calendar 16 Jul 12:02
eye 124
comments 0
comments Manba: xs.uz

FQB Trampga suiqasd uchun «qasos» olinishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

image
AQSH Federal qidiruv byurosi (FQB) va Ichki xavfsizlik departamenti sobiq prezident va prezidentlikka nomzod Donald Trampga uyushtirilgan suiqasd 'qasos' olish harakatlari ehtimolidan xavotirda. Bu haqda 'Politico' nashri xizmatlar tarqatgan hujjatga tayanib yozmoqda.

Nashrga koʻra, materialda potensial xavf ostida boʻlgan aniq shaxslar koʻrsatilmagan, ammo 'saylov bilan bogʻliq maqsadlar' birinchi navbatda tahdid ostida ekanligi qayd etilgan. Hujjatda, shuningdek, ekstremistlar oʻtmishda siyosiy yoki mafkuraviy raqiblariga qarshi hujumlar uyushtirgani yoki rejalagani qayd etilgan.

Avval xabar berganimizdek, yakshanba kuni AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampga suiqasd uyushtirildi. Hodisa u Pensilvaniyada oʻz tarafdorlari bilan uchrashuv vaqtida yuz berdi. Tramp qulogʻidan yaralandi va xavfsizlik xizmati xodimlari qurshovida voqea joyini tark etdi. Maxfiy xizmat oʻq uzgan odamni oʻldirgan. Hodisa oqibatida saylovoldi miting ishtirokchilaridan biri halok boʻlgan, yana ikki nafari ogʻir yaralangan. Trampni oʻldirmoqchi boʻlgan shaxs Pensilvaniya shtatida yashagan 20 yoshli Tomas Metyu Kruks boʻlib chiqdi.

Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq tahlilchisi Larri Jonson Trampga suiqasd uyushtirilishida Maxfiy xizmatni aybladi. Uning aytishicha, maxfiy xizmat respublikachi nomzod Donald Trampga suiqasd uyushtirish uchun javobgardir, chunki ular xavfsizlikni nazorat qilish boʻyicha tegishli ishlarni bajara olmagan. Xizmat nafaqat tadbir oʻtkaziladigan joyni, balki butun perimetrni toʻliq tekshirishi kerak edi.

'Bunday vaziyatlarda siz barcha yoʻnalishlardan kamida 500 yard (taxminan 457 metr) masofada potensial oʻq uzishi mumkin boʻlgan odamlarni koʻrishingiz kerak edi', deydi u sodir boʻlgan uyning tomida agent boʻlishi kerakligini qoʻshimcha qilib.

Shu oʻrinda Jonson Maxfiy xizmatni qobiliyatsiz yoki suiqasdni rejalashtirishda ishtirok etgan, degan xulosaga keldi.

Manbalarga koʻra, oʻq uzgan shaxs va Tramp oʻrtasida masofa taxminan 130 metr boʻlgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
116
0
xs.uz

Isroil keng koʻlamli hujumga tayyorgarlik koʻrmoqda

AQSHning Isroildagi elchisi Stiv Uitkoff CNN telekanaliga bergan intervyusida Gʻazoga nisbatan oʻt ochishni toʻxtatish va garovdagilarni ozod qilish boʻyicha kelishuv muhokama qilinishayotganini maʼlum qildi. Uning taʼkidlashicha, mazkur kelishuv urushni tugatishga olib kelishi mumkin. Uitkoff HAMASdan taklifni qabul qilishni soʻragan.Taklifga koʻra, garovdagilarning yarmi (tiriklar va halok boʻlganlar) ozod qilinadi, evaziga vaqtinchalik oʻt ochish toʻxtatilib, keyin keng qamrovli su

17 May 21:47
 
71
0
xs.uz

Berlin ham, Parij ham, Bryussel ham, London ham Ukrainada tinchlik oʻrnatilishini istamaydi — Sergey Lavrov

Shu kunlarda Istanbulda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari oʻrtasida 2022-yildan buyon ilk marta toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazilishi kutilmoqda.Unda qatnashishdan bosh tortgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni tanqid qildi. U Zelenskiy muzokaralarda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning shaxsan ishtirok etishini taʼkidlagani uchun 'ayanchli odam' ekanini aytdi.Lavrov, shuningdek, Kiyevning Gʻarbdagi ittifoqchilariga qattiq norozili

13 May 14:38
 
134
0
xs.uz

Nihoyat Gʻazoda tinchlik oʻrnatilishi mumkin

AQSH prezidenti Donald Tramp Isroil va HAMAS mojarosini tugatish uchun 'soʻnggi qadam'ni eʼlon qildi.Bu orada HAMAS isroillik garovga olingan Iden Aleksandrni ozod qiladi. U AQSH fuqaroligiga ham ega. Guruh Gʻazoga gumanitar yordamning tiklanishi va u yerda oʻt ochishni toʻxtatishga erishishdan umidvor.'Sky News' xabariga koʻra, Iden HAMAS tomonidan ushlab turilgan soʻnggi tirik asirdir. AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoffning aytishicha, garovdagi shaxsni ozod qilish 13-may ku

01 Jul 04:28
 
7
0
xs.uz

Olimlar qandli diabet ustidan gʻalaba qozonishdi

AQSH va kanadalik xalqaro olimlar guruhi ildiz hujayralari terapiyasi yordamida 1-toifa qandli diabetni muvaffaqiyatli davolashga erish. Eksperimental muolaja ishtirokchilarining 83 foizi protseduradan bir yil oʻtgach, kundalik insulin inyeksiyalariga muhtojlik sezmagan. Tadqiqot natijalari 'New England Journal of Medicine' ilmiy jurnalida chop etildi.Jamoa laboratoriyada yetishtirilgan oshqozon osti bezi hujayralaridan foydalangan, ular bemorlarga jigar venasi orqali yuborilgan. Ushbu yondashu