calendar 08 Sep 16:44
eye 44
comments 0
comments Manba: xs.uz

Shavkat Mirziyoyev BMT vakilini qabul qildi

image


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-sentyabr kuni BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Syuy Dunyuyni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimidagi nufuzli'tarmoq tuzilmasi rahbari shu kunlarda Toshkent shahrida o'tkazilayotgan Dengizga chiqish imkoniyati bo'lmagan mamlakatlar oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish maqsadlari bo'yicha xalqaro forum doirasida mamlakatimizda bo'lib turibdi.

Uchrashuv avvalida BMTning yuqori martabali vakili dunyoning 30 dan ortiq mamlakatidan nufuzli delegatsiyalar ishtirok etayotgan forumni muvaffaqiyatli o'tkazishni qo'llab-quvvatlagani uchun davlatimiz rahbariga chuqur minnatdorlik bildirdi.

Suhbat davomida O'zbekiston va FAO o'rtasidagi zamonaviy xavf-xatar va tahdidlarga qarshi samarali chora ko'rish borasidagi strategik sheriklikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

So'nggi yillarda amaliy hamkorlikda erishilgan samarali natijalar mamnuniyat bilan qayd etildi. Xususan, 2025-yilgacha bo'lgan davrda hamkorlik bo'yicha mamlakat dasturini bajarish sifat ko'rsatkichlari ikki barobar yaxshilandi. Hozirda 34 ta loyiha faol amalga oshirilmoqda. O'tgan bir yil ichida dehqonchilik, maktablarda ovqatlanish, veterinariya, agrokimyo va boshqa sohalarda 7 ta yangi loyiha ishga tushirildi.

Yangi besh yillik sheriklik dasturini tayyorlash va qabul qilish muhimligi ta'kidlandi.

Agrosanoat majmuasini raqamlashtirish, ilg'or bilim va tajriba almashish, yer fondi unumdorligini oshirish, organik qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, sug'orish tizimlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy klasterlar va logistika markazlarini tashkil etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bo'yicha istiqbolli qo'shma loyiha va tadbirlarga alohida e'tibor qaratildi.

Shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash bilan bog'liq global va mintaqaviy vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:20
 
27
0
xs.uz

“Hayotning oʻzi katta teatr...”

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Elimizning sevimli sanʼatkori, taniqli kino va teatr aktyori, Oʻzbekiston xalq artisti Muhammadsoli Yusupov bilan Fargʻona shahri koʻchalarida birga yursangiz, hamma kulib qarayotganini sezib qolasiz. Bu biroz noqulay, ammo yoningizdagi insonning xalqimiz orasida mashhurligini tushunib yetgach, ushbu holat tabiiy ekanligini anglaysiz.Bu aktyor dramaturg Sharof Boshbekov asari asosida sahnalashtirilgan 'Temir xotin' spektaklidagi Qoʻchqorboy roli orqali mashhur

31 Jan 15:21
 
32
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi — Fotoreportaj

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar'qo'ydi. Marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ziyolilar, shahar jamoatchiligi jam boʻldi.Bu el-yurtga xizmat unutilmasligi, hamisha eʼzozlanishidan dalolat. Shavkat Mirziyoyevning eʼtibori bilan Birinchi Prezidentimizning xotirasi abadiylashtirildi, u kishi tavallud topgan 30-yanvar har yili nishonlanadigan boʻldi. Toshkentda ilmiy-maʼrifiy yodgor

27 Jan 00:53
 
30
0
xs.uz

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish qonuni muhokama qilindi

Senatning uchinchi yalpi majlisida 'O'zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o'rtasida ittifoqchilik munosabatlari to'g'risidagi Shartnomani (Dushanbe, 2024 yil 18 aprel) ratifikatsiya qilish haqida'gi Qonun ko'rib chiqildi.O'zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyatida Markaziy Osiyo davlatlari, ya'ni qo'shni mamlakatlar bilan aloqalarni yaxshilash, do'stona muhitni mustahkamlash hamda o'zaro hamkorlikni yanada yuqori darajaga olib chiqish masalalari alohida o'rin tutadi.

31 Jan 15:21
 
32
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi.Marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ziyolilar, shahar jamoatchiligi jam boʻldi.Bu el-yurtga xizmat unutilmasligi, hamisha eʼzozlanishidan dalolat. Shavkat Mirziyoyevning eʼtibori bilan Birinchi Prezidentimizning xotirasi abadiylashtirildi, u kishi tavallud topgan 30-yanvar har yili nishonlanadigan boʻldi. Toshkentda ilmiy-maʼrifiy yodgor