Germaniya terma jamoasi hujumchisi Tomas Myuller termadagi faoliyatini yakunladi. Bu haqda futbolchining o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qildi.
“O‘z mamlakatim sharafini himoya qilganimdan faxrlanaman. Barchaga minnatdorlik bildiraman. Endi tribunadan jamoamni qo‘llab-quvvatlayman”, deydi futbolchi.
Shunday qilib, Yevro-2024 34 yoshli Myuller uchun Germaniya terma jamoasidagi oxirgi turnir bo‘ldi. U qit’a birinchiligida 2 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Ma’lumot uchun, Tomas Myuller terma jamoa safida umumiy 131 ta o‘yinda maydonga tushib, 45 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. U terma jamoa tarixidagi eng yaxshi 6-to‘purar hisoblanadi. “Bundestim” safida Tomas 2014 yilgi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan.