calendar 15 Jul 12:02
eye 41
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Rossiya AQSHning uzoq masofali raketalarini Yevropaga joylashtirishiga javob qaytaradi – Peskov

image

AQSHning Yevropada uzoq masofali raketalarni joylashtirishiga Rossiya munosib javob qaytaradi. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, uzoq masofali raketalarini joylashtirishga javob berish uchun Rossiya yetarli imkoniyatlarga ega, ammo bu holatda potensial qurbonlar Yevropa mamlakatlari bo‘ladi.

Germaniya kansleri Olaf Shols esa 2026 yildan boshlab Amerikaning uzoq masofaga uchuvchi qurollarining Germaniyada joylashtirilishini urushning oldini olish deb atagan. Uning fikricha, bu Rossiya Federatsiyasi bilan keskinlashuvga olib kelmaydi.

Peskov, o‘z navbatida, Rossiya Federatsiyasiga qarshi qo‘llanilgan raketalar masofasini yanada oshirishni provokatsiya deb hisoblagan.

“Har doim paradoksal vaziyat bo‘lgan. Qo‘shma Shtatlar turli xil masofadagi raketalarni joylashtirgan va har doim an’anaviy ravishda mamlakatimizni nishonga olgan. Shunga ko‘ra, raketalarimiz uchun nishon sifatida Yevropa davlatlari markazlari belgilanyapti”, degan Kreml matbuot kotibi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Vladimir Putin Rossiya o‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni ishlab chiqarishni boshlashi kerakligini aytgandi. Shuningdek, NATOning 4 ta davlati Germaniya hududidan Rossiya nishonlariga yetib borishi reja qilinayotgan uzoq masofali raketalarni birga ishlab chiqarishga kelishib olgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
35
0
qalampir.uz

G‘azo va Ukrainadagi urushlarni tugatishga harakat qilaman – Bayden 

AQSH Prezidenti Jo Bayden G‘azodagi urushni tugatish va Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun harakat qilishga va’da berdi. Bu haqda u prezidentlik poygasini tark etganidan so‘ng birinchi marta jamoatchilikka murojaatida ma’lum qildi. Bayden prezidentlik muddatining qolgan qismini ichki va tashqi siyosatdagi muhim mavzularga qaratish bilan o‘tkazishini va kam ta’minlangan oilalar uchun xarajatlarni qisqartirish, iqtisodiyotni rivojlantirish va demokratiya va inson huquqlari kabi so

26 Jul 10:21
 
31
0
xs.uz

Bayden saylov poygasidan chiqqanidan soʻng birinchi marta nutq soʻzladi

Oq uy rahbari oʻz nutqida ovoz berishga bir necha oy qolganida nega qayta saylanishdan voz kechganiga atroflicha izoh bermagan.'Soʻnggi haftalarda men oʻz partiyamni birlashtirishim kerakligi ayon boʻldi. Mashʼalani yangi avlodga topshirish vaqti keldi. Demokratiyamizni saqlab qolish yoʻlida hech narsa toʻsqinlik qila olmaydi. Hatto shaxsiy ambitsiyalar ham', dedi Bayden oʻz chiqishida.Ommaviy axborot vositalariga koʻra, janob Baydenning nutqi oʻz vitse-prezidentiga qilingan tanqidlarn

26 Jul 10:19
 
53
0
qalampir.uz

Ozarbayjon va Eron chegarasida otishma bo‘ldi

Ozarbayjon va Eron chegarasidagi otishma oqibatida ikki ozarbayjon chegarachisi yaralandi. Bu haqda kecha, 24 iyul kuni Ozarbayjon Davlat chegarasi matbuot xizmati xabar berdi. “Kecha, 24 iyul kuni soat 03:30 da Davlat xizmati chegara qo‘shinlarining “Gyoytepe” chegara otryadining rasmiy hududida Erondan Ozarbayjonga ketayotgan ikki nafar noma’lum shaxs tomonidan davlat chegarasini buzish holati qayd etildi”, deyiladi xabarda. Bildirilishicha,

19 Jul 22:18
 
99
0
qalampir.uz

Afg‘onistondan terrorizmning tarqalish ehtimoli oshdi – KXSHT 

Hozirda Afg‘onistondan terrorizm va jinoiy giyohvand moddalar savdosining yanada tarqalishi ehtimoli nafaqat kamaymadi, balki yangi shakllarga ham ega bo‘ldi. Bu haqda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) Bosh kotibi Imangali Tasmagambetov BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida aytib o‘tdi. “Afg‘oniston Markaziy Osiyo mintaqasidagi beqarorlikning asosiy manbai bo‘lib qolmoqda. Bu mamlakatda barchaga ma’lum bo‘lgan ijobiy o‘zgarishlarga qaramay, terrorizm