calendar 15 Jul 12:02
eye 51
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Eronlik futbolchi “Inter” klubi a’zosiga aylandi

image

Italiyaning “Inter” klubi “Portu”ning 31 yoshli hujumchisi Mehdi Taremi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Eronlik futbolchining Portugaliya klubi bilan shartnomasi o‘tgan mavsum oxirida yakuniga yetdi va u erkin agent sifatida “Inter”ga o‘tdi.

Taremi 2018 yilda Qatar klubiga ko‘chib o‘tgunga qadar Eronning bir qator jamoalarida faoliyat yuritgan.  U “Al-Garafa”da ikki mavsum o‘ynagach, Yevropaga ko‘chib o‘tdi va Portugaliyaning “Riu Ave” klubi bilan shartnoma imzoladi. Aynan o‘sha yerda “Portu” skautlari uning xizmatlariga qiziqish bildirdi va bir yildan so‘ng poytaxt klubi Taremini 4,7 million yevroga sotib oldi.

Hujumchi “Portu” libosida 182 ta o‘yin o‘tkazib, 91 ta gol urdi va 44 ta golga assistentlik qildi. O‘tgan mavsumda Taremi kamroq o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi va klub bilan shartnomasini uzaytirmadi.

Mehdi Taremi Eron terma jamoasi to‘purarlari ro‘yxatida 3-o‘rinni egallab turibdi. U 2015 yildan buyon milliy terma jamoa safida to‘p suradi va 85 o‘yinda 50 ta gol urdi.  

Qayd etish joiz, Taremi “Inter” tarixidagi birinchi eronlik futbolchi bo‘ldi. Taremining shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan va uning maoshi qo‘shimcha bonuslar bilan yiliga 3 million yevroni tashkil qiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:45
 
36
0
xs.uz

5 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza… Oʻzbek bokschilariga yana bir muvaffaqiyatli boʻlgan turnir yakunlandi

3-7-sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Grozniy shahrida boks boʻyicha 'Axmat-Xoji Qodirov' xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnir boʻlib oʻtdi.Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 5 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medallariga ega chiqdi.Oltin medalni qoʻlga kiritgan sportchilarimiz ichida 54 kgda Shaxzod Muzaffarov, 57 kgda Mirzabek Mirzahalilov, 63,5 kg: Abdulloh Maʼdaminov, 86 kgda Jasurbek Yoʻldoshev, 92 kgda Elyorbek Joʻraboyevlar bor.Kumush medaliga ega

08 Sep 16:45
 
38
0
xs.uz

Oʻzbekistonlik 15 yoshli qiz Paralimpiya oʻyinlari kumush medaliga ega chiqdi

Fransiyaning Parij shahrida Paralimpiya oʻyinlari davom etmoqda.Kecha, 6-sentyabr kuni para yengil atletika boʻyicha ayollar oʻrtasida F46 klassida nayza uloqtirish dasturida final bahsi yakunlandi. Mazkur yoʻnalishda Oʻzbekiston delegatsiyasining 15 yoshli aʼzosi Shahina Yigitaliyeva 43,12 metr natija qayd etdi va kumush medalni qoʻlga kiritdi.Maʼlumot uchun, Shahina Yigitaliyeva Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibidagi eng yosh sportchi hisoblanadi. U 2008-yil 16-oktyabrda tugʻilgan.Bir

08 Sep 16:45
 
53
0
xs.uz

Paralimpiyada. Nurxon Qurbonova Oʻzbekiston delegatsiyasiga 10-oltin medalni keltirdi

Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtayotgan Paralimpiya oʻyinlarining para yengil atletika boʻyicha ayollar oʻrtasida F54 klassida nayza uloqtirish dasturida final bahslari yakunlandi. Ushbu yoʻnalishda Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan Nurxon Qurbonova 21.12 metr natija qayd etgan holda Jahon rekordini yangiladi va delegatsiya hisobiga 10-oltin medalni qoʻshib qoʻydi.Aytish joiz, F54 klassida nayza uloqtirish boʻyicha amaldagi Jahon rekordi ham aynan Nurxon Qurbonovaning oʻziga t

24 Aug 17:27
 
31
0
xs.uz

Madrimov juda noqulay va kuchli raqib edi – Tayson

Boks afsonasi Mayk Tayson Isroil Madrimov va Terens Krouford bilan jangi haqida fikr bildirdi. Bu haqda 'Sport Illustrated' nashri xabar berdi.'Kroufordning soʻnggi jangida boʻldim. Madrimov ' kuchli yigit, Terens soʻnggi ikkita raundda kambek qila olganidan xursandman. Madrimov juda noqulay va kuchli edi', degan Tayson.Shuningdek, boks afsonasi Krouford duch kelgan odam bilan jang qiladi degan gaplarga qoʻshilmasligini bildirgan.'Navbatdagi jangdan mahrum boʻlmaslik uchun sen yaxshi jangla