calendar 26 Jul 10:19
eye 36
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

G‘azo va Ukrainadagi urushlarni tugatishga harakat qilaman – Bayden 

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden G‘azodagi urushni tugatish va Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun harakat qilishga va’da berdi. Bu haqda u prezidentlik poygasini tark etganidan so‘ng birinchi marta jamoatchilikka murojaatida ma’lum qildi.

Bayden prezidentlik muddatining qolgan qismini ichki va tashqi siyosatdagi muhim mavzularga qaratish bilan o‘tkazishini va kam ta’minlangan oilalar uchun xarajatlarni qisqartirish, iqtisodiyotni rivojlantirish va demokratiya va inson huquqlari kabi sohalardagi sa’y-harakatlarini davom ettirishini aytdi.

Shuningdek, Bayden xalqaro masalalar, ayniqsa Ukraina va G‘azo sektori bo‘layotgan urushlarni to‘xtatishga harakat qilishini aytdi.

"Men G‘azodagi urushni tugatish, barcha asirlarning uylariga qaytishini ta’minlash va Yaqin Sharqda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash uchun ishlashda davom etaman", deya qo‘shimcha qildi Jo Bayden.

Bayden Kiyevni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini va NATO ittifoqini mustahkam ushlab, Rossiyaga qarshi kuchli va chidamli bo‘lishlarini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Bayden nega prezidentlik poygasidan chiqishga qaror qilganini tushuntirgandi.

Azizbek Eshmamatov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

14 Aug 06:38
 
20
0
xs.uz

Ilon Mask Trampdan intervyu oldi

Ilon Maskning respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp bilan X platformasidagi muhokamasi texnik muammolar bilan boshlandi. Mask Trampga, asosan, migratsiya va inflyatsiya kabi mavzularda savollar bergan. Ushbu suhbat 40 daqiqadan koʻproqqa choʻzildi. Milliarder nosozliklarni kiber-hujum bilan bogʻladi, biroq ekspertlardan biri BBCga bunday boʻlishi mumkin emasligini aytgan. Trampni qoʻllashini yana bir bor takrorlagan Ilon Mask siyosatdagi nufuzli shaxsga aylanib

26 Jul 10:19
 
37
0
qalampir.uz

Rossiyada YouTube tezligi 70 foizga sekinlashishi mumkin

Rossiyada YouTube videoxostingining yuklanish tezligi 40 foizga, keyingi hafta oxiriga kelib esa 70 foizga tushishi mumkin. Bu haqda Rossiya Davlat Dumasining Axborot siyosati qo‘mitasi rahbari, deputat Aleksandr Xinshteyn o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. Deputatning yozishicha, mamlakat rasmiylari platformaning ishlash tezligini sun’iy ravishda sekinlashtira boshlagan. “Yaqin kunlarda YouTube'ning kompyuterlarda foydalanganda yuklab olish tezligi 40 foizga, key

26 Jul 21:49
 
153
0
qalampir.uz

Rossiya Mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi

Rossiya Mudofaa vazirining logistika masalalari bo‘yicha sobiq o‘rinbosari Dmitriy Bulgakov korrupsiyada ayblanib, qo‘lga olindi. Hozirda unga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda mamlakat Tergov qo‘mitasi xabar berdi. “Rossiya Tergov qo‘mitasining Bosh tergov boshqarmasi 2008-2022 yillarda Mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan Dmitriy Bulgakovga nisbatan korrupsiya masalasiga oid jinoiy ish bo‘yicha tergov olib bormoqda”, deydi Tergov qo

19 Jul 19:41
 
78
0
qalampir.uz

Zelenskiy Britaniya hukumati yig‘ilishida ishtirok etdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy so‘nggi 27 yil ichida Britaniya Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida ishtirok etgan birinchi xorijiy davlat yetakchisi bo‘ldi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi. Aytilishicha, Zelenskiy hozirda o‘z hukumatining navbatdan tashqari yig‘ilishini o‘tkazayotgan Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer qarorgohida. Bunday voqea oxirgi marta 1997 yilda sodir bo‘lgan. O‘shanda AQSH Prezidenti Bill Klinton Britaniya vazirlari bilan birga rezide