Yangi korxona ishchilari 11 mln. soʻmgacha oylik maosh olmoqda
Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'.'Andijon tumanidagi 'Everest bazalt' korxonasi faoliyatini boshlaganiga hech qancha vaqt boʻlgani yoʻq. Shunday boʻlsa-da, uning mahsulotlariga xaridorlar bisyor.
' Eng muhimi, ishchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan, ' deydi korxona xodimi Sanjarbek Haydarov. ' Oylik maoshimiz esa 4,5 mln. soʻmdan 11 mln. soʻmgachani tashkil etmoqda.
Darhaqiqat, 10 mln. AQSH dollariga teng loyiha asosida barpo etilgan ushbu korxonaning ishga tushirilishi natijasida 150 ta yangi ish oʻrni yaratildi. Bir yilda 25 ming tonna energiya saqlovchi bazalt plitalarini ishlab chiqarish koʻzda tutilgan.
Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidentini tugʻilgan kuni bilan tabrikladi
5-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.Davlatimiz rahbari Tojikiston yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sogʻlik va yangi muvaffaqiyatlar, birodar tojik xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.Prezidentlar Oʻzbekiston-Tojikiston munosabatlarini oliy darajadagi kelishuvlardan kelib chiqqan holda rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.Tov
Ikki viloyatda imtiyozli kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan shaxslar ushlandi
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kitob tumani boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. Unda hududiy tijorat banki filiali boshqaruvchisi sobiq oʻrinbosari O.X. 'V.' fermer xoʻjaligi rahbari B.R. bilan oʻzaro til biriktirib, 6 nafar fuqaroning nomiga ajratilgan 163 mln soʻm imtiyozli kredit mablagʻini 'V.' fermer xoʻjaligi hisob raqamiga oʻtkazish orqali naqdlashtirib olgani aniqlangan.Shu kabi, Departamentning Andijon shahri boʻlimi tomonidan
Ikki hududda “valyutchik”lar qo‘lga tushdi
Xorazm va Samarqand viloyatlarida xorijiy valyutalarni noqonuniy ayirboshlash bilan shug'ullanib kelgan shaxslar qo'lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti'xabar berdi.Departamentning Payariq va Qo'shrabot tumani bo'limi, viloyat IIB xodimlari hamkorligida o'tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug'ullanib kelgan fuqaro X.B fuqaro Yu.Q.ga 4 000 AQSH dollarini 50,9 million so'mga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan u
Prezidentning yangi qarori eʼlon qilindi
'Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident Qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra, 'Kambagʻallikdan farovonlik sari' dasturi doirasida quyidagilar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi, jumladan: mehnat bozorini, band va ishsiz aholini tarkibiy tahlil qilish, ishsizlarni manzilli aniqlash va ularning hisobini yuriti