calendar 15 Jul 12:03
eye 77
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

O‘zbekistonda ichimlik suvi uchun ijtimoiy norma joriy etiladimi?

image

O‘zbekistonda ichimlik suvi uchun ijtimoiy norma belgilash rejasi yo‘q. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Xurshid Rahmatullayev AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, suv bu — hayotiy ehtiyoj, uni cheklashga yoki qandaydir limit qo‘yishga hozircha hech qanday ehtiyoj mavjud emas.

“Bu mening mas’ul shaxs sifatidagi fikrim. Qozog‘istonda bo‘layotgan jarayonlarni biz ham kuzatib turibmiz, ammo buni tabaqalashtirilgan tizim, deyish biroz noto‘g‘ri”, deydi Rahmatullayev.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda suv hisoblagichlar bilan ta’minlanganlik darajasi 87 foizni tashkil etadi. 

“Agar 100 foizlik ta’minlanganlik darajasiga erishgan taqdirimizda ham suv zaxirasi va suvni tejash nuqtayi nazaridan yaqin kelajakda ichimlik suvi uchun ijtimoiy norma joriy etish rejalarimiz yo‘q”, deydi “O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda joriy yilning 1 may kunidan elektr energiyasi va gaz uchun tariflar tabaqalashtirilgan tartibda o‘zgardi. Elektr energiyasi narxi iste’molchilarning I va II guruhlari uchun o‘zgarishsiz – 1 kVt/soat uchun mos ravishda 1000 so‘m va 900 so‘mdan qoldirildi. Iste’molchilarning III guruhi, shu jumladan, markazlashgan holda elektr plitalar bilan jihozlangan ko‘p qavatli uy-joylar va yotoqxonalarda yashovchi maishiy iste’molchilar uchun 1 oydagi iste’moldan kelib chiqib quyidagicha belgilandi:

•  oyiga 200 kVt/soatgacha – 225 so‘m;
•  oyiga 201 kVt/soatdan 1 000 kVt/soatgacha – 450 so‘m;
•  oyiga 1 001 kVt/soatdan 5 000 kVt/soatgacha – 675 so‘m;
•  oyiga 5 001 kVt/soatdan 10 000 kVt/soatgacha – 787,5 so‘m;
•  oyiga 10 000 kVt/soat va undan yuqori – 900 so‘m.

Qolgan maishiy iste’molchilar uchun esa bir oydagi iste’moldan kelib chiqib:

•  oyiga 200 kVt/soatgacha – 450 so‘m;
•  oyiga 201 kVt/soatdan 1 000 kVt/soatgacha – 900 so‘m;
•  oyiga 1 001 kVt/soatdan 5 000 kVt/soatgacha – 1 350 so‘m;
•  oyiga 5 001 kVt/soatdan 10 000 kVt/soatgacha – 1 575 so‘m;
•  oyiga 10 000 kVt/soat va undan yuqori – 1 800 so‘mdan etib belgilangan.

Iste’molchilarning IV guruhi uchun ham narxlar o‘zgarishsiz – 1 kVt/soat uchun 900 so‘mligicha qolgan.

Shuningdek, tabiiy gaz yetkazib berishda iste’molchilar uchun to‘lov miqdori o‘zgarishsiz – bir kubometr uchun 1 500 so‘mdan qoldi.

Yirik ulgurji iste’molchilar hamda byudjet tashkilotlari uchun ham tabiiy gaz narxi o‘zgarishsiz – bir kubometr uchun 1 800 so‘mligicha saqlandi.
Kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun aholiga mavsumga qarab noyabrdan fevralgacha, isitish mavsumida aholiga yetkazib beriladigan tabiiy gazning bir kubometr narxi quyidagicha belgilandi:

•  500 kub metrgacha iste’mol uchun 380 so‘mdan 650 so‘mgacha;
•  500 dan 2500 kub metrgacha 1500 so‘mdan;
•  2 500 dan 5 ming kub metrgacha 1950 so‘mdan;
•  5 mingdan 10 ming kub metrgacha 2275 so‘mdan;
•  10 ming kub metrdan yuqori iste’mol uchun 2 600 so‘m.

Mart-oktyabr oylarida gaz iste’moli uchun tariflar quyidagicha belgilandi:

•  100 kub metrgacha – 650 so‘m;
•  101 kub metrdan 2500 kub metrgacha – 1500 so‘m;
•  2500 kub metrdan 5000 kub metrgacha – 1950 so‘m;
•  5 ming kub metrdan 10 ming kub metrgacha – 2275 so‘m;
•  10 ming kub metrdan va undan yuqori iste’mol uchun – 2600 so‘mdan bo‘ldi.

Shuningdek, aholi uchun suyultirilgan gaz tarifi 1 kgga 1120 so‘mdan 1600 so‘mga oshdi. 1 iyuldan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga yetkazib beriladigan gaz narxi 1500 so‘mdan 1800 so‘mga oshdi.

O‘ralova  Charos


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
55
0
xs.uz

“Prava” olish yanada murakkablashmoqda. Endi boʻlajak haydovchilar birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha amaliy imtihonlardan ham oʻtishi kerak

Vazirlar Mahkamasining 'Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini letsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi 408-sonli qaroriga (2018-yil 31-may) tegishli tartibda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.Qayd etilishicha, mazkur qarorning 24-bandiga koʻra, endilikda 'oʻquv tashkilotida avtomototransport vositalari

22 Jul 22:18
 
70
0
qalampir.uz

Madaniyat vaziri nega “suvdan quruq chiqdi”? Raqobat qo‘mitasi izoh berdi

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – Xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ishtirokida kiyimlar do‘koni reklamasi tarqalgani va holat Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan o‘rganilganidan so‘ng, do‘kon jarimaga tortiligani, vazir esa aybsiz deb topilgani xabar qilingandi. Ko‘mita raisi maslahatchisi Otabek Usmonov vazir nega aybstz ekaniga tushuntirish berdi. “Ushbu holatni O‘zbekiston Respublikasi &

26 Jul 10:20
 
37
0
qalampir.uz

Toshkentda hokim yordamchisi onasini o‘lasi qilib kaltaklagani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahallardan birida hokim yordamchisi bo‘lib ishlagan shaxsning o‘z onasini o‘lasi qilib kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot xizmati boshlig‘i Nilufar Isaxonova bilan bog‘landi. Isaxonovaning ma’lum qilishicha, joriy yilning 16 iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi xonadonlarning birida sodir bo‘lgan voqea oqi

11 Aug 03:43
 
17
0
xs.uz

O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Faxriy nishoni bilan taqdirlandi

Navbatdagi Maslahat uchrashuvi doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga mintaqa davlatlari o'rtasidagi do'stlik, qo'shnichilik va o'zaro anglashuvni rivojlantirishdagi alohida xizmatlari uchun Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Faxriy nishonini tantanali topshirish marosimi bo'lib o'tdi.Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyo yetakchilariga minnatdorlik bildirib, ushbu yuksak mukofot mamlakatlarimizning mintaqaviy hamkorlik va strategik sheriklikni mustahkamlashdagi umu