calendar 20 Sep 00:21
eye 12
comments 0
comments Manba: xs.uz

Bosib olingan Falastin hududidan Isroil qoʻshinlari chiqib ketishini talab qiluvchi rezolyutsiya qabul qilindi. Oʻzbekiston qanday ovoz berdi?

image
Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) Bosh assambleyasi Isroildan Falastinning bosib olingan hududlaridan kuchlarini olib chiqishni talab qiluvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Bu haqda 'UN News' xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, BMTga aʼzo davlatlar Isroilning Falastin hududlarini bir yil (12 oy) ichida okkupatsiya qilishini toʻxtatishini talab qilgan. Agar qaror Isroil tomonidan bajarilmasa, aʼzo davlatlar Tel-Avivga sanksiyalar kiritish talabini oʻz ichiga olgan rezolyutsiyaga imzo chekishgan.

Qayd etilishicha, bir qator tashabbuskorlar tomonidan taklif etilgan rezolyutsiya uchun 124 ta delegatsiya ovoz berdi. 43 ta davlat betaraf qoldi, 14 tasi esa qarshi chiqdi, deyiladi BMT matbuot xizmati xabarida.

Berilgan maʼlumotlardan koʻrinadiki, Oʻzbekiston ham bosib olingan Falastin hududidan Isroil qoʻshinlari chiqib ketishiga ovoz bergan.

Rezolyutsiya Isroil qoʻshinlarini Falastin hududlaridan olib chiqib ketishni, yangi aholi punktlari qurilishini toʻxtatishni, bosib olingan yerlar va mol-mulkni qaytarishni, shuningdek, koʻchirilgan falastinliklarni qaytarish imkoniyatini talab qiladi.

BMT Xalqaro sudining 1967-yildan beri Falastin hududlari bosib olinishi 'noqonuniy' degan maslahat xulosasiga asoslanadi.

Isroil rezolyutsiyani qatʼiyan rad etgan va Isroil davlatining BMTdagi doimiy vakili Dani Danon ovoz berishni 'Falastin muxtoriyatining diplomatik terrorizmini qoʻllab-quvvatlovchi sharmandali qaror' deb atagan.

Avvalroq, 45-Butunjahon shaxmat Olimpiadasining 8-turida Serbiya va AQSH yurtdoshlarimizga raqib boʻlishi haqida xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Jul 12:36
 
65
0
qalampir.uz

Yana bir bank jarimaga tortildi

“Orient Finans” XATB Termiz filiali reklama qonunchiligi buzilishi tufayli jarimaga tortildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi. Bildirilishicha, qo‘mitaga “Orient Finans” tomonidan Surxondaryo viloyati Termiz shahrida o‘rnatilgan tashqi reklama vositalarining qonuniyligi yuzasidan murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatni o‘rganish jarayonida, bank filiali tomonidan Termiz shahri Hakim At-Term

03 Sep 21:35
 
15
0
xs.uz

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi yangi elchisi tayinlandi

Baxtiyor Ibragimov Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi yangi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda 'Dunyo' AA xabar bermoqda.Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonning yangi elchisi ' Baxtiyor Ibragimov 51 yoshda. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Rossiya tashqi savdo akademiyasini tamomlagan.U mehnat faoliyatini 1994-yilda Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (hozirgi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi) markaziy apparatida boshlagan. Ibragimov u yerda yeta

03 Sep 21:35
 
12
0
xs.uz

Maktablarda “Huquqiy sinf” tashkil etiladi

Unga koʻra, 2024-2025 oʻquv yilidan boshlab Namangan va Samarqand viloyatlaridagi yuridik texnikumlar bazasida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylariga qabul boshlanadi. Maktablarda huquq fani oʻqituvchilarining kasbiy bilim va koʻnikmalarini uzluksiz oshirib borish va ularni Adliya vazirligining maxsus elektron platformasi orqali uslubiy taʼminlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Oʻquvchilar oʻrtasida 'Huquqshunos bilimdon' olimpiadasi va huquq fani oʻqituvchilari oʻrt

19 Aug 07:04
 
26
0
xs.uz

Prezident yangi qonunni imzoladi

Prezident 'Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari tashkilotlarini hisobga qoʻyish tartibi belgilanayotganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida'gi qonunni imzoladi.Hujjatda taʼkidlanishicha, amaliyotda yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan kasaba uyushmalari boʻlinmalari va boshlangʻich kasaba uyushmalari tashkilotlari uchun bank hisobraqamlarini ochishda muammolar mavjud, chunki buning