calendar 22 Jul 16:12
eye 79
comments 0
comments Manba: xs.uz

Soliq qoʻmitasi raisi sotuvchidan QR kodli chek soʻragan bola bilan uchrashdi

image
Avvalroq Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi doʻkonlarning birida sotuvchi QR kodli chek soʻragan bolaning yuziga tarsaki tushirgani haqida xabar'berilgan edi. Soliq qoʻmitasi axborot xizmatining'maʼlum qilishicha, qoʻmita raisi Sherzod Kudbiyev jabrlanuvchi bola bilan uchrashib, unga minnatdorchilik bildirgan.

Qayd etilishicha, qoʻmita rahbari 12 yoshli Shahbozni talabchanligini alohida taʼkidlagan va uning harakatini 'oldingizda butun soliq markaziy apparati tikka tursa arziydi' deya baholagan.

Sherzod Kudbiyev bolaning ota-onasiga minnatdorchilik bildirib, u doʻkonda chek soʻraganida hammasini toʻgʻri qilganini aytgan.

'Chek talab qilish mayda-chuyda narsa emas. Chek soʻraganingni orqasida Sirdaryoda bogʻcha, maktab, yoʻl, oylik, byudjet bor. Buning ortida katta narsalar turibdi. Shahboz, senga katta rahmat', degan u.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Jul 12:57
 
54
0
xs.uz

Samarqandda qariyb 50 kishini chet davlatlarga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

Samarqand viloyatida 47 kishini chet davlatlarga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti'xabar berdi.Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqdaryo tuman boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqaro V.I. fuqarolar E.X. va B.B.ning ishonchiga kirib, ularni Angliya davlatiga ishga yuborishi evaziga 4 500 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qo

26 Aug 12:29
 
21
0
xs.uz

26-avgust kuni qanday ob-havo kutilayotgani maʼlum qilindi

'Oʻzgidromet' 26-avgust, dushanba kuni uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi.Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3'8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +16...+18 daraja, kunduzi +31...+33 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7'12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi

22 Jul 10:52
 
46
0
xs.uz

Toyloqda “Ayollar daftari”ga kirgan xotin-qizlarga yordam berildi

' Issiqxonaga fevral oyida pomidor koʻchat ekib parvarishlaymiz, ' deydi M.Axmedova. ' 'Ilik uzildi' pallada hosil pishib yetiladi. Bu vaqtda bozorlarda pomidorning narxi ancha baland boʻladi. Avgust sentyabr oyida bodring ekib, hosil olamiz.Abdullayeva Feruzabonu ham mahallaning faol tadbirkor ayollaridan. U xonadonidan oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotini ochib, 2 ta ish oʻrni yaratdi. Hozirda 25 nafar bolajonlarga taʼlim-tarbiya berib, koʻpning duosini olmoqda.Mahallada 4364 nafar ah

26 Jul 10:20
 
59
0
qalampir.uz

Farg‘onadagi kiyim bozorida janjal chiqdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda “Farg‘ona shahar savdo majmuasi”da tadbirkorlar o‘zaro mushtlashayotgani aks etgan videotasvir tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, holat kecha, 24 iyul kuni soat 13:30 lar atrofida sodir bo‘lgan. Gap shundaki, bozor ma’muriyati bilan tadbirkor o‘rtasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra, tadbirkorlar o‘ziga belgilab berilgan hudud va do‘konlarda savdo qilishi ko‘rsati