calendar 14 Aug 06:38
eye 21
comments 0
comments Manba: xs.uz

Ilon Mask Trampdan intervyu oldi

image
Ilon Maskning respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp bilan X platformasidagi muhokamasi texnik muammolar bilan boshlandi. Mask Trampga, asosan, migratsiya va inflyatsiya kabi mavzularda savollar bergan. Ushbu suhbat 40 daqiqadan koʻproqqa choʻzildi. Milliarder nosozliklarni kiber-hujum bilan bogʻladi, biroq ekspertlardan biri BBCga bunday boʻlishi mumkin emasligini aytgan. Trampni qoʻllashini yana bir bor takrorlagan Ilon Mask siyosatdagi nufuzli shaxsga aylanib bormoqda. U yaqinda Trampning saylovoldi kampaniyasini qoʻllab-quvvatlovchi yangi siyosiy qoʻmita tarkibiga kirdi. Tramp agar noyabr oyidagi saylovda gʻalaba qozonsa, federal taʼlim departamentini yopish va bu masʼuliyatni shtatlarga oʻtkazish haqida gapirdi. Oxirgi yillarda bu ikki shaxs munosabati kelishmovchilikdan doʻstona munosabatga koʻcha boshladi. Elektr transport vositalariga shubha bilan qaragan hamda federal subsidiyalarni bekor qilishga vaʼda bergan Tramp Maskning avtomobil ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasini alqadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 19:38
 
70
0
qalampir.uz

Rossiyaga bosim o‘tkazish orqali kelishuvga erishish mumkin – Zelenskiy

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyani muzokaralar stoliga o‘tkazishi uchun butun dunyo unga bosim o‘tkazishi kerakligini aytdi. Bu haqda “Ukrinform”xabar berdi. “Bu barcha hududlar kuch bilan bosib olinadi, degani emas. Menimcha, diplomatiyaning kuchi yordam berishi mumkin. Jang maydonida kuchsizroq Rossiya Ukrainaning muzokaralar stolidagi pozitsiyasini mustahkamlaydi. Rossiyaga bosim o‘tkazish orqali diplomatik yo‘l bilan muzokaralar olib borish mumkin&

26 Jul 10:21
 
51
0
xs.uz

Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz mamlakat deb topildi. Boshqalar-chi?

146 ta davlat ichida oʻtkazilgan jinoyatchilik va xavfsizlik indekslari asosida tuzilgan roʻyxatda Oʻzbekiston 120-oʻrinni egallagan. Jinoyat indeksida 29 ball, xavfsizlik indeksida 71 ball bilan Oʻzbekiston xavfsizlik boʻyicha mintaqaviy yetakchi sifatida qayd etildi.Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari, xususan, Qozogʻiston jinoyat indeksi boʻyicha 45.6 va xavfsizlik boʻyicha 54.4 ball, Qirgʻiziston esa mos ravishda 54.1 va 45.9 ball toʻplagan. Turkmaniston va Tojikiston esa ushbu r

26 Jul 10:19
 
42
0
qalampir.uz

Moskvada mashina portlatildi (video)

Bugun, 24 iyul kuni Rossiyaning Moskva shahri Sinyavinskaya ko‘chasidagi turarjoy binosi hovlisida noma’lum shaxs tomonidan shu yerda turgan avtomobil portlatib yuborildi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi. Toyota Land Cruiser rusumli ushbu mashina portlashi oqibatida ikki kishi jabrlangani haqida bir qator OAVda turlicha talqinlar keltirilmoqda. Ularning aksariyati transport vositasida Rossiya Mudofaa vazirligi ofitseri, sun’iy aloqa radiomarkazi boshlig‘i o‘rinbosari

26 Jul 10:21
 
36
0
xs.uz

Folklend orollari yaqinida kema choʻkib ketdi. Qurbonlar bor

Folklend orollari yaqinida Norvegiyaning 'Argos Georgia' baliqchi kemasi choʻkib ketishi oqibatida uch nafar Rossiya fuqarosi halok boʻldi. Bu haqda 'RIA Novosti' agentligiga Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova maʼlum qildi.'Folklend qirgʻoq qoʻriqlash xizmati va kema egasining maʼlumotlariga koʻra, bortda sakkiz nafar rossiyalik boʻlgan. Ulardan toʻrt nafari omon qolgan, uch nafari halok boʻlgan, bir nafari bedarak yoʻqolganlar roʻyxatiga kiritilgan', ' de