calendar 26 Jul 10:20
eye 59
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Farg‘onadagi kiyim bozorida janjal chiqdi (video)

image

Ijtimoiy tarmoqlarda “Farg‘ona shahar savdo majmuasi”da tadbirkorlar o‘zaro mushtlashayotgani aks etgan videotasvir tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, holat kecha, 24 iyul kuni soat 13:30 lar atrofida sodir bo‘lgan. Gap shundaki, bozor ma’muriyati bilan tadbirkor o‘rtasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra, tadbirkorlar o‘ziga belgilab berilgan hudud va do‘konlarda savdo qilishi ko‘rsatib o‘tilgan, ammo ko‘plab tadbirkorlarning bozor ichki yo‘laklarigacha tovarlarini chiqarib sotish holatlari aniqlangan. Bozor ma’muriyati favqulodda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan holatlar oldini olib, tushuntirish ishlarini boshlaganda tadbirkorlar o‘rtasida o‘zaro tushunmovchilik yuzaga kelgan.

“Mazkur holat yuzasidan hech kim hech qanday tan jarohati olmagan, xususan, Milliy gvardiya xodimlari ham. Mazkur vaziyatning har bir holati bo‘yicha belgilangan tartibda ma’muriy ishlar olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining “Farhod” bozorida sotuvchilar va Milliy gvardiya xodimlari o‘rtasida janjal kelib chiqqandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:26
 
13
0
xs.uz

Oʻzbekistondagi hududlarning master rejalari ishlab chiqiladi

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-avgustdagi 497-son qarori bilan Hududning master-rejasini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash toʻgʻrisidagi nizom qabul qilindi.Prezidentning 2023-yil 11-sentyabrdagi PQ-299-son qaroriga muvofiq, shaharsozlik va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, hududlar qismlarining yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda hududiy va iqtisodiy rivojlanishini rejalashtirish hamda ularning iqtisodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun master-rejalarni ishlab ch

19 Jul 19:06
 
60
0
xs.uz

Nogironligi boʻlgan shaxslarga qulay va toʻsiqlarsiz muhit yaratiladi

2025-yil 1-yanvardan:2024-yil 1-oktyabrdan:Shuningdek, ijtimoiy inspeksiya nogironligi boʻlgan shaxslarga qulay muhit va toʻsiqlarsiz harakat qilish imkoniyatlari yaratilganligini nazorat qiluvchi vakolatli organ etib belgilandi.

08 Sep 16:44
 
10
0
xs.uz

Germaniyaning birinchi raqamli siyosiy arbobi Oʻzbekistonga keladi

Germaniya kansleri Olaf Shols 15html5-dom-document-internal-entity1-minus-end17-sentyabr kunlari Oʻzbekiston va Qozogʻistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Germaniya hukumatining rasmiy vakili Shteffen Xebeshtrayt maʼlum qildi.Qayd etish kerakki, Olaf Shols hukumatga kelgandan beri hali Markaziy Osiyoga tashrif buyurmagandi. Nemis hukumati tomoni kanstlerga mintaqa davlatlari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida 'katta biznes delegatsiyasi' hamrohlik qilishini ham bildirgan.Maʼlum boʻl

26 Jul 11:34
 
52
0
xs.uz

Toshkentda qutqaruvchilar hojatxonaga tushib ketgan 1 yoshli bolani qutqarib qoldi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga koʻra, uy egasining 2023-yilda tugʻilgan farzandi ehtiyotsizlik va nazoratdan chetda qolganligi sababli hovlisidagi hojatxonaga tushib ketganligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.Zudlik bilan aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib borgan va maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida hojatxona chuqurligidan bolani sogʻ-salomat olib chiqib, hayotini saqlab qolgan.