i Bog‘ot tumanida yashovchi fuqaroga tanishlari yordamida Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutiga o‘qishga kirishi uchun yo‘llanma olib berish va amaliy imtihonda ko‘maklashish evaziga 4 ming AQSH dollari talab qiladi.

Ammo, u so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq tanishlari yordamida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus filialiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 2 000 AQSH dollarini olgan shaxs ushlanib, uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda ushbu universitetning Nukus filiali direktori o‘rinbosari R.X. fuqaro S.S.ni o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:53
 
24
0
xs.uz

Issiqxona gazlarining chiqarilishini tartibga solishga oid qonun nima uchun rad etildi?

Senatning navbatdagi yalpi majlisida 'Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash to'g'risida'gi Qonun ko'rib chiqildi.Mamlakatimizda iqlim o'zgarishining oldini olish, uning salbiy ta'sirini kamaytirish borasida muayyan ishlar' amalga oshirilmoqda.Biroq sohani tartibga soluvchi qonun va normativ baza yaratilmaganligi issiqxona gazlarining chiqarilishini kamaytirishda iqtisodiy, texnologik va ekologik yo'nalishlar bo'yicha xalqaro hamkorlikni yo'lga qo'yish imkoniyatlarini cheklamoqda.Sohani x

27 Jan 00:53
 
22
0
xs.uz

Oʻzbekistonda “Kosmik faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi

Oʻzbekiston Respublikasida kosmik tadqiqotlarni rivojlantirish va mazkur sohadagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida 'Kosmik faoliyat toʻgʻrisida'gi Qonun qabul qilindi. Qonun Prezident tomonidan 2025-yil 13-yanvarda imzolanib, rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. Unda kosmik faoliyatning qonuniy asoslari belgilab berilgan boʻlib, ushbu yoʻnalishda davlat siyosati samaradorligini oshirish koʻzda tutilgan.Mazkur Qonunda kosmik faoliyatning asosiy maqsadlari sifatida

31 Jan 15:21
 
19
0
xs.uz

Toshkent shahrida Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etiladi

Prezidentning 2025-yil 25-yanvardagi qaroriga koʻra, Toshkent shahrida Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etiladi. Ushbu universitet xalqaro standartlarga mos oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlash va ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish maqsadida faoliyat yuritadi. Universitetning tashkil etilishi taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.Universitetning asosiy yoʻnalishlari muhandislik, qurilish, logistika, axborot texnologiyalari, sogʻliq

27 Jan 00:53
 
23
0
xs.uz

Bilasizmi: yovvoyi hayvonlarni noqonuniy saqlasangiz, qancha jarima toʻlaysiz?

Endilikda yovvoyi hayvonlarni noqonuniy saqlaganlik uchun qariyb 19 million soʻm miqdorida jarima belgilanishi mumkin. Yuz bergan holatga qarab jarima miqdori BHMning 5 baravaridan 50 baravarigacha belgilanadi.Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-1019-son, 16.01.2025-y.) bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.Unga koʻra, yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi ha