calendar 16 Jul 11:30
eye 94
comments 0
comments Manba: xs.uz

Kreditorlar kredit majburiyati bajarilmagan-da, yer uchastkalarini boshqa shaxsga oʻtkazib berishi mumkin

image
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi. Bu haqda palatasining matbuot xizmati xabar berdi.

Qonun loyihasiga koʻra, Yer kodeksi, 'Ijara toʻgʻrisida'gi va 'Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida'gi qonunlarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritiladi. Xususan, Yer kodeksining yer uchastkasi ijarasi toʻgʻrisidagi 24-moddasiga oʻzgartirish kiritilib, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdolari orqali ijaraga berish belgilanmoqda.

Bundan tashqari, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari ijarachilariga ijaraga berilgan yer uchastkalari boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga oʻtkazishga, yaʼni qayta ijaraga berishga ruxsat etilishi ham mumkin.

Ushbu qonun loyihasida keltirilishicha, yer uchastkasini ijaraga olish huquqi kredit olish uchun garovga qoʻyilgan va kredit majburiyati bajarilmagan taqdirda, kreditorlar tomonidan mazkur yer uchastkalariga boʻlgan ijara huquqini yerdan foydalanish maqsadini oʻzgartirmagan holda onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi joriy etiladi.

Shuningdek, deputatlar qonun loyihasining qabul qilinishi bilan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini jismoniy va yuridik shaxslarga berishda turli bahsli mezonlarga tayangan ochiq elektron tanlov oʻrniga shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan elektron onlayn-auksion savdolari joriy etilishini qayd etishgan.

Avvalroq agarda 48 soat ichida yoʻl harakati qoidabuzarliklari qaydnomasi kelmasa, jarima bekor qilinishi haqidagi qonun loyihasi uchinchi oʻqilishda deputatlar tomonidan tasdiqlangandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

03 Sep 21:35
 
25
0
xs.uz

Nogironlikni belgilash osonlashtirilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 'Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi Qaroriga muvofiq joriy yilning 1-sentyabridan nogironlikni belgilash osonlashtiriladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali'maʼlum qildi.Qonunchilikka koʻra, Toshkent shahri va Navoiy viloyatida bosqichma-bosqich eksperiment tariqasida, nogironlikni belgilashning yangicha tartibi joriy etiladi. Ushbu tartib orqali bir qator qulaylikl

08 Sep 16:44
 
23
0
xs.uz

IIBB Toshkentdagi musiqa festivalida yuzaga kelgan janjal boʻyicha munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi musiqa festivaliga kelgan fuqarolar jamoat tartibini buzib, janjal koʻtargani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy maʼlumot berdi.Maʼlum qilinishicha, kecha, 6-sentyabr kuni Yunusobod tumanida oʻtkazilgan musiqa festivalida koʻplab musiqa ixlosmandlari yigʻilgan. Ular orasida bir necha fuqarolar jamoat tartibini buzib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan mayda bezorilik sodir etgan.'Ichki ishlar or

24 Aug 17:26
 
24
0
xs.uz

Andijonda “Mebel kompleksi” kichik sanoat zonasi tashkil etilmoqda

Vazirlar Mahkamasining 'Andijon viloyatida mebelsozlikni rivojlantirishni yangi sifat bosqichiga olib chiqish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi qarori qabul qilindi.Hujjat bilan Andijon viloyati Oltinkoʻl tumanidagi Uygʻur mahallasi hududida mebel mahsulotlari ishlab chiqarish, koʻrgazma-savdo obyektlari va boshqa obyektlar 'klaster' usulida joylashgan 'Mebel kompleksi' kichik sanoat zonasini (KSZ) tashkil etish koʻzda tutilgan.KSZni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatla

25 Sep 13:14
 
14
0
xs.uz

Prezident yangi Qonunni imzoladi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-963-son, 20.09.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Qonunga koʻra, ayrim qonun hujjatlariga yangi tahrirdagi Konstitutsiyada mustahkamlangan, OAVlarning faoliyati hamda insonning asosiy huquq va erkinliklari bilan bogʻliq huquqiy normalar belgilanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.Shuningdek, 'Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida'gi Qonuniga kiritilgan qoʻshimchaga koʻr