calendar 08 Sep 16:44
eye 11
comments 0
comments Manba: xs.uz

IIBB Toshkentdagi musiqa festivalida yuzaga kelgan janjal boʻyicha munosabat bildirdi

image
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi musiqa festivaliga kelgan fuqarolar jamoat tartibini buzib, janjal koʻtargani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinishicha, kecha, 6-sentyabr kuni Yunusobod tumanida oʻtkazilgan musiqa festivalida koʻplab musiqa ixlosmandlari yigʻilgan. Ular orasida bir necha fuqarolar jamoat tartibini buzib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan mayda bezorilik sodir etgan.

'Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida ularning shaxsi aniqlanib, 5 nafar voyaga yetmaganlarning ota-onasiga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasiga koʻra maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Qolgan fuqarolarga nisbatan toʻplangan hujjatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda. Yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi', deyiladi xabarda.

Shuningdek, oʻtkazilgan tekshiruv jarayonida fuqarolar tan jarohati olgani haqida xabar kelib tushmagani maʼlum qilindi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 18:37
 
71
0
qalampir.uz

Nazarbekov reklama qilgan do‘kon jarimaga tortildi. Vazir esa aybsiz

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – Xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ishtirokida kiyimlar do‘koni reklamasi tarqalgani va holat Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan o‘rganila boshlagani xabar qilingandi. O‘rganish natijasida kiyim do‘koni jarimaga tortildi, vazir esa aybsiz deb topildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi. Bildirilishicha, qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan tegishli

22 Jul 16:12
 
79
0
xs.uz

Soliq qoʻmitasi raisi sotuvchidan QR kodli chek soʻragan bola bilan uchrashdi

Avvalroq Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi doʻkonlarning birida sotuvchi QR kodli chek soʻragan bolaning yuziga tarsaki tushirgani haqida xabar'berilgan edi. Soliq qoʻmitasi axborot xizmatining'maʼlum qilishicha, qoʻmita raisi Sherzod Kudbiyev jabrlanuvchi bola bilan uchrashib, unga minnatdorchilik bildirgan.Qayd etilishicha, qoʻmita rahbari 12 yoshli Shahbozni talabchanligini alohida taʼkidlagan va uning harakatini 'oldingizda butun soliq markaziy apparati tikka tursa arziydi' deya b

19 Aug 07:03
 
13
0
xs.uz

Bugun Oʻzbekistonning ayrim hududlarida yomgʻir yogʻishi mumkin

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 31-33 daraja issiq bo'ladi.Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham havo biroz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja issiq bo'ladi.Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biro

08 Sep 16:44
 
7
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev BMT vakilini qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-sentyabr kuni BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Syuy Dunyuyni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimidagi nufuzli'tarmoq tuzilmasi rahbari shu kunlarda Toshkent shahrida o'tkazilayotgan Dengizga chiqish imkoniyati bo'lmagan mamlakatlar oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish maqsadlari bo'yicha xalqaro forum doirasida mamlakatimizda bo