calendar 24 Aug 17:27
eye 26
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Barselona”ning oʻtgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi jamoa bilan shartnomani bekor qildi. U sobiq klubiga qaytgan

image


Ispaniyaning 'Barselona' klubi futbolchisi Ilkay Gyundogan jamoa bilan shartnomasini bekor qilib, 'Manchester Siti'ga qaytadigan boʻldi. Bu haqda mashhur Fabritsio Romano xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 'Manchester Siti' germaniyalik yarim himoyachini jamoaga qaytarish boʻyicha kelishuv ustida ishlamoqda. 33 yoshli futbolchi Pep Gvardiola jamoasining bu mavsumdagi muhim boʻlagi boʻlishi ham kutilyapti.

Qayd etish kerakki, 2023-yilda Ilkay 'Siti'ni tark etib, 'Barselona'ga erkin agent sifatida kelib qoʻshilgandi. U 2023-2024-yilda jamoa bilan 51 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol va 14 ta uzatma amalga oshirdi. U oʻtgan mavsumda jamoaning eng yaxshi futbolchilardan deb topilgan.

'Barselona' moliyaviy qiyinchiliklar sababli Dani Olmo kabi yangi oʻyinchilarni roʻyxatdan oʻtkazishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Shu sababli ham Gundogan kabi yuqori maosh oladigan futbolchini qoʻyib yuborish vaziyatni yengillashtirishi mumkin. Amaldagi shartnoma 2026-yilning yozigacha edi.

Argentinalik hujumchi Alvaresning 'Atletiko Madrid'ga ketishi va norvegiyalik vinger Oskar Bobbning jiddiy jarohati nemis futbolchisining qaytishiga sharoit yaratib bergan. Gyundogan dastlab 'Manchester Siti'ga 2016-yilda Dortmundning 'Borussiya'sidan 20 million funt sterling evaziga oʻtgan edi.

Klubdagi yetti yillik faoliyati davomida u 304 ta oʻyinda maydonga tushib, 60 ta gol urgan. Ilkay 'Siti'dagi faoliyati davomida 14 ta yirik sovrinni qoʻlga kiritgandi.

Avvalroq, 18 yoshli oʻzbekistonlik shaxmatchi Magnus Karlsenni 3 daqiqada taslim qilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
48
0
qalampir.uz

Parijga sportchilar uchun O‘zbekistondan maxsus ovqatlar jo‘natildi

Parijda bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolariga milliy taomlar jo‘natildi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. “Yirik kompleks musobaqalarda sportchilarimiz hech qachon taomlardan qiynalmagan. Davlatimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan har bir musobaqalarda atletlarimiz uchun milliy taomlarimiz keltiriladi", deyiladi manba xabarida. Qayd etilishicha, Parijda ham delegatsiya a’zolariga ovqatlanishlari uchun alohida sharoit ya

24 Aug 17:27
 
16
0
xs.uz

“Real Madrid” 12 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Belarus futbolchisi Aleksey Mayorov 2012-yilda tugʻilgan va u 'Dinamo' klubining 1980-yillardagi yarim himoyachisi Aleksandr Kistenning nabirasi.Nashrga koʻra, LaLiga klubi 'Barselona' ham Mayorovni oʻz safiga qoʻshib olish niyatida boʻlgan. 'Barsa' klubi futbolchini qoʻshib olish uchun Kataloniya futbol federatsiyasi orqali taʼsir oʻtkazishga uringan. Shunga qaramay, Aleksey 'Real Madrid' akademiyasiga oʻtishni tanladi.Mayorov 'Real'ga qadar Ispaniyaning 'Serdanyola' jamoasida oʻynaga

26 Jul 10:19
 
45
0
qalampir.uz

Parij-2024: Selin Dion va Ledi Gaga ochilish marosimida qatnashadi

Mashhur xonandalar Selin Dion va Ledi Gaga Parijdagi Olimpiada ochilish marosimida chiqish qiladi. Bu haqda “The Independent” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, Dion va Ledi Gaga Edit Piafning “La Vie en rose” qo‘shig‘ini kuylaydi. Qayd etilishicha, Dion 2022 yildan buyon ilk bor sahnaga chiqadi, o‘shanda u mushaklaridagi muammo tufayli jahon turnesini bekor qilgan. Ma’lumot uchun, 56 yoshli Selin Dion “My heart will go on”, “I'm alive&rd

26 Jul 10:19
 
39
0
qalampir.uz

Raqibim penaltini qanaqa tepishini oldindan o‘rganmagandim – Abduvohid Ne’matov

Parij Olimpiadasining futbol bahslaridan o‘rin olgan O‘zbekiston-Ispaniya uchrashuvida penaltini qaytargan “oq bo‘rilar” posboni Abduvohid Ne’matov uchrashuvdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.  “Afsuski, mag‘lubiyatga uchradik. Biz bu o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. O‘zbekistondan kelib, bizni qo‘llab-quvvatlagan barchadan minnatdorman. Muxlislarning yordami bilan ajoyib atmosferada to‘p tepdik, biroq ozroq omad yetishmadi.