calendar 15 Jul 22:58
eye 209
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

AQSH armiyasi Suriyadagi bazasiga qo‘shimcha kuch yubordi

image

AQSH armiyasi Suriya shimoli-sharqidagi Xasaka viloyatidagi bazasiga 40 nafar qo‘shimcha kuch yubordi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Mahalliy manbalarga ko‘ra, AQSH askarlari karvoni 14 iyul kuni kechqurun Iroq va Suriya o‘rtasidagi Al-Valid chegara punkti orqali Xasaka shahriga kirib kelgan.

Shuningdek, Amerika askarlarini olib ketayotgan 40 ta mashinadan iborat karvon, jumladan, Bredli zirhli mashinalari Xasakaning Sheddadi hududidagi harbiy bazaga yetib kelgan. Karvonda o‘q-dorilar, yig‘ma konstruksiyalar va Avenger havo hujumidan mudofaa qurollari tashuvchi mashinalar ham bor edi. Karvonga Amerika vertolyotlari hamrohlik qilgan.

Qayd etilishicha, 2019 yil oktyabr oyida "Tinchlik bulog‘i" operatsiyasi boshlanishi bilan Qo‘shma Shtatlar neft konlari atrofida joylashishga va o‘z bazalarini operatsiya hududidan evakuatsiya qilishga qaror qildi.

Amerika askarlari, ayni paytda Hasaka, Rakka va Dayr ez-Zor viloyatlarida ushbu tashkilot egallab olgan hududlardagi ko‘plab baza va harbiy postlarda mavjud.
 
Ma’lumot uchun, 25 iyun kuni AQSH armiyasi Xasakadadagi bazalariga 40 birlik texnikadan iborat harbiy qo‘shimcha kuch yuborgan.

Azizbek Eshmamatov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:56
 
22
0
xs.uz

Zelenskiy 18-iyunni Kiyevda motam kuni deb eʼlon qildi

17-iyunga oʻtar kechasi Ukrainada xavfli va juda katta hajmdagi havo hujumlari amalga oshirildi. Qator viloyatlarda havo signalizatsiyasi ishga tushirildi. Kiyev, Odessa, Chernigov, Nikolayev, Xarkov, Sumi va Dnepropetrovskda portlashlar yuz bergani haqida xabarlar tarqaldi.Ukraina havo kuchlari maʼlumoticha, jami 440 ta drondan 239 tasi urib tushirilgan. Qolgan 163 ta uchuvchisiz qurilma radarlardan gʻoyib boʻlgan va oʻz maqsadlariga yeta olmagan. Shu bilan birga, mamlakat hududiga 30 dan

17 May 21:47
 
485
0
xs.uz

Turkiyada yana kuchli zilzila qayd etildi

Turkiyaning Konya shahrida zilzila yuz berdi. Bu haqda Turkiya tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi saytida xabar berildi.Maʼlumotlarga koʻra, yer silkinishi mahalliy vaqt bilan soat 15:46 da qayd etilgan. Uning magnitudasi 5,2 ballni tashkil etdi. Qoʻshimcha tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan.Shu yilning 14-may kuni yerosti silkinishlari birdaniga uch davlat ' Livan, Suriya va Misr poytaxtlarida qayd etilgan edi. Xabarlarga koʻra, Bayrutda ikki bor, Damashqda bir necha bor

18 Jun 21:56
 
27
0
xs.uz

Tramp Eronga zarba berishni koʻrib chiqmoqda

AQSH Yaqin Sharqdagi harbiy harakatlarini kuchaytirishga kirishdi. 'Fox News' telekanali xabariga koʻra, Amerika qoʻshinlari mintaqaga qoʻshimcha qiruvchi samolyotlarni joʻnatmoqda hamda u yerdagi aviatsiya kuchlari dislokatsiyasini uzaytirmoqda.CNN manbalari maʼlum qilishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi ehtimoliy havo hujumi ssenariylarini koʻrib chiqmoqda. Shu doirada AQSH harbiylariga Isroilga yonilgʻi quyishda yordam berish haqida buyruq berish ehtimoli mavjud. Manbala

31 May 08:50
 
48
0
xs.uz

Ilon Mask Oq uyni tark etdi

Mashhur milliarder va tadbirkor Ilon Mask AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatidagi faoliyatini yakunladi. U 'X' ijtimoiy tarmogʻidagi bayonotida:'Maxsus davlat xodimi sifatida mening muddatim tugaydi. Samarasiz xarajatlarga qarshi kurashish imkoniyati uchun prezidentdan minnatdorman. Samaradorlik departamentining missiyasi vaqt oʻtishi bilan yanada mustahkamlanadi, chunki u butun hukumatning turmush tarziga aylanadi', ' deb yozdi Mask.Uning davlat xizmatidagi ishtiroki hukumat xarajatlari