calendar 24 Aug 17:27
eye 20
comments 0
comments Manba: xs.uz

Madrimov juda noqulay va kuchli raqib edi – Tayson

image
Boks afsonasi Mayk Tayson Isroil Madrimov va Terens Krouford bilan jangi haqida fikr bildirdi. Bu haqda 'Sport Illustrated' nashri xabar berdi.

'Kroufordning soʻnggi jangida boʻldim. Madrimov ' kuchli yigit, Terens soʻnggi ikkita raundda kambek qila olganidan xursandman. Madrimov juda noqulay va kuchli edi', degan Tayson.

Shuningdek, boks afsonasi Krouford duch kelgan odam bilan jang qiladi degan gaplarga qoʻshilmasligini bildirgan.

'Navbatdagi jangdan mahrum boʻlmaslik uchun sen yaxshi janglar qilishing lozim. Madrimov ringda yaxshi harakatlandi. Krouford bunday harakatlarga oʻrganmagan. Madrimov haddan tashqari noqulay edi', degan u.

Qayd etish kerakki, 4-avgust kuni 2 ta vazn boʻyicha mutlaq jahon chempioni Terens Krouford hamyurtimiz Isroil Madrimov bilan jang qilib, hakamlarning qaroriga koʻra ustun kelgandi. Ushbu bahs butun dunyo boks afsonalari orasiga keng muhokamalarga sabab boʻlgandi.

Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Mayk Tayson 20 yoshida ogʻir vazn toifasi chempioni boʻlgan. U professional ringdagi dastlabki 19 ta jangini nokaut evaziga gʻalaba qozongan boʻlib, shulardan 12 tasi birinchi raundda amalga oshgan. Tayson WBC, WBA va IBF unvonlarini qoʻlga kiritish orqali ogʻir vazn toifasini birlashtirib, mutlaq chempion sifatidagi tarixda qolgan.

Avvalroq, Manuel Noyer Germaniya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini maʼlum qilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
40
0
qalampir.uz

Parij-2024: Bugun o‘zbekistonlik futbolchilar o‘z yurishini boshlaydi

Bugun, 24 iyul kuni Fransiya poytaxti Parij mezbonlik qilayotgan Olimpiada o‘yinlarining futbol bahslari boshlanadi. Musobaqa O‘zbekiston-Ispaniya Olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bilan boshlanadi. Jamoalar “C” guruhida keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun bahsga kirishadi. Guruhning ikkinchi o‘yinida Misr va Dominikan 3 ochko uchun kurash olib boradi. O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Ispaniyaga qarshi o‘yinda to‘liq oq libosda, darvozabon esa qora libosd

26 Jul 10:19
 
40
0
qalampir.uz

Parij-2024: Mali-Isroil o‘yini uchun xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Parijdagi huquq-tartibot idoralari xodimlari 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarida Isroil va Mali terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda kuchaytirilgan xavfsizlik choralarini ko‘radi. Bu haqda “L’Equipe” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, o‘yin xavfsizligini ta’minlash uchun Mali-Isroil jamoalari o‘rtasidagi guruh bosqichi o‘yini o‘tkaziladigan “Park de Prens” stadioniga mingga yaqin politsiyachi jalb etiladi. Ma’lumot uchun, Mali-Isroil uchrashuvi Tosh

19 Jul 16:16
 
81
0
qalampir.uz

Rossiyalik jangchi aeroportda sayyohni kaltakladi

Rossiyalik MMA jangchisi Aleksandr Larkin Vnukovo aeroportida sayyohni kaltakladi. Bu haqda “Mash” Telegram sahifasi xabar berdi. Manbaga ko‘ra, sportchi erkak sayyohga hujum qilgan. Sayyoh va uning oilasi sportchi va do‘stlariga VIP yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan golf mashinasiga chiqishga xalaqit bergan. Qayd etilishicha, dastlab tomonlar o‘rtasida og‘zaki nizo kelib chiqqan, biroq keyinchalik Larkin mushtlarini ishlatgan. Jangchi bilan birga aeroport xodim

03 Sep 21:36
 
9
0
xs.uz

“Paxtakor”ni Toshkentda tiz choʻktirgan Saudiya klubi terma jamoamizning asosiy oʻyinchisini transfer qildi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasining asosiy yarim himoyachisi Otabek Shukurov faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, Otabek Shukurov faoliyatini Saudiyaning 'Al-Fayha' klubida davom ettiradi. Saudiyaliklar Shukurov uchun 'Kayserispor' jamoasiga 400 ming yevro toʻlab beradi. Otabek yangi jamoasi bilan bir yilga moʻljallangan shartnoma imzoladi.Eslatib oʻtamiz, Shukurov qishda 'Kayserispor' bilan bitim imzolagandi. Undan ol