calendar 18 Jun 21:56
eye 20
comments 0
comments Manba: xs.uz

Zelenskiy 18-iyunni Kiyevda motam kuni deb eʼlon qildi

image
17-iyunga oʻtar kechasi Ukrainada xavfli va juda katta hajmdagi havo hujumlari amalga oshirildi. Qator viloyatlarda havo signalizatsiyasi ishga tushirildi. Kiyev, Odessa, Chernigov, Nikolayev, Xarkov, Sumi va Dnepropetrovskda portlashlar yuz bergani haqida xabarlar tarqaldi.

Ukraina havo kuchlari maʼlumoticha, jami 440 ta drondan 239 tasi urib tushirilgan. Qolgan 163 ta uchuvchisiz qurilma radarlardan gʻoyib boʻlgan va oʻz maqsadlariga yeta olmagan. Shu bilan birga, mamlakat hududiga 30 dan ortiq turli turdagi raketa ' aeroballistik, qanotli, aviatsiya va radiolokatsiyaga qarshi raketalar uchirilgan. Ulardan 26 tasi Ukraina tomonidan urib tushirilgan yoki bostirilgan.

Ukraina Favqulodda vaziyatlar xizmati ushbu hujumlar oqibatida 14 kishi halok boʻlganini maʼlum qildi. Kiyev shahar hokimi Vitaliy Klichko esa poytaxtga qilingan zarbalarda 120 nafarga yaqin inson halok boʻlganini bildirgan. Kuchli portlashlar va zarbalardan keyin Kiyevda keng koʻlamli vayronagarchilik va yongʻinlar kuzatildi. Prezident Vladimir Zelenskiy bu hujumni 'Kiyevga qarshi eng dahshatli zarbalardan biri' deb baholadi va 18-iyunni poytaxtda motam kuni, deb eʼlon qildi.

Odessa viloyati maʼmuriyati rahbari Oleg Kiperga koʻra, shaharda bir kishi halok boʻlgan, 17 kishi jarohat olgan. Shahar markazida bir nechta binolar vayron boʻlgan. Chernigov viloyatida bir kishi jarohatlangan, bir qancha binolar shikastlangan. Xarkovda ikki kishi jarohat olib, 11 ta inshoot zararlangan. Dnepropetrovskda qurbonlar yoʻq, biroq oʻndan ziyod bino, gaz quvuri va elektr uzatish liniyalari shikastlangan. Nikolayevda qurbonlar kuzatilmagan, ammo yongan chiqqan.

Sumi viloyati hukumati esa 35 ta aholi punktida oʻq otish, aviazarbalar va dron hujumlari qayd etilganini, bir kishi halok boʻlgani, yana ikki kishi jarohat olganini bildirgan. 50 dan ziyod bino shikastlangan.

Ayni paytda Rossiya Mudofaa vazirligi oʻz hududida Ukraina tomonidan uchirilgan 147 ta dron urib tushirilganini eʼlon qildi. Ularning maʼlumotiga koʻra, qator viloyatlar osmonidagi Ukraina dronlari neytrallashtirilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jun 03:48
 
127
0
xs.uz

Ukraina Germaniyadan qanday yordam olmoqda?

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Berlinga qilgan tashrifi matbuot anjumani bilan yakunlandi. Tashrif davomida harbiy yordam masalasiga oid aniq maʼlumotlar berilmadi. Faqatgina Germaniya kansleri Fridrix Mers Germaniyaning Ukraina hududini 'Starlink' tizimi bilan qamrab olishga qaratilgan dasturni moliyalashtirishda muhim rol oʻynashini taʼkidladi.Ayni paytda mazkur xarajatlarning asosiy qismi Polsha tomonidan qoplangan. Polsha 90 million yevro miqdorida mablagʻ ajratib, Ukrainaga 2

04 Jun 02:45
 
48
0
xs.uz

Isroil soʻnggi 8 kun ichida yordam markazlariga borgan 102 nafar falastinlikning html5-dom-document-internal-entity1-quot-endyostigʻini quritdihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end

Maʼlum qilinishicha, Isroil kuchlari ochlikdan azob chekayotgan falastinliklarni Gʻazo gumanitar jamgʻarmasi tomonidan boshqariladigan yordam markazlariga jalb qilgan. Ushbu markazlarga borgan falastinliklar Isroil askarlari tomonidan hujumga uchragan.Mazkur hujumlar oqibatda soʻnggi 8 kun ichida 102 nafar falastinlik halok boʻlgan. Yana koʻplab insonlar turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonaga joylashtirilgan.Gʻazo sogʻliqni saqlash vazirligi bergan maʼlumotlariga koʻra, Rafa

04 Jun 02:45
 
129
0
xs.uz

AQSHda NATOning Rossiyaga qarshi rejasi haqida ogohlantirildi

NATO Rossiya bilan qarama-qarshilikni tugatishni rejalashtirmayapti. Bu haqda AQSHning sobiq diplomati Jeyms Jatras aytib oʻtdi.'Ular bu xalqaro hayotning doimiy xususiyatiga aylanishini xohlaydilar. Ular yangi sovuq urushni xohlaydilar', ' deya ogohlantirdi u.Ekspertning fikricha, Gʻarb Ukraina muammosini hal qilishdan mutlaqo manfaatdor emas va Rossiyani zaiflashtirishga doimiy urinishlarga eʼtibor qaratgan.'Ular istagan oxirgi narsa ' Yevropada toʻlaqonli xavfsizlik tuzilmasiga oʻxshagan

04 Jun 02:45
 
121
0
xs.uz

Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi navbatda muzokaralar boʻlib oʻtdi. Tomonlar qanday kelishuvga erishdi?

Turkiyaning Istanbul shahrida Rossiya va Ukraina delegatsiyalari oʻrtasidagi muzokaralarning ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtdi. Muloqot Moskva vaqti bilan taxminan soat 15:20 da yakunlandi va taxminan bir soat davom etdi. Muzokaralar boshlanishidan oldin tomonlar anʼanaviy qoʻl siqishdan bosh tortishgan. Ukraina delegatsiyasi aʼzolari harbiy formada, Rossiya vakillari esa klassik liboslarda boʻlgan. Avvalgi turda boʻlgani kabi muzokaralarning yopiq qismidan oldin Turkiya Tashqi ishlar vazir