Dastlab, texnoparkka 1 mln AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb etildi. Investitsiya loyihasi doirasida konserva, konditer, yogʻ, omixta yem, non va non mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda meva va sabzavotlarni quritish sexlari tashkil etildi. Natijada, talabalar oʻquv jarayonida olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻllash imkoniga ega boʻldi.
Yaqinda filialda yana bir salmoqli qadam ' Xitoyning jahondagi yetakchi 'Tianjin Xianjin Power supply Technology' kompaniyasi bilan hamkorlikda 'Energetika texnoparki' tashkil etildi. Loyihaga 5 mln AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiya jalb etildi. Texnoparkka yetakchi davlatlardan eng ilgʻor uskunalar olib kelib oʻrnatildi. U Oʻzbekiston hamda MDH davlatlarida innovatsion energiya manbalariga ortib borayotgan talabni qondirishga qaratilgan. Bu yerda yiliga 12 mlrd 500 mln. soʻmlik litiy ionli batareya(Li-ion)lar ishlab chiqarilib, eksport qilinadi. Portativ quvvatlovchi qurilmalar, elektrovelosiped, skuter, samokat va portativ elektr asboblari uchun akkumulyatorlar hamda energiya saqlash qurilmalari ishlab chiqariladi.
' Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida tashkil etilgan mazkur texnoparklar uchta yirik vazifani bajarish imkonini bermoqda, ' deydi filial direktori, texnika fanlari doktori Zafar Xakimov. ' Bir yarim mingga yaqin talabalarga fanlardan olgan nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish, ishlab chiqarish sharoitida amaliy tajribalar orttirishga koʻmaklashmoqda.
Darhaqiqat, oziq-ovqat, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, elektr energiyasi, qurilish materiallari kabi yoʻnalishlarda tahsil olayotgan talabalarning amaliy mashgʻulotlari uzoq hududda emas, aynan, filialning oʻzida olib borilmoqda. Joriy yilda texnoparkda yigirmadan ortiq ixtisoslik fanlari boʻyicha ikki yuzdan ortiq amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish rejalashtirilgan. Talaba-yoshlar ishlab chiqarish jarayonlarida dastlabki kurslardan ishtirok etish orqali tadbirkorlik va biznes koʻnikmalariga ega boʻlmoqda. Bu ularga oʻz startap loyihalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish uchun zamin yaratadi.
Texnoparklarning ikkinchi qulay jihati filial talabalari shu yerning oʻzida ish bilan taʼminlanayotganidir. Xususan, energetika texnoparkiga filialning 'Elektr energetikasi', 'Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish', 'Texnologik mashinalar va jihozlar' kabi taʼlim yoʻnalishlarining talabalari ishga qabul qilindi. Hozircha talabalar oyiga 300 AQSH dollari miqdorida maosh olishmoqda.
Kelgusida 170 nafar yoshni ana shunday doimiy ish bilan taʼminlash rejalashtirilgan. Bu esa ehtiyojmand talabalarning 30 foizini ijtimoiy himoya qilish va moddiy ahvolini barqarorlashtirish imkonini beradi. Uchinchidan, texnopark tashkil etish orqali filialda taʼlim va sanoat ishlab chiqarish jarayonini oʻzaro bogʻlashga muvaffaq boʻlindi. Bu esa ilmiy-tadqiqotlar koʻlamini ishlab chiqarish jarayoniga yoʻnaltirish, yangi innovatsion texnologiyalar tatbiqi hamda loyihalar ishlab chiqish uchun qulay shart-sharoit yaratdi. Texnoparklar negizida 15 ta magistrlik dissertatsiyasi, 8 ta doktorlik ilmiy-tadqiqot ishi olib borilayotgani fikrimizga dalil boʻla oladi.
Yangiyerdagi zamonaviy oliy taʼlim muassasasida mana shunday texnoparklarning ochilishi mintaqada innovatsion ishlab chiqarish va energetika texnologiyalarini rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochadi hamda viloyatning iqtisodiy oʻsishi va rivojlanishiga munosib hissa qoʻshishiga shubha yoʻq.
Taʼlim tizimidagi korrupsiyani oldini olish masalalari muhokama qilindi
2025-yil 3-iyun kuni Senat Raisi boshchiligida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining sayyor majlisi boʻlib oʻtdi. Unda maktab va maktabgacha taʼlim tizimidagi korrupsiya holatlari, ularning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolar atroflicha muhokama qilindi. Majlisda taʼkidlanganidek, asosiy maqsad muammolarni tanqid qilish emas, balki ularni birgalikda hal qilishdan iborat.Senatning tegishli qoʻmitalari va idoralar vakillaridan iborat ishchi guru
Bundan 58 yil muqaddam qurilgan oʻyingoh zamonaviy qiyofa kasb etdi
Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Kogon shahridagi 'Lokomotiv' oʻyingohi 1967-yilda barpo etilgan. Vaqt oʻtishi bilan u zamonaviy talablarga javob bermay qoʻydi. Taʼmirtalab holga tushdi. Vaholanki, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishi, sportning u yoki bu turi bilan professional darajada shugʻullanish uchun bu inshoot juda kerak.Ana shuni hisobga olgan Buxoro viloyati hokimligi bu yerdagi eski binolarni demontaj qilish va ular oʻrniga yangi, zamonaviy qulayliklarga ega inshoot
Ertadan Toshkent metrosining ikki bekati oraligʻidagi harakat vaqtincha toʻxtatiladi
Toshkent metropolitenining 'Quruvchilar' va 'Qipchoq' bekatlari oraligʻidagi metro harakati 8-iyun kunidan vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqida 'Toshshahartransxizmat' AJ axborot xizmati xabar berdi.Unda aytilishicha, Toshkent metropolitenining yer usti halqa yoʻnalishida profilaktika ishlari olib borilishi tufayli, 'Quruvchilar' va 'Qipchoq' bekatlari oraligʻidagi metro harakati shu yilning 8-iyun kunidan boshlab vaqtincha muddatga toʻxtatiladi.Shuningdek, yoʻlovchilar tashish uzluksizligini
Fargʻonada “Ibratli oila” koʻkrak nishonlari topshirildi
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. 15-may ' Xalqaro oila kuni munosabati bilan Fargʻona viloyatida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilib, bu boradagi milliy qadriyat va anʼanalarimiz keng targʻib etildi.Xususan, qutlugʻ sana munosabati bilan Fargʻona viloyat hokimligida boʻlib oʻtgan tantanali tadbirda bir guruh namunali oila vakillariga 'Ibratli oila' koʻkrak nishoni topshirildi. Viloyat faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida oʻtkazilgan tadbirlar jamiyatimizda bunday o